2. Iqtisodiy o’sishga ta’sir etuvchi omillar Xarrod-Domar modeli



Yüklə 20,19 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü20,19 Kb.
#136738
Iqtisodiy o\'sish


Iqtisodiy o’sish

Reja:

1. Iqtisodiy o’sishning umumiy tavsifi

2. Iqtisodiy o’sishga ta’sir etuvchi omillar

3.Xarrod-Domar modeli

4.O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy o’sish va davlat siyosati


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

1. Iqtisodiy o’sishning umumiy tavsifi


Iqtisodiy o’sish — bu, ob’ektiv qonuniyat bo’lib, aholining o’sishi, FTT, ishlab chiqarish hajmining ma’lum bir vaqt davomida o’sishi kabi jarayonlar bilan bog’langan. Iqtisodiy o’sish jami taklifning o’sishini yoki boshqacha aytganimizda, potentsial YaMM hajmining oshishini bildiradi. Shunday qilib, iqtisodiy o’sish nafaqat ishlab chiqarishning o’sishini, balki iqtisodiyot potentsialining o’sishini ham bildiradi.

chizma. Makroiqtisodiy barqarorlikning asosiy belgilari
Iqtisodiy o’sishda nafaqat mamlakat real daromadlarining o’sishi, shuningdek, jon boshiga to’g’ri keladigan real daromadlarning o’sishi ham tushuniladi.
Iqtisodiy o’sish ikki xil usul bilan aniqlanadi va o’lchanadi.
Birinchi usul, YaIM (SIM)ni o’tgan davrga nisbatan o’zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari harakatini aniqlash uchun ishlatiladi.
Ikkinchi usul, real YaIM (SIM)ning o’tgan davrga nisbatan aholi jon boshiga o’zgarishi sifatida aniqlanadi.
Iqtisodiy o’sishni aniqlash va asoslab berish jarayonlarida quyidagilarga e’tibor berish kerak:

  1. Iqtisodiy o’sishni o’lchash;

  2. O’sish omillari;

  3. Iqtisodiy o’sish modellari.

Milliy iqtisodiyot o’sishini o’lchashda jami daromadlarning (mahsulotlarning) har xil indikatorlaridan foydalanish mumkin. Umumiy o’sish darajasi aslida YaIM miqdori bilan belgilanadi. Shuningdek, bu ko’rsatkichlar miqdori va bajarayotgan vazifasiga qarab YaIM yoki MD ham bo’lishi mumkin. Bu ko’rsatkichlarning barchasi bir-biriga juda ham yaqin. YaMD YaIM kabi ushbu mamlakat aholisi olayotgan daromadlar miqdorini ko’rsatadi. Shuning uchun ham undan aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromadlar dinamikasi va darajasini aniqlayotganda foydalanish mumkin. Iqtisodiy o’sish nazariyasi va modellarida umumiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning farqi unchalik katta ahamiyatga ega emas. Chunki, ularning farqi iqtisodiy o’sish chegarasi va omillari o’sish darajasini tahlil qilishda hal qiluvchi jarayon hisoblanmaydi.
Iqtisodiy o’sish nazariyasida daromadlar iste’mol va investitsiyalarga bo’linadi.
Y = S + I
Davlat xarajatlari va sof eksport ko’rsatkichlari ham iste’mol va investitsiyalar tarkibiga kiritib yuboriladi.
Mutlaq miqdordagi ko’rsatkichlar dinamikasi Y ( t -vaqt indeksi) va jon boshiga to’g’ri keladigan ko’rsatkichlar birgalikda o’sish jarayonini bildiradi.
Iste’mol hajmi (S) iqtisodiyotning provard maqsadini va yashash darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar esa resurs imkoniyatlarining o’sishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini anglatadi.
Xulosa:
O’tgan davr mobaynida mamlakatimizda amalga oshirayotgan ijtimoiy siyosatimizning aholimizning hayot darajasi va sifatini yuksaltirishdagi ta’siri va natijalari haqida alohida to’xtalib o’tishni zarur. 2013-yilda xalqimizning real daromadlari 16 foizga oshdi, o’rtacha oylik ish haqi, pensiya, ijtimoiy nafaqa va stipendiyalar 20,8 foizga ko’paydi. Hozirgi vaqtda O’zbekistonda pensiyalarning o’rtacha miqdori o’rtacha ish haqiga nisbatan 37,5 foizni tashkil etmoqda. Bu ko’rsatkich Rossiyada 25,7 foizdan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa 23-28 foizdan iboratdir. Joriy 2014-yilda mamlakatimizda bu ko’rsatkichni 41 foizga etkazish ko’zda tutilmoqda. Oilalar daromadlari tarkibi o’zgarmoqda – tadbirkorlikdan olinayotgan daromadlar aholi yalpi daromadlarining yarmidan ziyodini tashkil etmoqda. Holbuki, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlarida bu ko’rsatkich o’rtacha 20-25 foizdan oshmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



  1. Axmedov D.Q., Ishmuxammedov A.E.,Jumaev Q.X., Jumaev Z.A

  2. Makroiqtisodiyot. Darslik.- T.: TDIU, 2004, 240 b.

  3. Агапова Т.А., Серегина С.Ф. Макроэкономика: Учебник. М.:Дело и Сервис, 2001.

  4. Вечканов Г.С., Вечканова Г.Р. Макроэкономика: Торговая политика. Инфляция и безработица. Социалная политика. СПб.: ЗАО «Питер», 2005.

  5. Гайгер А., Линвуд Т.Макроэкономическая теория и переходная экономика. Пер. с англ. М.:ИНФРА-М, 1996.

  6. Галперин В.М., Гребенников П.И., Леусский А.И., Тарасевич Л.С.

  7. Макроэкономика: Учебник. СПб.:СПбГУЕФ,1997.

  8. Дорнбуш Р.,Фишер С. Макроэкономика. М.:МГУ,1997.

  9. Yo’ldoshev Z., Qosimov M.S. Makroiqtisodiyot asoslari. T.:

  10. «O’qituvchi»,1994

  11. Менкю Н.Г. Макроэкономика. М.:МГУ,1997.

  12. Селишчев А.С. Макроэкономика: Откритая экономика. Причини экономического роста. Динамика рынков. СПб.: ЗАО «Питер», 2005.

  13. 19.Xodjaev R., Maxmudov B., Xadjaev X., Ergashev E, Egamberdiev R. Mikro va makroiqtisodiyot.O’quv qo’llanma-T.:”ILM ZIYO” 2012, 324 b.

  14. 20. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi” nomli ma’ruzalarini o’rganish bo’yicha O’quv-uslubiy majmua. – Toshkent: Iqtisodiyot. – 2012, 282 b.

  15. 21.Abulkasimov X. Makroiqtisodiy tartibga solish va O’zbekistonning barqaror rivojlanishi. Monografiya. – T. “Akademiya”, 2011, 92 b.

  16. O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligining rasmiy ma’lumotlari

Yüklə 20,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə