D. I. Mendeleyevning elementlar davriy sistemasi elementlarni birinchi marta sinflashga bo‘lgan urinish fransuz olimi A. Lavuazye



Yüklə 36,48 Kb.
səhifə5/11
tarix30.12.2023
ölçüsü36,48 Kb.
#167829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
D. I. Mendeleyevning elementlar davriy sistemasi-fayllar.org

To‘la o‘xshash elementlar. Bunday elementlar turli xil oksidlanish darajasida tashqi elektron pog‘onalari bir xil tuzilishga ega. Bunday guruhlash V.B.Nekrasov tomonidan kiritilgan bo‘lib, ularga 2 guruhda Be, Mg, 14 guruhda C, Si, ishqoriy-yer metallardan Ca, Sr, Ba, Ra, qo‘shimcha guruh elementlaridan Zn, Cd, Hg, 14 guruh elementlaridan Ge, Sn, Pb va Ti, Zr, Hf lar kabi o‘xshash elementlar kiradi.

Diogonal o‘xshashlik. Bir guruhdagi element atomlarining xossalari keyingi davrdagi qo‘shni guruhning xossalariga o‘xshab ketadi. Masalan, II davrda joylashgan berilliy atomining xossalari III davrda joylashgan aluminiy xossalariga o‘xshab ketadi. Diogonal o‘xshashlik Li+Mg2+Ga2+Sn2+Bi3+ va Be2+Al3+Ga2+Ge4+Sb5+ qatorida yaqqol kuzatiladi.
Bunday o‘xshahslik bir guruhdagi juft davr elementlari atomlarining xossalari o‘zaro va toq davr elementlari atomlariga o‘xshashdir. Fosfor va surma bir-biriga (ular toq davrda joylashgan), mishyak va vismut (toq davrda) atomlarining o‘zaro o‘xshashligi tufayli fosfor va mishyakda (mos ravishda toq va juft) o‘xshashlik kuzatiladi.


Ichki davriylik. Bir davrning ichida element atomlarining ba’zi xossalarida ichki davriylik qonuniyati kuzatiladi. Bunday xossalar 2 va 3 davr elementlarining yadro zaryadi bilan ionlanish potensiali ortishida o‘ziga xos maksimum va ninimumlar yuzaga kelishi bilan amalga oshadi. Agar I davrda joylashgan elmentlarning litiydan neongacha qatori e’tiborga olinsa, berilliy va azotda atomlarning ionlanish potensiali maksimumga ega bo‘ladi. 2 davrda joylashgan magniy va fosforda ham ionlanish energiyasining yadro zaryadiga bog‘liqligida ana shunday maksimumlar aniqlangan. Ikkala guruhdagi bor, kislorod, alyuminiy va oltingugurtda bo‘lsa bu qiymatlar kichiklashib minimum qiymatga ega bo‘lib qolgan. Bu qonuniyatlar tashqi elektron pog‘onadagi elektronlar bilan yadro orasidagi tortishish kuchini ichki elektron pog‘onadagi elektronlar zaiflashtirishi bilan tushuntiriladi.


Yüklə 36,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə