Umumiy o‘rta ta’lim maktabi da pedagog hodimlar bilan Referendum



Yüklə 4,98 Mb.
səhifə1/16
tarix03.04.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#104125
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
10-maktab referendum bayonnoma

Bo’stonliq tumanidagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabida pedagog hodimlar bilan “Referendum: uning tashkiliy-huquqiy asoslari va asosiy bosqichlari” hamda “Konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyati haqidao`tkazilgan yig‘ilish




BAYONNOMASI


10-maktab 27.03.2023 yil
Yig‘ilish raisi- maktab direktori K.Nishonov
Kotiba-MMIBD o`rinbosari: Z.Buvatoyeva
Qatnashdi:maktab psixologi A.Yuldashov, menejer X.Sultonova, maktab kutubxonachisi M.Saydaliyeva, 65 nafar pedagog hodimlar.


KUN TARTIBI:

  1. Referendum: uning tashkiliy-huquqiy asoslari va asosiy bosqichlari.

  2. Konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyati haqida



Kun tartibidagi mavzu yuzasidan maktabning direktori K.Nishonov so`zga chiqib, referendum haqida batafsil tushuntirdi.
Referendum (lotincha: referendium) bu fuqarolarning davlat, viloyat yoki mahalliy koʻlamda eng muhim masalalar boʻyicha ovoz berish yoʻli orqali oʻz fikrlarini bevosita bildirishlaridir. Umumxalq ovoz berish yoʻli bilan qonunlar qabul qilish va davlat ahamiyatiga molik eng muhim masalalarni hal qilish shakli. Bevosita demokratiyaning muhim vositasi. Referendumning saylovlardan asosiy farqi shundaki, referendum oʻtkazilayotganda biron bir lavozimga nomzod yoki nomzodlar roʻyxati uchun ovoz berilmaydi, balki unda muayyan masala — qonun, qonun loyihasi, konstitutsiya, konstitutsiyaga tuzatishlar, mamlakatxalqaro maqomiga taalluqli yoki ichki siyosatiga oid biron bir savol qoʻyiladi. Saylov natijalari majoritar tizim boʻyicha ham, proporsional tizim boʻyicha ham aniqlanishi mumkin boʻlsa, referendum natijalari faqat majoritarizm (mutlaq koʻpchilik ovozini hisoblash) tamoyillari asosidagina aniqlanishi mumkin. Referendum ning oʻziga xos shakli plebissit hisoblanadi. Ayrim mamlakatlar (Mas, Fransiya)da plebissit referendumga nisbatan birmuncha kengroq tushuncha hisoblanadi. Baʼzi mamlakatlar (Mas, AQSH)da esa plebissit bilan referendumni farqlamaydilar. Hozirgi zamon davlatlarining konstitutsiyaviy huquqi referendum va uni oʻtkazishning turli xil koʻrinishlarini nazarda tutadi. Referendumlar butun davlat hududida oʻtkaziladigan umumilliy referendum va alohida federatsiya subʼyektlari yoki maʼmuriyhududiy birliklarda oʻtkaziladigan mahalliy referendumga boʻlinadi. Konstitutsiyaga yoki qonunlarga taallukdi referendum oʻtkazilishi mumkin. Birinchi holda yangi konstitutsiya loyihasi yoki konstitutsiyaga qilinadigan oʻzgartirish va tuzatishlar boʻyicha referendum oʻtkazilsa, ikkinchi holatda qonun loyihasi yoki kuchga kirgan qonun boʻyicha referendum oʻtkaziladi. Huquqiy ahamiyati jiqatdan maslahat referendumlari (xalq soʻrovi deb ham ataladi) va hal qiluvchi referendumlar boʻladi. Maslahat referendumlari biron bir masala yuzasidan saylovchilarning irodasini aniqlab olish boʻyicha oʻtkazilib, ana shu asosida davlatning boshqa organlari qaror chiqaradi (bunday referendumlar Shveysariya, Ispaniyada oʻtkaziladi). Hal qiluvchi referendumlarda biron-bir masala uzilkesil qaror chiqarish uchun saylovchilar ovoziga qoʻyiladi. Shuningdek, majburiy va fakultativ referendumlar boʻladi. Referendumlar oʻtkazish zarurati konstitutsiya yoki boshqa konstitutsiyaviyhuquqiy hujjatda koʻrsatilgan boʻlsa (Mas, konstitutsiya oʻzgartiriladigan holda) majburiy referendum oʻtkaziladi. Fakultativ referendumlar tegishli davlat organi yoki saylov korpusi irodasiga bogʻliqholda oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrsida“gi qonun (dastlab 1991-yil 18 noyabrda qabul qilingan, 2001-yil 30 avgustda yangi tahrirda qabul qilingan)ga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining referendumi Oʻzbekiston Respublikasining krnunlarini va boshqa qarorlarini qabul qilish maqsadlarda jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir. Referendumda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega boʻladi va faqat referendum yoʻli bilan bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin. Referendum Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida oʻtkaziladi. Referendumni oʻtkazish tashabbusi bilan: Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari;Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta chiqishi mumkin. Referendumda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan (18 yoshga toʻlgan) Oʻzbekiston fuqarolari umumiy sonining kamida 5 foizini tashkil etgan fuqarolar imzosi toʻplangan (bunda imzo chekkan fuqarolar miqdori har bir maʼmuriyhududiy tuzilma boʻyicha bir tekis va mutanosib ravishda taqsimlangan) boʻlsa; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari aʼzolarining uchdan ikki qismining ovozi bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining asoslantirilgan talabi bilan referendum oʻtkazilishi mumkin. Kuyidagi masalalar referendum predmeti boʻlishi mumkin emas: Oʻzbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini oʻzgartirish; Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjeti va soliklar; amnistiya va afv etish; jamoat tartibini, aholi sogʻligʻi va xavfsizligini taʼminlash boʻyicha favqulodda va shoshilinch chora-tadbirlar oʻtkazish; Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish; mansabdor shaxslarni tayinlash va vazifasidan ozod etish. Referendum yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi tarixida 1marta 1991-yil 29 dekabrda referendum boʻlgan. Bu referendumda „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida“ UzR Oliy Kengashining 1991-yil 31 avgustdagi Konstitutsiyaviy qonuni toʻgʻri qabul qilinganligini Oʻzbekiston xalqi bir ovozdan maʼqulladi. 2002-yil 27 yanvarda Oʻzbekiston Respublikasida 2 palatalik parlamentni shakllantirish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddatini 5 yildan 7 yilga oʻzgartirishga bagʻishlangan referendum boʻlib oʻtdi. Bu referendumlar Oʻzbekistonda demokratiya mustahkamlanib borayotganini koʻrsatadi.

Referendum — bevosita demokratiyaning muhim instituti boʻlib, umumdavlat hamda har bir fuqaro uchun muhim boʻlgan qarorlarni qabul qilinishida jamiyatning qatnashishini taʼminlaydi. Referendumning oʻtkazilish jarayonining qoida va shartlari har bir davlatning konstitutsiyasi va qonunchiligi tomonidan belgilanadi.
Referendumning huquqiy asoslari:

  • 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (1992 yil 8 dekabrь)

  • 2 ”O’zbekiston Respublikasining referendumi to’g’risida»gi qonuni (1991 yil 18 noyabrь)

  • 3. “Referendum okruglari hamda referendum o’tkazuvchi okrug komissiyalari to’g’risidagi nizom”, Markaziy saylov komissiyasining (1171 son) qarori bilan tasdiqlangan 28 iyunь 2022 yil.

  • 4. “Referendum uchastkalari hamda uchastka komissiyalari to’g’risidagi nizom”, Markaziy saylov komissiyasining (1172-son) qarori bilan tasdiqlangan 28 iyunь 2022 yil.

5. Referendum davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizom Markaziy saylov komissiyasining 2022 yil 30 avgustdagi 1185-son qarori bilan tasdiqlangan.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə