Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə8/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

Noto’g’ri. Bu munosabat - o’z mohiyatiga ko’ra batamom noto’g’ri bo’lgan
qarashdir. Konfliktning zo’ravonlik bilan tugashi zaruriy holat emas. Konflikt
yechimi, aynisa uning zo’ravonlik bilan tugashi, yoki zo’ravonliksiz hal bo’lishi,
aslida tomonlarning o’zini qanday tutishiga bog’liq. Agar tomonlar o’zga
insonlarning huquq va istaklarini inobatga olgan holda, o’zgalarga e’tiborli va
hurmatli munosabatda bo’lsalar, har qanday jiddiy ziddiyat ham tinchlik va osudalik
bilan tugashiga ehtimol va imkoniyat kuchayadi. Ammo konflikt ishtirokchilari jahl,
g’azab, o’zgalarning nafsoniyati va g’ururiga tegish orqali harakat qilsalar, o’zga
insonlar huquqlarini poymol etsalar, ―Men zo’rman, shuning uchun mening aytganim
bo’ladi‖, ―Men uning boshlig’iman, shuning uchun mening aytganim bo’lishi kerak‖,
―Men uning eriman (yoki otasi), shuning uchun u menga bo’ysunishi kerak‖ qabilida
ish tutsalar, konfliktda ma’naviy, ruhiy, jismoniy zo’ravonlikning yuzaga kelishi va
ishlatilishi uchun asos topiladi. Shunday ekan, konfliktning qanday tugashi aslida 
odamlarning fe’l-atvori va o’zini qanday tutishiga aloqador bo’lgan voqyelikdir. 
Zo’ravonlikning ishlatilishida konflikt emas, balki mana shu zo’ravonlikni 
ishlatgan inson aybdor hisoblanadi. Konfliktning zo’ravonlikdan boshqa
yechimlarini izlab topishga sayi-harakat qilish so’nggi ijobiy va osuda, tinch natija va
xulosalarga asos bo’ladi. Shu bois, har qanday konflikt zo’ravonlik bilan tugaydi deb
o’ylash, noto’g’ridir.
6. Har bir konfliktning o’z g’olibi va o’z mag’lubi bo’ladi. 
Noto’g’ri va stereotip qarash. Ziddiyatda ko’pchilik g’olib bo’lmoqchi bo’ladi.
Shuningdek, ko’pchilik, konfliktda bir tomon – g’olib, ikkinchi tomon – mag’lub
bo’ladi, degan xato qarashni ushlab olgan. Mana shu xato qarash odamlarni chalg’itib
qo’yadi. Hyech kim ―men mag’lub bo’ldim‖, degisi kelmaydi, yutiyu chiqqisi keladi.
Shuning uchun, real hayotda ko’pchilik, har bir inson ziddiyat ichida g’olib bo’lish
uchun harakat qilishi kerak, deb o’ylashadi. Bu holat konfliktning ichki mazmunini
noto’g’ri anglashdan kelib chiqadi. Agar odamlar konflikt qarama-qarshiligi faqat
g’oliblik asosida yechilmasligini bilsalar, ular g’olib bo’lishga intilmay qoladilar.
Haqiqat shundaki, har qanday konflikt - g’olib va mag’lubga ega bo’lavermaydi.
Agar siz konflikt yechimiga «Sen menga qarshisan» shiori bilan munosabatda
bo’lsangiz, albatta, ikkinchi tomonga qat’iy qarshilik bildirish uchun asos yaratiladi.
U tomon ham o’z o’rnida ―Sen menga qarshisan‖ qabilida munosabat bildiradi.
Aslida, ikkala tomon biri biriga emas, ularni to’qnashtirib turgan konfliktga, hamda
uni keltirib chiqargan muammoga qarshilik bildirishi lozim. Bu – to’g’riroq bo’ladi.
―Sen mening dushmanimsan‖ qabilidagi konflikt rivojida g’olib va mag’lubning
yaratilishiga yoki ikki mag’lub bo’lishiga ko’proq vaziyat mavjud. Bu esa bir
tomonning manfaatlarini boshqa tomon manfaatlariga bo’ysundirilishiga olib keladi.
Konfliktlar yechimi insonlarni g’olib-g’olib shaklida, ya’ni har ikkala tomon ham
konflikt yechimidan qoniqqan sharoitni vujudga keltirishga sharoit yaratadi. Shu bois,


12
konfliktga sherikchilik va hamkorlik nuqtai nazaridan yondoshilsa, va muammoni


umumiy, har ikki tomonga, ya’ni barchaga taalluqli deb qarab, uning yechimini
hamkorlikda qidirilsa, konflikt barcha ishtirokchi tomonlar uchun ijobiy hal
bo’lishiga imkoniyat beriladi. Shuning uchun faqat bir tomonning g’olibligi uchun
emas, balki barcha tomonlarning g’olibligi uchun sayi-harakat qilish darkor.
7. Konflikt, unda ishtirok etuvchi tomonlarning har biri uning yechimidan 
qoniqish hosil qilmasa ham, hal etilgan bo’ladi. 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə