D. I. Mendeleyevning elementlar davriy sistemasi elementlarni birinchi marta sinflashga bo‘lgan urinish fransuz olimi A. Lavuazye



Yüklə 36,48 Kb.
səhifə1/11
tarix30.12.2023
ölçüsü36,48 Kb.
#167829
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
D. I. Mendeleyevning elementlar davriy sistemasi-fayllar.org


D. I. Mendeleyevning elementlar davriy sistemasi

D.I.MENDELEYEVNING ELEMENTLAR DAVRIY SISTEMASI
Elementlarni birinchi marta sinflashga bo‘lgan urinish fransuz olimi A.Lavuazye va Ya. Bersilius tomonidan amalga oshirilgan. Ular barcha elementlarni metall va metallmaslarga bo‘lgan edilar.
Nemis kimyogari Y.Debereyner elementlarni o‘xshash kimyoviy xossalariga ko‘ra birlashtirib elementlarning “triadalarini” hosil qildi.
1857 yilda ingliz U.Odling va fransuz E.B.Shankurtua elementlarning atom massalari ortib borishi bilan ularning kimyoviy xossalari o‘zgarishida davriylik borligini payqadilar. O‘tgan asrning 60- yillarida 64 ta kimyoviy elementlar ma’lum bo‘lib, ular qatoriga oltin, kumush, temir, mis, oltingugurt va boshqalar kirgan edi. Keyinchalik azot, kislorod, vodorod va boshqa elementlar ochildi.
1864 yilda D.Nyulendes “oktavalar” qonunini ochdi. Bu qonunga ko‘ra har bir yettita elementdan keyin elementlarning xossalari qaytarilishi kuzatildi. D.Nyulendes elmentlarning eng asosiy kattaligi sifatida ularning ekvivalent massalarini oldi. U o‘sha paytda ma’lum bo‘lgan 64 ta elementni yettidan qilib sakkizta guruhga bo‘lib chiqdi. U ba’zan bir katakka ikkita elementni joylashtirib, hali yangi elementlar ham ochilishini hisobga olmadi.

L.Meyer e’lon qilgan jadvalida o‘sha paytda ma’lum bo‘lgan 64 ta elementdan 44 tasini joylashtirib, ularni atom massasi ortib borishi va vodorodga nisbatan yuqori valentligi ortishiga ko‘ra jadvalga qo‘yib chiqdi. 1868 yilda L.Meyer davrlar ham ko‘rsatilgan yarim uzun ko‘rinishda elementlar jadvalini chop etdi. Bu jadvalga vodorod, bor, indiy, uran va ko‘pgina boshqa elementlar kiritilmagan edi. Bu jadvalda 12 ta elementning joylanishi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lib, bir davrda vodorod va geliyning joylanishi mutlaqo hisobga olinmagan edi.
1869 yilda rus kimyogari D.I.Mendeleyev elementlarning eng asosiy kattaligi sifatida ularning atom massasi deb hisobladi. U elementlarning bir-biriga o‘xshamaydigan tabiiy guruhlarini taqqoslab, atom massasini o‘zgarishiga qarab elementlar xossalarini davriy ravishda o‘zgarishini aniqladi. Shularga asoslangan holda D.I. Mendeleyev elementlar davriy qonunini quyidagicha ta’rifladi:



Yüklə 36,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə