Umumiy o‘rta ta’lim maktabi da pedagog hodimlar bilan Referendum


So’z, fikr va internet erkinligining asosiy shartlari



Yüklə 4,98 Mb.
səhifə5/16
tarix03.04.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#104125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
10-maktab referendum bayonnoma

So’z, fikr va internet erkinligining asosiy shartlari

Hozirgi kunda Internet aloqa vositasidan ko’ra ko’proq virtual muhitga aylanib bormoqda. Ko’plab tushuncha va xizmatlar «real» hayotdan «virtuallik»ka ko’chib o’tmoqda. Odamlar ishini, o’qishini, hobbilarini, turli tovar va xizmatlar logistikasini, qolaversa, davlat xizmatlarini ham internetga ko’chiryapti.


Bu esa qonunchilikni zamonga hamnafas qilib o’zgartirishni taqozo qilmoqda. Internetga kirish va undan erkin foydalanish huquqi insonning so’z erkinligi huquqi doirasiga kiradi. Ushbu huquq davlat chegaralaridan va shakllaridan qat’i nazar turli axborot va g’oyalarni qidirish, olish va tarqatish erkinligini qamrab oladi.
Internet aloqa vositasidan muhitga qarab o’zgarar ekan, uni taqiqlash va cheklash nafaqat noto’g’ri, balki mantiqsiz ham bo’lib bormoqda. Buni yaqin-yaqingacha turli ijtimoiy tarmoqlarni cheklashda ko’rdik. Birinchidan, har qanday to’siqni chetlab o’tishning texnik imkoniyatlari mavjud (VPN, proksi-serverlar) va ulardan foydalanish har kimning qo’lidan keladi. Ikkinchidan, qonunga zid axborot tarqaladigan vosita – ijtimoiy tarmoq bo’ladimi, OAV bo’ladimi, uni cheklash yechim emas.
Bu borada fuqarolarimiz anglab yetishi kerakki, axborotni, shu jumladan Internet orqali, izlash, olish va tarqatish erkinligi ularning zimmasiga alohida majburiyat va mas’uliyat yuklaydi va ularga nisbatan qonunga muvofiq ravishda ayrim cheklovlar o’rnatilishi mumkin. Bunda barchamiz mas’uliyatimizni anglasak, oqni qoradan, haqiqatni feykdan, dalilni provokatsiyadan ajrata olsakkina, muammoga tizimli yechim topgan bo’lamiz.
2011 yil 3 iyundagi Rezolyutsiyaga muvofiq, BMT Internetga kirish huquqini insonning ajralmas huquqlaridan biri sifatida tan oladi.
Konstitutsiyamizning 33-moddasiga kiritilayotgan yangi normalar har bir shaxsning Internet jahon axborot tarmog’idan erkin foydalanish huquqini hamda mazkur huquqlarni cheklashga qaysi hollarda yo’l qo’yilishi aniq belgilamoqda.
Mazkur huquq va cheklovlarni raqamlashtirish asrida demok­ratik, huququqiy va adolatli jamiyat qurayotgan barcha davlatlar uchun zarurdir. Ularni Konstitutsiyamizda mustahkamlash fuqarolarimizning huquqlarini amalga oshishi, ularning himoyasi va xavfsizligini ta’minlash uchun muhim ahamiyatga ega.



Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə