Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Konflikt faqat bir tomondan iborat bo’la olmaydi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə4/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

Konflikt faqat bir tomondan iborat bo’la olmaydi. Konfliktda, uning qanchalik
murakkab bo’lishiga qaramay, har vaqt ikki tomon – buzg’unchilik va 
yaratuvchanlik mavjud bo’ladi.
Shu bois, konfliklarning murakkab xususiyatlari ularda vayron etish va
yaratuvchanlik, zo’ravonlik va hamkorlik qirralarining ham mavjudligini ko’rsatadi.
2.Konfliktlarning vayron etish yoki yaratuvchanlik imkoniyatlari 
Xitoyliklar hayotdagi har bir vaziyat va holatning ikki ajralmas tarkibiy qismini
ta’kidlashadi: bir tomondan, konflikt, albatta odatdagi holatni vayron etadi, va boshqa
tarafdan, konflikt, uning kelib chiqishi bilan vaziyatga o’z ta’sirini o’tkazadi, natijada
yangi vaziyat vujudga keladi, ana shu yangi vaziyatda esa o’ziga xos ijobiy holat ham
mavjud bo’ladi, shu bois konflikt yangi ijobiy o’zgarishlar uchun ham imkon
yaratishi mumkin. Konfliktning ijobiy va yaratuvchanlik qobiliyati konflikt vaziyatni
siz qanday maqsadlarga ishlata olishingizga bog’liq bo’ladi. Xitoyliklar fikricha, 
konflikt ikki asosiy tushunga: vayron etish va yaratuvchanlikning yaxlitligi, 
yagonaligidan iboratdir.
Qadimgi xitoy falsafasida In va Yan tushunchalari mavjud. Ularga ko’ra Yan – oq 
rang, yaxshi va ijobiy narsalarda iborat bo’lgan, faol birlik, tashqi olamni bilishga 
qaratilgan va erkaklik belgilaridan iborat bo’lgan voqyelikdir. In esa – qora rang, 
sust bo’lgan, ya’ni faol bo’lmagan birlik, ayollik belgilarini o’zida mujassam etgan, 
ichki olamni anglashga qaratilgan voqyelikdir. Hayot esa, mana shu ikki muhim 
kategoriya – Yan va In birligi, o’zaro qorishmasi, yagonaligi, uzviyligi, biri 
birini mutlaqo inkor etmasligi, o’zaro hamkorligidan tashkil topadi.
Ularni o’zaro qarama-qarshi qo’yish olamdagi tabiiy mavjud bo’lgan muvozanatni
buzishga, uni ichdan qo’porishga olib keladi. Shu bois, qadimgi obidalardan bo’lgan
―I szin‖ (―O’zgarishlar kitobi‖) da ta’kidlanishicha, Yan va In olamdagi rang-
baranglik asosida vujudga keladigan birlikni tashkil etuvchi omillar hisoblangan.
Tabiatdagi yorug’lik va qorong’ulik, nur va og’u, yumshoqlik va qattiqlik, tosh va
suv, ayol va erkak, kun va tun, osmon va yer, quyosh va oy, issiq va sovuq, yaxshilik
va yomonlik kabi qarama-qarshiliklar muvozanati tabiiy bo’lib, ularni o’zaro qarama-
qarshi qo’yish emas, ularni o’z holicha qabul qilish kerak. Tabiatdagi evolyusion


8
taraqqiyot mana shu tabiatan qarama-qarshi bo’lgan birliklarning hamkorlikdagi


tabiiy harakatidan iboratdir.
Borliqning evolyusion o’zgarishlari Inning Yanga aylanishi jarayoniga teng
keladi. In va Yan tabiatning ikki fundamental asosi hisoblanadi. Ular borliq – makon
va kosmosni tashkil qiladi. Ularning o’zaro munosabatlari borliqdagi barcha
o’zgarishlarning kelib chiqishi uchun xizmat qiladi. Ular harakati – borliqdagi
garmoniyaning negizidir. Aslida, har bir narsa, har bir o’zgarishda Yan va Inning
o’zaro qarama-qarshiligi mavjud bo’ladi. Chunki ular ikki qarama-qarshi energiya
birligidan iborat bo’lib, ular o’rtasidagi harakat olamdagi barcha dinamik
taraqqiyotning asosini tashkil qiladi. Demak, reallik – qarama-qarshi birliklarning
o’zaro hamkorlikdagi harakatidan iborat bo’lgan kategoriyadir. Shu bois, Yan va In
mustaqil holda mavjud bo’la olmaydi, ulardan birining borligi ikkinchisi bilan
solishtirgandagina o’zini namoyon qiladi. Ular o’zaro bir biri bilan aloqadordir. Ular
faqat qarama-qarshi kategoriyalar bo’lmay, ular birida yo’q xususiyatlarni
ikkinchisidan oladigan, buning hisobiga biri birini to’ldiradigan va o’zaro olamdagi
turli-tumanlik va rang-baranglik o’rtasidagi garmoniyani vujudga keltiradigan
kategoriyalardir.
Qadimgi xitoy filosofiyasiga ko’ra, olamni vujudga keltirgan besh asosiy elment,
ya’ni unsur Yan va Inning o’zaro harakati orqali vujudga keltiriladi: ular – suv, olov,
yog’och, metal va yer. Bu besh unsur – olamdagi besh energiyaning turli ko’rinishlari
hisoblanadi. Ular munosabati bir energiyaning ikkinchisiga aylanishi asosi bo’lib
xizmat qiladi. Mana shu energiyalar almashuvi borliqdagi siklik jarayonni ta’minlab
beradi. Bir unsurdan ikkinchi unsurga o’tilishi davomiylik va abadiylikni ta’minlaydi.
Yanning Inni qabul qilishi, Inning Yanga aylanishi - taraqqiyotni belgilaydi. Hayot,
taraqqiyot, borliq va tabiatning mavjud bo’lishi uchun Inning doimiy Yanga aylanishi
jarayoni bo’lishi kerak. Shunday ekan, konfliktlarning ham o’z ichki In va Yani
mavjud, deb hisoblanadi.
Demak, qadimgi xitoy falsafasiga ko’ra, konfliktda ham mana shu tabiiy qarama-
qarshiliklar birligi mavjuddir. Konfliktdagi qarama-qarshiliklar birligi o’zini uning
vayron etish va bunyodkorlik xususiyatlari orqali namoyon etadi. Ya’ni, har bir
konfliktda vayron etish xususiyati bilan birgalikda bunyodkorlik, yangitdan yaratish
xususiyati ham mavjud bo’ladi.

Konflikt ziddiyatli vaziyatni tugatadi, ya’ni vayron etadi, ammo shu bilan birga


uning qanday hal etilishidan qat’iy nazar, yangi vaziyat, yangi holat yuzaga keladi.
Ana shu yangi vaziyatda konfliktning yaratuvchanlik xususiyati yashiringan bo’ladi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə