Заголовок Lorem Ipsum



Yüklə 2,03 Mb.
səhifə2/6
tarix11.12.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#148073
1   2   3   4   5   6
topshiriq

Ishlab chiqarish jarayonini yangidan boshlash va rivojlantirishga mo‘ljallangan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy resurslari bu pul shaklidagi uning kapitalidir. Mehnat vositalari, predmetlari va natijalariga aylangan moddiybuyumlashgan kapital, ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilarining jismoniy va intellektual qobiliyatlaridan iborat bo‘lgan inson kapitali kapital mavjudligi va harakatining boshqa pulsiz shakllari hisoblanadi. Prinsip jihatidan, takror ishlab chiqarish jarayonining doiraviy aylanishiga kiritilgan va uning egasiga daromad keltiruvchi har qanday mulkiy va intellektual boylik kapital bo‘lishi mumkin. Tijoriy xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslari dastlab (birlamchi holda) ular ta’sis kapitalining bir qismini pul shaklida qo‘yish va shuningdek, boshqa shaxslar va tashkilotlardan maqsadli moliyalashtirish va subsidiyalar ko‘rinishida kelib tushgan pul mablag‘lari qismi hisobidan shakllantiriladi. Ta’sis kapitalining pulsiz qismi (sanoat va intellektual mulk ob’ektlari, ulardan foydalanish huquqlari va boshqalar) esa, xuddi maqsadli tushilmalar singari, agar ular pul ko‘rinishida qo‘yilmagan bo‘lsa, ularni xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy resurslari tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq emas. Dastlabki (birlamchi) kapitalning ishlab chiqarishga investitsiya qilinishi tovar-pul doiraviy aylanishi jarayoni kengayishini boshlab beradi. Uning pul shaklidagi yakuni sifatida xo‘jalik yurituvchi sub’ektning pul tushumi maydonga chiqadi. O‘z navbatida, tushum xarajatlarni moliyalashtirish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini davom ettirishni ta’minlovchi bir necha pul mablag‘lari fondlariga bo‘linadi. Umumiy tarzda, formula orqali buni quyidagicha ifodalash mumkin:


T = F aa + F mxm + F ix + F f ,

Bu yerda: T - tushum; Faa - asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy eskirishini tiklashga mo‘ljallangan amortizatsiya ajratmalari fondi; Fmxm -moddiy xarajatlarni (xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, elektroenergiya va boshqalarni sotib olish) moliyalashtirish fondi; Fix - ish haqi fondi; Ff — tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan foyda (soliqlar to‘languncha va foydadan boshqa to‘lanmalar amalga oshirilguncha). Ayrim iqtisodchi-olimlarning tadqiqotlarida moddiy xarajatlar va mehnat haqini moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy resurslari tarkibiga kiritilmaydi. Ularning ayrimlari tomonidan esa xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy resurslari tarkibiga hatto pulli tushum ham kiritilmayotir. Bunday yondashuvlarning noto‘g‘ri ekanligi shubhasiz. Bozor iqtisodiyotining xorijiy nazariyasi va amaliyotida pul tushumi yalpi daromad tarzida talqil qilinadi. Bu narsa xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy resurslari fondini shakllantirish va qayta yangilashda tushumning umumlashtirilgan ahamiyatini o‘zida aniqroq aks ettiradi. Moddiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan pul tushumlarining bir qismi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektning real moliyaviy resursi mol yetkazib beruvchilar va kontragentlarning hisob varaqlariga o‘tkazilmasdan uning aylanmasida bo‘lgan paytda unga qo‘shimcha daromad keltiradi. O‘tish davrining dastlabki yillaridagi o‘zaro mol yetkazib berish (xizmat ko‘rsatish) bo‘yicha noto‘lovlar krizisi bank kreditlari foizining yuzdan oshgan darajasida tekin tijoriy kredit imkoniyatining mavjudligi o‘zining «qo‘lbola» birlamchi manbai bo‘lib xizmat qildi. Shunga o‘xshash narsa ish haqi fondiga nisbatan ham tegishli bo‘ldi. Xodimlarga, ishchi va xizmatchilarga bir necha oylab oylik maoshlarni berishning kechiktirilganligi (orqaga surilganligi) ba’zi bir «tadbirkor» va «bankir»larning tekinga boyish manbalaridan biriga aylandiki, chunki to‘lanmagan ish haqi ularning aylanmasida bo‘lgan edi.


Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə