D. I. Mendeleyevning elementlar davriy sistemasi elementlarni birinchi marta sinflashga bo‘lgan urinish fransuz olimi A. Lavuazye


Elementlar va ularning birikmalari xossalaridagi davriylik



Yüklə 36,48 Kb.
səhifə3/11
tarix30.12.2023
ölçüsü36,48 Kb.
#167829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
D. I. Mendeleyevning elementlar davriy sistemasi-fayllar.org

2. Elementlar va ularning birikmalari xossalaridagi davriylik
D.I.Mendeleyev elementlar davriy jadvalida davr boylab, chapdan o‘ngga qarab elementlarning metallmaslik xossalari ortib boradi. Bosh guruhcha elementlarida bo‘lsa yuqoridan pastga qarab elementlarning atom yadro zaryadi ortishi bilan metallik xossalari kuchayib boradi.


Elementlarning atom radiusi. Davriy jadvalda elementlatrning atom radiusi davr bo‘ylab chapdan o‘ngga qarab kamayib keladi. Bosh guruhcha elementlari uchun guruhcha bo‘ylab yuqoridan pastga qarab elementlarning atom radiusi ortib boradi. Shuni e’tiborga olish kerakki, metallarda ionlar radiusi ham yuqoridagi qonun bo‘yicha o‘zgaradi.

Ionlanish energiyasi (I). Atomdan bitta elektron uzib chiqarish uchun kerak bo‘ladigan energiyaga ionlanish energiasi deyiladi. Bu energiyaning miqdori elektron-Voltlarda (eV) o‘lchanadi (1 eV 96,32 kJ/molga teng). Davrda ionlanish energiasi chapdan o‘ngga qarab ortib boradi. Guruhda yuqoridan pastga qarab ionlanish energiyasi kamayadi. Atom radiusi va ionlanish energiyasining o‘zgarishi atomlarning kimyoviy xossalarini belgilaydi. Bu xossalarga qaytaruvchilik, oksidlovchilik va kislota-asos xossalari kiradi.

Elektronga moyillik energiyasi (E). Elektronga moyillik energiyasi deb, atomga bitta elektron biriktirganda ajraladigan energiyaga aytiladi (birligi eV). Elektronga moyillik energiyasining qiymati ionlanish energiyasiga o‘xshash o‘zgaradi. Odatda atom elektron biriktirsa anion holatiga o‘tadi. Bunday xossa metallmaslarga tegishli. Metallmaslarda eng yuqori elektronga moyillik energiyasi qiymati nodir gazlarda kuzatiladi. Ularning orasida bo‘lsa geliyning elektronga moyillik energiyasi eng yuqoridir.

Elektromanfiylik (X=I+E). L. Poling taklifiga ko‘ra atomning o‘ziga elektron tortish xususiyatiga elektromanfiylik deyiladi. Bosh guruhchalarda elementlarning elektromanfiyligi yuqoridan pastga qarab, davrlarda esa o‘ngdan chapga qarab elektromanfiylik kamayib boradi. Elektromanfiylik kimyoviy bog‘lanishni aniqlashda keng qo‘llaniladi. Bu qiymatlar asosida elementlarning oksidlanish darajasi aniqlanadi.
Litiyning nisbiy elektromanfiyligi bir deb qabul qilingan. Ftorning nisbiy elektromanfiyligi 4,1 ga teng. Qolgan elementlarning elektromanfiyliklari shu qiymatlar orasida joylashgan.



Yüklə 36,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə