Заголовок Lorem Ipsum



Yüklə 2,03 Mb.
səhifə4/6
tarix11.12.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#148073
1   2   3   4   5   6
topshiriq

Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligi Iqtisodiy munosabatlarni takror ishlab chiqarish shakllaridan biri sifatida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasining harakati minimal xarajatlarda maksimal natijalar olinishini nazarda tutuvchi samaradorlikning umumiqtisodiy mezoniga bo‘ysunadi. Shu sababli xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini quyidagi formula orqali tasavvur etish mumkin: Smr = N mf,: Xmrx Bu yerda: Smr - Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligi; Nmf - ma’lum davr (o‘tgan yoki rejali) uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining moliyaviy natijasi; Xmrx - shu moliyaviy natijani qo‘lga kiritish uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan qilingan (yoki rejalashtirilgan) moliyaviy resurslar xarajatlari. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini aniqlashda shu narsani inobatga olish kerakki, moliyaviy natija faqat moliyaviy emas, balki moddiy va mehnat resurslari xarajatlarining natijasi hamdir. Shuning uchun ham, masalan, mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan foydani taqqoslab turib, buning natijasida faqat faoliyatning sof moliyaviy tomonini xarakterlovchi ko‘rsatkichga ega bo‘lamiz, deb hisoblash maqsadga muvofiq emas. Bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati samaradorligini xarakterlovchi yaxlit ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, unga kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida moddiy-ishlab chiqarish va moliyaviy oqimlarning ajralmas bog‘liqligi xosdir.

Yuqorida bildirilgan fikr o‘ziga moliyaviy natija va moliyaviy xarajatlarning tavsifini mujassam etuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining samaradorligini xarakterlovchi boshqa ko‘rsatkichlarga ham to‘liq tegishlidir. Shunday bo‘lishiga qaramasdan analitik maqsadlar uchun bu majmuadan aynan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy faoliyatini, uning moliyaviy va baho siyosatining samaradorligini adekvat tarzda xarakterlovchi ko‘rsatkichlarni ajratish muhimdir. Shunisi muhimki, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy faoliyatining samaradorligini adekvat ifodalovchi bo‘lib fond, moliya-kredit va pul bozorlaridagi ular operatsiyalarining daromadliligi hisoblanadi. Bu yerda, ma’lumki, pul (P*) go‘yo to‘g‘ridan-to‘g‘ri puldan (P) qilinadi. U holda moliyaviy samaradorlikni aniqlash formulasi quyidagi ko‘rinishni oladi: Smr = (P* - P) : P Bu yerda: Smr - xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligi; P*-P - bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning tomonidan olingan daromad


Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə