Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Konfliktning mazkur yaratuvchanlik qobiliyatini ko’ra bilish, uni anglash va o’z



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə5/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

Konfliktning mazkur yaratuvchanlik qobiliyatini ko’ra bilish, uni anglash va o’z 
maqsadlarida ishlata olish konfliktning yaratuvchanlik yechimi bilan bog’liq 
bo’lgan vaziyat hisoblanadi. Konfliktlarni doimo yaratuvchanlik sari yo’naltira
bilish ma’lum bilim va malakalarni talab etadi.
Konfliktning yaratuvganlik imkoniyati: 
Konflikt, quyidagi hollarda ijobiy imkoniyatga ega:

yashirin imkoniyatlar va muammoning yangi qirralarining ochilishiga sabab
bo’ladi;

muammo yechimining yangi yo’l-yo’riqlari, imkoniyatlari va usullarini kashf


etadi;


9


ishonch, samimiylik, hamkorlik va haqiqatni tan olishga qaratilgan yangi
munosabatlar qurilishiga sabab bo’ladi;

odamlarni umumiy g’oyalar asosida birlashtiradi;



samimiy va ochiq, iliq muloqot uchun imkon yaratadi va shunday
munosabatlarga insonlarni o’rgatadi;

o’z fikr va o’ylaringizga aniqlik kiritishga va o’z pozisiyasini qayta ko’rib


chiqishga majbur qiladi.
Konfliktning vayron qilish imkoniyati:
Konflikt kuyidagi hollarda vayron etish imkoniyatiga ega bo’ladi:
- konflikt yechimi topilmasa va uni boshqarish imkoniyati boy berilsa;
- g’azab, jahl, dilsiyohlik, hafagarchilik, nafrat va qasos xislarining kelib
chiqishiga sabab bo’lganda;
- juda qattiq stressga olib kelganda;
- odamlar o’rtasida uzoq muddatli nizo va ixtilof vujudga keltirganda;
- pashshadan fil yasab, kichkina muammoni katta mojaroga aylantirganda;
- zo’ravonlik va urushga sabab bo’lganda.
Afsuski, hayotda ko’pchilik hollarda konflikt zo’ravonlik bilan tugaydi. Chunki
ko’pchilik konfliktlarning asl mazmuni va mohiyati bo’yicha maxsus bilimlarga ega
emas.
Konfliktlar to’g’risidagi tassavurlar 
Konfliktlar bo’yicha odamlar orasida turli stereotiplar mavjud. Bu holatlar
konfliktlarning asl mazmuni va mohiyatini, inson hayotida tutgan o’rnini to’g’ri
baholamaslik va bilmaslik oqibatida ro’y beradi. Ana shunday stereotiplardan, 
ongimizga o’rnashib qolgan noto’g’ri tushunchalardan ba’zilarini ko’rib chiqadigan
bo’lsak, konfliktlar mazmunini yanada oydinroq tasavvur etgan bo’lamiz.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə