8-ma’ruza: Agrosanoat majmui xo‘jalik faoliyatida yer-suv resurslaridan foydalanish samaradorligining tahlili. Reja



Yüklə 79,65 Kb.
səhifə1/6
tarix17.12.2023
ölçüsü79,65 Kb.
#150071
  1   2   3   4   5   6
8 mavzu


8-ma’ruza: Agrosanoat majmui xo‘jalik faoliyatida yer-suv resurslaridan foydalanish samaradorligining tahlili.
Reja:
1.Tahlilning ahamiyati, maqsadi va vazifalari
2.Qishloq xo’jalik yerlaridan foydalanish samradorligining tahlili
3.Qishloq xo’jaligida suvdan foydalanish samaradorligining tahlili.


Tayanch iboralar: Yalpi mahsulot, yalpi daromad, sof daromad, ekin maydoni, ekinzor maydoni, kadastr maydon, yer maxsuldorligi, yerdan foydalanish samaradorligi, sarf bo’lgan suv hajmi,suv foydalanish samaradorligi
Mavzuga oid adabiyotlar:

  1. Qudratov T. Qishloq xo‘jalik korxonalari faoliyatining tahlili. –Samarqand, 2012.

  2. Pardayev M.K. Iqtisodiy tahlil nazariyasi. Darslik. Samarqand, 2001.

  3. Савицкая Г.В. Анализ хозяйственной деятельности предприятий АПК. Минск, 2001.

Elektron havola: www.lex.uz www.stat.uz


1.Tahlilning ahamiyati, maqsadi va vazifalari.
Yerdan samarali foydalanish deganda 1 gektar (yoki 100 gektar) hisobiga yetishtirilgan mahsulot hajmining oshishini, suvdan samarali foydalanish deganda 1 ming m3 suv hajmi hisobiga olingan mahsulot hajmining (miqdorining) ortishini tushunmoq kerak. Demak, 1 gektar yer maydoni va 1 ming m3 suv hajmi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining oshishi xo’jalik bo’yicha yalpi va sof mahsulot hajmining oshishiga, oqibatda mamlakat yalpi ichki mahsulotining ko’payishiga, xullas, mamlakat iqtisodiyotini mustahkamlanishiga olib keladi.
Shuning uchun ham yerdan va suvdan foydalanish darajasini chuqur tahlil qilib turish iqtisodiyot taraqqiyoti nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega. Shu bois,
Tahlilning maqsadi-qishloq xo’jaligiga yaroqli bo’lgan yer va sarf bo’lgan suvdan foydalanish darajasini o’rganish asosida ulardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish uchun mavjud bo’lgan imkoniyatlarni aniqlashdan iborat. Tahlil maqsadiga o’z oldida turgan vazifalarni bajarish orqali erishadi.

Yüklə 79,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə