Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə7/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

Noto’g’ri stereotip fikr. Aslida konflikt jarayonining o’zi emas, balki mazkur
konfliktni ijobiy boshqara olmaslik insonlar orasidagi munosabat va aloqalarni
buzadi. Har qanday yuzaga kelgan konflikt jarayonida inson o’zini tuta bilsa,
oppozision tomonlar o’rtasida hurmat va o’zgalar fikrini anglashga urinish mavjud
bo’lsa, tomonlar ―dushman‖lar sifatida emas, balki, ziddiyatlarni muhokama qilib,
o’z manfaatlarini ifoda qiluvchi tomonlar sifatida o’zini tutsa, konflikt odamlar
orasini buzmaydi, aslida ularning munosabatlarini mustahkamlaydi. Konflikt aslida
ikki qarama-qarshi tomon uchun sinov jarayoni hisoblanadi. Hurmat, o’zgalarning
manfaatlarini hurmat qilish, o’z manfaatlarini ham tushuntirishga intilish, o’zaro
manfaatlar uyg’unligini topa bilish – konfliktlarning har doim odamlar orasini yangi
munosabatlar asosida qurilishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Boshqalarga
yaxshilish qilish va o’z manfaatlarini muhofaza qilishni birlikda ushlagan odam
o’zini ham, boshqalarni ham konflikt vaziyatlardagi ijobiy munosabatlarini saqlab
qolgan bo’ladi.
4. Konfliktning eng yaxshi yechimi unga qo’l siltab, uni esdan chiqarishdir. 
Noto’g’ri. Bu ham konfliktga nisbatan mavjud bo’lgan noto’g’ri qarashdir.
Ba’zan konfliktlardan kochish mumkin, ba’zan konfliktning rivojlanib ketmasligiga
yo’l kuymaslik zaruratdir, ammo konfliktlar o’z-o’zicha yo’qolib, yuq bo’lib
ketmaydi. Qarama –qarshilik oldida mas’uliyatni xis etish, vaziyatni to’g’ri baholash,
muloqot uchun tayyorlik konfliktlar yechimini hozirlashning ilk qadamlaridir. Faraz
qiling, eng yaqin do’stingiz yoki dugonangiz, sizni o’z to’y kechasiga taklif etmadi.
Siz qo’l siltab, do’stingizdan hafa bo’lib, uni turli ayblarda ayblab, bundan buyon
do’stingiz bilan umuman gaplashmaslikka qaror qilishingiz mumkin. Yoki,
do’stingizga qasdma-qasd ravishda, o’sha kechada qatnashgan barcha ishtirokchilar
bilan, yoki o’sha kecha o’tgan bino oldida turganlar, yoki kechadan 5 km. uzoqlidagi
odamlar bilan sira gaplashmayman, deyishingiz mumkin. Ammo bu qaror bilan siz
konfliktni, ya’ni muammoni hal kila olmaysiz. Agar siz do’stingiz bilan
ochiqchasiga, ammo uni ayblamasdan, ―kechaga meni taklif etish esingdan chiqibdi,
ammo men hafa bo’lmadim, chunki ishlaring juda ko’p edi‖, qabilida ochiq va


11
samimiy gaplashsangiz, va agar u haqiqatan sizga do’st bo’lsa, yugur-yugurlar bilan


ovora bo’lib qolganini, aslida sizsiz kecha unga tatimasligi u ham ochiq bayon qiladi.
Konfliktlar yechimini qidirishda mana shu samimiylik va ochiqlik juda qo’l keladi.
Shu bois, konfliktda unga qo’l siltash emas, uni chuqur tahlil qilish, unga faol ijobiy
munosabat bildira olish muhimdir.
5. Hamma konfliktlar oxir-oqibat kuch ishlatish va zo’ravonlik bilan tugaydi. 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə