Заголовок Lorem Ipsum



Yüklə 2,03 Mb.
səhifə5/6
tarix11.12.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#148073
1   2   3   4   5   6
topshiriq

Bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan olingan daromad tarkibiga quyidagilar kiradi: • xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning tomonidan aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilish asosida bozorda joylashtirishdan olingan dividentlar; • boshqa emitentlar qimmatli qog‘ozlarini sotib olishdan olingan dividentlar; • banklardagi pul omonatlaridan olingan foiz daromadlari; • xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning foydasidagi valyutalar kurslari bo‘yicha farqlar va boshqalar. Ajablanarlisi shundaki, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy operatsiyalarining daromadliligini xarakterlovchi ko‘rsatkich ularning samaradorligini sof moliyaviy natijaning sof moliyaviy xarajatlarga nisbati shaklida ifodalab, ko‘pchilik hollarda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatining haqiqiy samaradorligini aks ettirmaydi. Iqtisodiyot real sektori samaradorligining ko‘rsatkichlarida va baholarida bankrot holatida bo‘lishlariga qaramasdan moliyaviy «spekulyasiyaning» imkoniyatlari ularni «cho‘kmasdan» turishlariga sharoit yaratadi. Real sektor xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarida, moddiy ishlab chiqarishda moliyaviy resurslardan foydalanishning samaradorligini mos ravishda baholash talablariga u yoki bu darajada sotuv rentabelligi ko‘rsatkichi (foydaning mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan tushumga nisbati) javob beradi. Bu nisbatdagi surat va maxraj pul mablag‘laridan iborat bo‘lganligi uchun sotuv rentabelligini, ayrim holatlarni istisno qilgan tarzda, sof moliyaviy ko‘rsatkich sifatida e’tirof etish mumkin. Shunday bo‘lishiga qaramasdan bu yerda yana bir narsani inobatga olmoq lozim, ya’ni samaradorlikning o‘lchovi sifatida yuqoridagi ko‘rsatkichning haqqoniylik darajasi juda ko‘p omillarga, xususan, tushum va foydani shakllantiruvchi bozor baholari monopol baholarni shakllantirishning salbiy ta’sirlaridan qanchalik ozod ekanligiga bog‘liq.

Yuqorida ko’rib o‘tilgan barcha moliyaviy ko‘rsatkichlarda mazmun va shakl o‘rtasida dialektik qarama-qarshilikning mavjudligi namoyon bo‘ladiki, bu narsa bizning holatda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasining (iqtisodiyot yaxlit moliyaviy sektorining ham) o‘z iqtisodiy asosidan, ishlab chiqarlshdan ajralib cliiqish (uzilish)ga va unga bog‘liq bo‘lmagan holda mustaqil hayot kechirish imkoniyatini qo‘lga kiritishga intilishi orqali ifodalanadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo‘jalik faoliyatining samaradorligini tahlil qilish va baholashda moliyaviy ko‘rsatkichlar (masalan, tushum va foyda) moddiy aylanma mablag‘laming aylanuvchanligi, asosiy ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlarining fond qaytimi kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan birgalikda qaralsa, bu qarama-qarshilik, ma’lum darajada, pasayadi. Ana shu munosabat bilan eng umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlardan biri quyidagi formulaga muvofiq ravishda hisoblanadigan Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy rentabelligi (biznesning rentabelligi) ko‘rsatkichidir: Ri = F : (Kayk + Kak + Anom) Bu yerda: Ri - Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning iqtisodiy rentabelligi, biznesning rentabelligi; F - yillik foyda; Kayk - xo‘jalik yurituvchi sub’ekt aylanma kapitalining miqdori (qiymatiy baholarda); Kak - xo‘jalik yurituvchi sub’ekt asosiy kapitalining miqdori (qiymatiy baholarda); Anom -xo‘jalik yurituvchi sub’ekt nomoddiy aktivlarining miqdori (qiymatiy baholarda).


Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə