D. I. Mendeleyevning elementlar davriy sistemasi elementlarni birinchi marta sinflashga bo‘lgan urinish fransuz olimi A. Lavuazye



Yüklə 36,48 Kb.
səhifə7/11
tarix30.12.2023
ölçüsü36,48 Kb.
#167829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
D. I. Mendeleyevning elementlar davriy sistemasi-fayllar.org

1. Geliy, neon va argon
1868 -yilda astronomlar P.Janson va D.Loker tomonidan quyosh spektrini o‘rganish jarayonida ochilgan. Spektrlardagi yangi chiziq (to‘q sariq) yangi kimyoviy element deb qabul qilingan. Keyinchalik Ramzay shunday spektrga ega bo‘lgan moddani yerda borligini topdi va u geliy deb ataldi ( grekcha “geluos” –quyosh).
Xossalari jihatidan molekular vodorodga o‘xshab ketadi. Geliy gaz modda (suyuql. harorati -269 oS, qaynash harorati -272 oS – 2,5*103 kPa). Bir l suvda 10 ml atrofida geliy eriydi.
Odatdagi sharoitda inert gaz, lekin kuchli qo‘zg‘atilsa molekulyar geliy ionini (He2+) hosil qiladi.
Yulduzlarda, quyoshda, kometalarda geliy borligi aniqlangan. Quyosh va yulduzlarda vodorodning geliyga aylanish termoyadro reaksiyasi sodir bo‘ladi:


41124He +2+b+2g
Suyuq geliy fizikada juda past haroratli muhit hosil qilish uchun ishlatiladi. Gazsimon geliy metallarni payvand qilishda inert muhit sifatida, oziq ovqat sanoatida konservant sifatida ishlatiladi.


Neon va argon. Neon ham juda past suyuql. haroratiga (-248,6 oS ) va qayn. haroratiga -245,9 oS ega bo‘lgan element. Neonni eruvchanligi ancha yuqori.
Neon ham molekular neon ionini (Ne2+) kuchli qo‘zg‘atilganda hosil qiladi. Neon fotoelementlar tayyorlashda, yoritgichlar yasashda ishlatiladi.
Tabiatda neonning uchta barqaror izotopi mavjud: 20Ne, 21Ne va 22Ne.
Oddiy modda holatida argonning suyuql. harorati (-189,3oS) va qaynash harorati (-185,9oS) ancha yuqori. Argonning adsorbsiya qilish xossasi ham kuchliroq.
Argon ba’zi moddalarning mag‘ziga singib ketib birikmalar hosil qiladi. Suv, fenol, toluol tarkibida ana shunday birikmalar hosil bo‘lishi kuzatilgan. -42,8 oС da parchalanadigan Ar*6H2O tarkibli argon gidrati ma’lum.
Argon metallurgiya va kimyoviy jarayonlarda ishlatiladi. Argonli payvandlash ayniqsa aluminiy qotishmalarini ulashda, elektrotexnikada, yadro energetikasida keng qo‘llaniladi.
Argonning ham uchta barqaror izotoplari: 1840Ar (99,600%), 1838 Ar (0,063%) va 1836Ar (0,037%) ma’lum.

Olinishi. Nodir gazlarni olish uchun suyuq havo fraksion haydaladi. Qaynash haroratiga qarab havo haydalganda uch qismga bo‘linadi:
  • geliy (-269 oC), neon (-246 oC) va azot (-196 oC;


  • argon (-186 oC, kislorod (-183 oC);


  • kislorod, kripton (-153 oC) va ksenon (-108,1 oC).


Geliy va neon ko‘mirda adsorbsiya va desorbsiya qilish usulida bir-biridan ajratiladi.


Argon ikkinchi fraksiyadan rektifikatsiya yo‘li bilan ajratiladi. Kripton va ksenon uchinchi fraksiyadan ajratiladi.



Yüklə 36,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə