Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Stereotiplar, ongimizga o’rnashib qolgan ba’zi noto’g’ri tushunchalar



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə6/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

Stereotiplar, ongimizga o’rnashib qolgan ba’zi noto’g’ri tushunchalar: 
1. Konflikt abadiydir, u har doim mavjud. Konfliktni, agar u paydo bo’lsa, 
yo’qotib bo’lmaydi hamda konfliktni o’zgartirib ham bo’lmaydi.
Noto’g’ri. Mazkur stereotipning ikki jihati mavjud. Birinchidan, umuman
olganda, haqaqatan ham dunyoda konfliktlarni yo’qotib bo’lmaydi. Dunyoda agar
faqat ikki odam qolsa, demak, ular o’rtasida konfliktlar mavjud bo’ladi. Agar
konfliktlar bo’lmasa, odamlar maqsadlar to’qnashuvida o’ziga xos tajribaga ega
bo’lmaydi. Demak, konfliktlar hayotning ajralmas va bo’lishi tabiiy bo’lgan
voqyeligidir. Ikkinchidan, umuman olganda emas, balki har bir konfliktga xususan,
ya’ni konkret konflikt mazmunidan kelib chiqib qaraladigan bo’lsa, har bir konkret
konfliktning yechimi topilsa, konflikt mazmunini ijobiy tomonga o’zgartirsa bo’ladi.
Har bir konkret bir konfliktning har doim o’ziga xos yechimi mavjud bo’ladi, konflikt
ishtirokchilarining sayi-harakati asosisida uning yechimini topishga imkoniyat har
vaqt mavjud bo’ladi. Konfliktning yechimini topish konfliktga bog’liq bo’lmay, balki
unda ishtirok etayotgan tomonlar irodasi va hohishiga bog’liqdir. Shu bois, agar
konflikt vujudga kelgan bo’lsa, uni yo’qotib bo’ladi. Ya’ni konflikt vaziyatni
konfliktsiz vaziyatga aylantirib bo’ladi.


10
2. Imkon qadar konfliktlardan uzoqroq yurgan ma’qul. 


Noto’g’ri. Konfliktga nisbatan noto’g’ri bo’lgan va stereotipga aylangan qarash.
Qayerda konflikt bo’lsa, o’sha yerda muammo mavjud bo’ladi. Muammo -
konfliktdan uzoqlashish bilan, uni nazarga olmagani bilan, bu borada o’ylanmagani
bilan o’z-o’zidan yo’qolib qolmaydi. Konfliktning to’g’ri yechimini topish mana shu
muammoni yo’qotishga teng keladi. Muammoning yechimini topmasdan turib,
konfliktni ijobiy hal etib bo’lmaydi. Agar konfliktga e’tibor berilmasa, muammo
yechilmay qolib ketadi, u yo’qolmaydi, bilaks chuqurlashib, o’t olib, og’ir
oqibatlarga olib kelishi mumkin. Konfliktlar yechimini topa bilishda esa maxsus
bilimlar qo’l keladi. Muammoning yechimiga qaratilgan umumiy sayi-harakatlar esa
uning chuqurlashib ketib, og’ir natijalarga olib kelishining oldini oladi. Shu bois,
konflikt vujudga kelganida undan uzoqroqda emas, balki unga nisbatan faol
munosabatda bo’lish darkor. Konfliktga nisbatan faol munosabat esa konfliktlar
yechimi bo’yicha maxsus bilim va ko’nikmalarning qo’llanilishini anglatadi.
3. Konfliktlar odamlar orasidagi yaxshi munosabatlarni buzadi. 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə