Umumiy o‘rta ta’lim maktabi da pedagog hodimlar bilan Referendum


Havf-xatarlarni bartaraf etish bo’yicha mustahkam huquqiy asos zarurati



Yüklə 4,98 Mb.
səhifə4/16
tarix03.04.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#104125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
10-maktab referendum bayonnoma

Havf-xatarlarni bartaraf etish bo’yicha mustahkam huquqiy asos zarurati:
Bularning barchasi uchun mustahkam huquqiy poydevor zarur bo’lishi, Yangi O’zbekistonga yangilanayotgan Konstitutsiya kerakligini ko’rsatmoqda.


Xalq konstitutsiyasi: mazmuni va mohiyati:

  • xalqimizning fikri, takliflari 2 bosqichda o’rganildi, shundan so’ng Konstitutsiya loyihasi tayyorlandi:

birinchi bosqichda Konstitutsiya loyihasini shakllantirish uchun odamlarimiz 60 mingdan ziyod takliflar berdi;
ikkinchi bosqichda Konstitutsiya loyihasi umumxalq muhokamasiga qo’yildi.
Nima uchun “yangi konstitutsiya” deb atalmoqda?;

  • moddalar soni amaldagi 128 tadan155 taga ortmoqda;

  • normalar soni 275 tadan – 434 taga oshdi;

  • – qonunimizning 65 foiz matni xalqimiz takliflari asosida yangilandi.


Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab direktori Z.Buvatoyeva mavzu mohiyatini bayon etdi.
Propiska: muammolar to’liq bartaraf etiladimi?
Oxirgi besh yilda Prezident SHavkat Mirziyoevning siyo­siy irodasi tufayli uzoq yillar davomida fuqarolarni qiynagan «propiska» bilan bog’liq muammolar to’liq barham topdi. Endi bu masalaga oxirgi nuqta qo’yilmoqda – insonlarning O’zbekistonning istalgan joyida yashash, uy-joy sotib olish huquqi Konstitutsiyada belgilab qo’yilmoqda. Maqsad – kelajakda bunday to’siqlarni tizimli hal etish uchun har bir O’zbekiston fuqarosi mamlakat bo’ylab erkin harakatlanish, turar yoki yashash joyini erkin tanlash huquqini ta’minlash. Har bir fuqaroga mamlakatdan to’siqlarsiz chiqish va qaytish huquqi kafolatlanishi lozim.
«Propiska» – bu shunchaki pasportdagi bir muhrgina emas, insonning butun hayotiga ta’sir qiluvchi tamg’a edi va u erkin harakatlanish huquqini asossiz cheklovchi qonunosti hujjatlar bilan mustahkamlangandi. Sovet tuzumidan qolgan bu beshafqat tizim fuqaroni o’zi ro’yxatdan o’tgan joyga zanjirsiz bog’lab qo’yar edi. Insonning ishlash, o’qish, sog’lig’ini saqlash va boshqa huquqlari cheklanib kelingan.
Masalan, ba’zida fuqarolar Toshkentga kelish uchun yo’llardagi nazorat postlaridan pasportsiz o’ta olmas edi, ularni bilim olishi, davolanishi, ishlashi yoki qarindoshlarini ko’rishi uchun poytaxtga kelib turishida ham qiyinchiliklar mavjud edi.
So’nggi yillarda odamlarni qiynab kelayotgan «propiska» va xorijga chiqish uchun ruxsatnoma (stiker) rasmiylashtirish muammolari yechimini topdi. Endilikda shaxsning harakatlanishi, yashash joyni tanlashi, mehnat faoliyati, ta’lim, sog’liqni saqlash, davlat va moliya xizmatlarini olish «propiska» tizimi bilan bog’liq bo’lmay qoldi.
Toshkent shahri va viloyatidan ko’chmas mulk sotib olmoqchi bo’lgan fuqaroning ushbu hududlarda doimiy propiskada turishi, shuningdek yangi yashash joyi bo’yicha ro’yxatga olishda avvalgi doimiy yashash joyidan ro’yxatdan chiqish tartibi talabi bekor qilindi.
Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo’yicha ro’yxatdan o’tmasdan istiqomat qilish muddati 15 kun, ro’yxatga olishni rasmiylashtirishni esa 1 kun ichida amalga oshirish tartibi joriy etildi.
Vaqtincha yashash joyi bo’yicha ro’yxatga olish muddati
1 yilni tashkil etiladi.
Bundan tashqari, endilikda har kim O’zbekiston hududidan erkin chiqib keta olishi belgilab qo’yilmoqda. Faqat qonunda belgilangan hollardagina bu cheklanishi mumkin xolos. Qaysidir davlat organi yoki mansabdor shaxslar o’zboshimchalik bilan bunga to’sqinlik qilishi mumkin emas.
SHu bilan birga, har kim to’sqinliklarsiz O’zbekistonga qaytib kelishi ham kafolatlanmoqda. O’z vaqtida turli tushunarsiz va asossiz taqiqlar tufayli uzoq yillar Vataniga qaytib kela olmagan yurtdoshlarimiz qismati hech kimga sir emas.
Kiritilayotgan yangilik kelgusida bunday to’siqlarni tizimli hal etishga yordam beradi. Aholini qiynab kelgan muammolar yechimini eng yuqori darajada qonunchilikda mus­tahkamlaydi.
Yillar o’tib, turli sabablar bilan «propiska» tizimi qayta joriy etilmasligi uchun ham ushbu norma Konstitutsiyada mustahkamlanib qo’yilishi shart!
O’zbekiston fuqarolari, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar mamlakat bo’ylab erkin harakatlanish, turar yoki yashash joyini erkin tanlash huquqini qat’iy kafolatlaydi.
Amaldagi qonunchilikka ko’ra, davlat sirlariga ega bo’lgan shaxslarning, shuningdek, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosi munosabati bilan qarzdor bo’lgan shaxslarning O’zbekistondan chiqib ketish huquqi cheklanishi mumkin.



Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə