Заголовок Lorem Ipsum



Yüklə 2,03 Mb.
səhifə3/6
tarix11.12.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#148073
1   2   3   4   5   6
topshiriq

Amortizatsiya ajratmalari fondi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy resurslarining tarkibiy tuzilmasida muhim rol o‘ynaydi. Chunki bunday ajratmalar pul tushumlaridan qancha ajratilganligi va ularning xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tegishli hisob varaqlarida joylashganligiga qarab xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning real moliyaviy resurslari bo‘lib hisoblanadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi va tovar hamda moliya bozorlarida xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining faollashuvi natijasida uning moliyaviy resurslari tarkibiy tuzilmasida foyda hal qiluvchi o‘rinni egallay boshlaydi. Foyda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt o‘z mablag‘larining asosiy manbai bo‘lib, ishlab chiqarish apparatining yangilanishini, sifatning yaxshilanishini, chiqarilayotgan mahsulot assortimentining kengayishini va h.k.larni ta’minlaydi. Foyda hisobidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning rezerv fondlari, maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan fondlar shakllantiriladi. Foyda massasi va normasi, uning xarajatlarga nisbati xo‘jalik yurituvchi sub’ektning kreditga layoqatligini va uning qarziy mablag‘larni jalb qilish imkoniyatini, uzoq va qisqa muddatli kreditlarni olishni aniqlab beradigan muhim indikatorlardir. Qarziy mablag‘larning xo‘jalik yurituvchi sub’ekt o‘z mablag‘lariga nisbati 1/3 va undan katta darajaga yetgani, uning to‘lovga layoqatligi borasida kreditorilarda ham, hamkorlarida ham shubha tug‘dirmasligi mumkin.

Amaldagi tijoriy xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslarini ularning shakllanish manbalariga ko‘ra quyidagilarga ajratish mumkin: • mahsulot realizatsiyasining tushumi hisobidan shakllanadigan moliyaviy resurslar (foyda; amortizatsiya ajratmalari fondi; ish haqi fondi; moddiy xarajatlarni tiklash fondi); • boshqa realizatsiya (mol-mulk; asosiy faoliyatga daxldor bo‘lmagan xizmatlar va boshqalar) hisobidan olinadigan moliyaviy resurslar; • moliyaviy bozorda shakllanadigan moliyaviy resurslar (kreditlar va zayomlar; o‘z aksiyalari va qimmatli qog‘ozlarning boshqa ko‘rinishlarini sotish; boshqa emitentlarning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha dividentlar va foizlar; sug‘urta qoplamalari va boshqalar); • kreditorlik qarzlari hisobidan tashkil topadigan moliyaviy resurslar (mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga; mehnat haqi bo‘yicha; ijtimoiy sug‘urtaga doir; byudjet oldidagi va boshqalar); • badallar va maqsadli xarakterdagi tushilmalar hisobidan shakllantiriladigan moliyaviy resurslar (boshqa tashkilotlar va jismoniy shaxslardan tushilmalar, byudjet subsidiyalari va h.k.)


Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə