8-ma’ruza: Agrosanoat majmui xo‘jalik faoliyatida yer-suv resurslaridan foydalanish samaradorligining tahlili. Reja


Yer-suvdan foydalanish samaradorligi tahlilining asosiy vazifalari bo’lib, quyidagilar hisoblanadi



Yüklə 79,65 Kb.
səhifə2/6
tarix17.12.2023
ölçüsü79,65 Kb.
#150071
1   2   3   4   5   6
8 mavzu

Yer-suvdan foydalanish samaradorligi tahlilining asosiy vazifalari bo’lib, quyidagilar hisoblanadi:

  1. Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlardan foydalanish darajasini aniqlash;

  2. Yerlardan foydalanish darajasi o’zgarishining sabablarini omilli tahlil qilish orqali aniqlash;

  3. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga sarf bo’lgan suvdan foydalanish darajasini aniqlash;

  4. Suvdan foydalanish darajasining o’zgarishini omilli tahlil qilish va o’zgarishiga obyektiv baho berish;

  5. Yerdan va suvdan foydalanish darajasini yaxshilash uchun mavjud imkoniyatlarni ko’rsatish va jalb etish bo’yicha takliflar berish.



2. Qishloq xo’jalik yerlaridan foydalanish samaradorligining tahlili.
Qishloq xo’jaligida yer resurslaridan samarali va oqilona foydalanish bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri bo’lib hisoblanadi. Yerdan foydalanish darajasi oshgan sayin mahsulot hajmi ko’payib, ishlab chiqarish samaradorligi oshib, oqibatda iqtisodiyot mustahkamlanib boradi. Shuning uchun ham yerdan foydalanish darajasini uzluksiz ravishda tahlil qilib turish zarur.
Yerdan foydalanish samaradorligi deganda nima tushuniladi?
Bir birlik yer maydoni hisobiga yetishtirilgan mahsulot hajmi yerdan foydalanish samaradorligi deb tushuniladi. Yerdan foydalanish samaradorligi 1 yoki 100 gektar maydon hisobiga yetishtirilgan mahsulot bilan ifodalanadi.
Yerdan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlari:

  1. Bir yoki yuz gektar hisobiga yetishtirilgan yalpi mahsulot hajmi;

  2. Bir yoki yuz gektar hisobiga olingan yalpi daromad (sof mahsulot) hajmi;

  3. Bir yoki yuz gektar hisobiga olingan sof daromad (foyda) hajmi.

Ushbu ko’rsatkichlar yer mahsuldorligi deb ham ataladi.
Yalpi mahsulot hajmi (yalpi daromad hajmi) ni yer maydoniga (M) bo’lish orqali saaradorlikning asosiy umumlashtiruvchi ko’rsatkichlari aniqlanadi, ya’ni quyidagi formulalardan foydalanib, aniqlash mumkin:
YeRM= YeRM= YeRM=
Bunda, YeRM-yer mahsuldorligi darajasi;
YaM-yalpi mahsulot
YaD-yalpi daromad
SD-sof daromad
M-jami yer maydoni
Agar, ishlab chiqarish yo’nalishi bir ekin turiga moslashgan bo’lsa, yalpi mahsulotni ekinzor maydoniga, agar xar xil yo’nalish ekinlari bo’yicha mahsulot yetishtirilgan bo’lsa, kadastr maydonga bo’lish orqali aniqlash to’g’riroq bo’ladi.

Yüklə 79,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə