Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


tomonlarning o’z maqsadlariga yetish yo’lidagi turli manfaatli to’qnashuvidir



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə3/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

tomonlarning o’z maqsadlariga yetish yo’lidagi turli manfaatli to’qnashuvidir. 
Konfliktlar yomon holatmi, yoki konfliktlarda ham o’ziga xos ijobiy tomonlar
mavjudmi?! Konflikt – buzg’unchilikmi, yoki unda yaratuvchanlik xususiyatlari ham
mavjudmi?! Konflikt – zo’ravonlikmi, yoki insonlarni muloqotga o’rgatuvchi
asosmi?! Tabiiy ravishda mana shu savollarning javoblari aslida konfliktning
mazmuni va mohiyati biz o’ylagan qarashlardan anchayin keng ekanligini, bizning
an’anaviy qarashlarimiz esa chegaralangan va haqiqiy ahvoldan ancha uzoq
ekanligini isbotlaydi.
Bizning konflikt borasidagi tasavvurimiz uning faqat bir tomoniga
yo’naltirilgandir. Biz odatda konfliktning faqat bir qirrasini ko’rishga o’rganganmiz.
U ham bo’lsa, konfliktda odamlar ziddiyatga kirishib, o’zaro urush, nizo, janjallar
chiqarishidir. Ammo har doim ham shunday bo’laveradimi?!
Konflikt – bu tabiiy holat. Konflikt har doim ham buzg’unchilik yoki zo’ravonlik
emas. Konfliktni to’g’ri hal etilsa, u yaratuvchanlik qudratiga ega bo’ladi. Konflikt
tomonlar munosabatlarini yanada mustahamlashi, ularni yangi mazmunda qayta


7
qurishi mumkin. Masalan, o’zbeklar ―eru-xotinning urushi, doka ro’molning qurishi‖


deb bejiz aytishmagan. Oilada er va xotin o’rtasidagi ziddiyatlar mavjud bo’lsa ham,
ko’p hollarda umumiy manfaatlar ularning tez hal etilishi, manfaatlar asosida
tomonlar uyg’unligi vujudga kelishini isbotlaydi. Demak, konflikt vaziyatni vujudga
keltiruvchi turli manfaatlarni o’zaro birlashtirish, ularni muvofiqlashtirish imkoniyati
tabiiy mavjud.
Ziddiyatdan chiqib ketish uchun qilinadigan eng birinchi qadam har doim mana
shu ziddiyatni keltirib chiqargan manfaatlarni o’zaro muvofiqlashtirish mumkinligiga
bo’lgan ishonch va harakatdan boshlanadi. Manfaatlarni o’zaro yaqinlashtirish va
muvofiqlashtirish ziddiyatni yengishning eshigini ochishdir. Demak, konfliktning
ikki tomoni mavjud. Konflikt kelib chiqqanidayoq, mana shu uning mavjud ikki
tomoni ham vujudga keladi. Bir tomon - ziddiyatni kuchaytirish, ikkinchi tomon –
ziddiyatni pasaytirish. Bir tomon – ziddiyatni buzg’unchilikka olib kelish, ikkinchi
tomon – ziddiyatni murosaga, yaratuvchanlikka va osoyishtalikka olib kelishdir.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə