Заголовок Lorem Ipsum



Yüklə 2,03 Mb.
səhifə6/6
tarix11.12.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#148073
1   2   3   4   5   6
topshiriq

Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini tahlil qilishda uning moliyaviy barqarorligi, to‘lovga layoqatligi va likvidligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlardan chetda qolmaslik kerak. Bu yerda ham o‘zining mazmuniga ko‘ra sof moliyaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. Sof moliyaviy ko‘rsatkichlar qatoriga absolyut va muddatli likvidlik koeffitsientlarini kiritish mumkinki, ular yordamida xo‘jalik yurituvchi sub’ektning potensial to‘lov qobiliyati baholanadi: Kal = (P + QQ) : Mqm Kmud = (P + QQ + DQ) : Mqm Bu yerda: Kal - absolyut likvidlik koeffitsienti; Kmud - muddatli likvidlik koeffitsienti; P - hisob varaqlardagi va xo‘jalik yurituvchi sub’ekt kassasidagi pullar; QQ - likvidli qimmatli qog‘ozlar; DQ - mobilizatsiya qilingan debitorlik qarzlari; Mqm - xo‘jalik yurituvchi sub’ektning qisqa muddatli majburiyatlari.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning pul mablag‘lari va moddiy resurslarining pulli (qiymatiy) bahosi aralashadigan ko‘rsatkich joriy likvidlik koeffitsientidir (qoplash koeffitsienti). U quyidagicha hisoblanadi: Kjl = (PM + MAM) : Mqm Bu yerda: Kjl — joriy liklidlik koeffitsienti; PM-pullar va ularga tenglashtirilgan mablag‘lar (likvidli qimmatli qog‘ozlar va jalb qilingan debitorlik qarzlari); MAM - xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moddiy aylanma mablag‘larining qiymatiy bahosi; Mqm - xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ning qisqa muddatli majburiyatlari.

E’tiboringiz uchun rahmat


Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə