Institutsional islohatlar va ularning mamlakat iqtisodiyotiga ta'siri



Yüklə 44,46 Kb.
səhifə1/2
tarix23.12.2023
ölçüsü44,46 Kb.
#155812
  1   2
INSTITUTSIONAL ISLOHATLAR VA ULARNING MAMLAKAT IQTISODIYOTIGA TA\'SIRI

INSTITUTSIONAL ISLOHATLAR VA ULARNING MAMLAKAT IQTISODIYOTIGA TA'SIRI

REJA:

  1. O’ZBEKISTON AMALGA OSHIRAYOTGAN INSTITUTSIONAL O‘ZGARISHLAR VA ULARNI IQTISODIYOTIMIZGA TASIRI1

  2. O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTINI INSTITUTSIONAL RIVOJLANTIRISH:


Ma'lumki, O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab bosqichma-bosqich amalga oshirilgan iqtisodiy va institutsional islohotlar jarayonida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida mutlaqo yangi institutlar yaratildi. Shu bilan bir vaqtda xo‘jalik faoliyatini yuritish va rivojlantirishni belgilab beruvchi institutsional muhit tashkil topdi. Shakllangan institutsional muhit asosini tashkil qilgan rasmiy qoidalar va normalar mamlakatimizda xususiy mulkchilik shakllanishiga, ishlab chiqarish va biznesni yuritishda bozor munosabatlariga o‘tish va yangicha boshqaruv tizimini barpo etilishiga, makroiqtisodiy mutanosiblikni ta'minlanishiga hamda barqaror iqtisodiy rivojlanishga kuchli ta'sir ko‘rsatadi.
Ammo iqtisodiy rivojlanishning ichki va tashqi omillari ta'siri doirasida institutlar va institutsional normalar “eskirishi” yuz beradi va ular iqtisodiy rivojlanishga to‘siq bo‘lib qoladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda “O‘zbek modeli” negiziga qo‘yilgan islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish tamoyili, institutlar “eskirishi” bilan yuzaga keladigan chegara va to‘siqlarni olib tashlashda eng samarali mexanizm hisoblanadi.
Shularni hisobga olganda o‘tkazilgan mazkur ilmiy konferensiyada Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida “Hozirda belgilab berilgan xususiy mulkchilikni, kichik biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, sanoat va qishloq xo‘jaligida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ishlab chiqarish infratuzilmalarini ustuvor rivojlantirish va shu kabi boshqa yo‘nalishlarda olib borilayotgan modernizatsiyalash, tarkibiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq institutlar va institutsional normalar, ularning amal qilish mexanizmlarini takomillashtirish muhim” takidladi1.
Institutlar va institutsional normalarni takomillashtirish va yangilarini hayotga joriy etilishi mamlakatimizda iqtisodiy o‘sishga yanada turtki beradi, o‘zaro iqtisodiy munosabatlarni tezlashtiradi va soddalashtiradi, investitsiya muhitini jozibali qiladi, xalqaro maydonda O‘zbekiston obro‘sini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Milliy iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni iqtisodiy o’sishga ta’sirini baholashda quyidagilarni amalga oshirish muhim sanaladi:
1. Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarning tasnifi, tarkibiy o'zgarishlarning integral miqdoriy va sifat xususiyatlari va parametrlari shakllantirish, iqtisodiyotning tarkibiy o'zgarishlarini boshlaydigan iqtisodiy omillar, shuningdek, ularni yanada rivojlantirishning imkoni bo’lgan yo'nalishlari aniqlash;
2. Tarkibiy o'zgarish mexanizmining ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy elementlarini rivojlantirishga ta'siri aniqlash;
3. Tizimli nomutanosibliklarni kuchaytirishning asosiy sabablarini aniqlash bilan islohotlar jarayonida iqtisodiyotining o'zgarishi oqibatlarini tahlil qilish;
4. Yalpi ichki mahsulotining tarkibiy tahlili amalga oshirish. Aholi daromadlari va sanoat tuzilmasining prognozi bo’yicha taqsimot tuzilishi prognozi amalga oshirish;
5. Yalpi ichki mahsulotining tizimli tahlili o’tkazish va yalpi ichki mahsulotining prognozini hisoblashni amalga oshirish;
6. Milliy iqtisodiyot tarmoqlarining tarkibiy nomutanosibligini makroiqtisodiy tahlil qilishni takomillashtirish yo’nalishlari ishlab chiqish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy vazifalariga erishishga qaratilgan amaliy tavsiyalar va yondashuvlar taklif etish.Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar jarayonida va innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida tarkibiy o’zgarishlarni o’rganish va iqtisodiy o’sish ehtimoli qo’shimcha ravishda tekshirilishi kerak bo’lgan bir qator sohalarni aniqlashni talab etadi.
Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarning yo’nalishini o’rganish, iqtisodiyotda tarmoq tarkibi o’zgarishining endogen va ekzogen sabablarini o’rganish, shuningdek tizimli o’zgarishlarning samaradorligini baholash, iqtisodiyotning o’zgarishi va iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining tuzilmasining milliy iqtisodiyotga xos xususiyatlarni aniqlash uchun turli vaqt oralig’ida qiyosiy tahlil qilish, strukturaviy o’zgarishlarni tadqiq qilish uchun nazariy va matematik modellashtirish usullarini ishlab chiqishni talab etadi. Milliy iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarnig iqtisodiy o’sishga ta’sirini tahlil etishda quyidagilar e’tibor qaratish lozim:
a) Trend sifatida real yalpi ichki mahsulotni olish zarur
b) Iqtisodiy o’sish uzoq muddatli xarakterga ega jarayondir. Shu sababdan eng kamida 10 yillik davrni tahlil etish lozim.
g) Iqtisodiy o’sish bilan bir qatorda aholi turmush farovonligini ifodalovchi ko’rsatkichlarni ham tahlil etish lozim.
Iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatadigan taqsimot omillari mamlakatning tarmoqlari, korxonalari va hududlari bo’yicha ishlab chiqarish resurslarini taqsimlashning amaldagi tuzilmasi, shuningdek, xo’jalik faoliyati subyektlari o’rtasida daromadlarni taqsimlashning amaldagi tartibi hisoblanadi. Bu omillar iqtisodiy tizimning qobiliyatiga, o’sish va uning samaradorligi ham ta’sir qiladi. Iqtisodiy o’sish turlarini ajratish bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri o’sish omillari mavjud.Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda, iqtisodiy o’sish omillariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) yer va tabiiy boylik;
2) mehnat unumdorligi;
4) ilmiy-texnologik taraqqiyot;
5) iqtisodiy integratsiya;
6) ijtimoiy-iqtisodiy omillar guruhi.
Nazariy jihatdan barqaror iqtisodiy rivojlanishning yangi konsepsiyasini shakllantirish, amaliy jihatdan – makroiqtisodiy siyosatni yuqori iqtisodiy o’sishga yo’nalgan infratuzilmani yaratishdan iborat.Tarkibiy o’zgarishlar natijasidagi Iqtisodiy o’sish uch turdagi maqsadlarga erishish zarurligini nazarda tutadi:
- iqtisodiy maqsadlar (iqtisodiy o’sish samaradorligi va barqarorligi);
- ijtimoiy maqsadlar (ehtiyojlarni qondirish darajasi, madaniy an’analarni saqlab qolish, qaror qabul qilishda ishtirok etish uchun jamiyatning turli qatlamlari huquqlarining tengligi)
- ekologik maqsadlar (atrof-muhit obyektlarining barcha xilma-xilligi tufayli turli avlodlarning hozirgi va kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish).
Bu borada mamlakatimizda qabul qilingan Konsepsiyaga ko’ra O’zbekiston Respublikasini o’rta va uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning maqsadlari, ustuvor vazifalari va vazifalarini belgilangan. Shu bilan birga, konsepsiyaning asosiy maqsadi yuqori va barqaror iqtisodiy o’sish davrida respublikaning har bir fuqarosining hayot sifatini yahshilash, bilimlarga asoslangan iqtisodiyotni shakllantirishga qaratilgan.
Prognozlarga ko’ra, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda o’lchanadigan maqsadli ko’rsatkichlar sifatida real YaIMning 2,1 barobar o’sishini va aholi jon boshiga YaIMning 2030 yilda 2017yilga nisbatan 3 barobar yoki 4538 dollarga yetkazish maqsad qilingan. Belgilangan maqsadlarga erishish uchun o’rtacha yillik iqtisodiy o’sish sur’ati 4,8% dan kam bo’lmasligi zarur. 2030 yilga kelib aholi jon boshiga to’g’ri keladigan YaIMning qiymati bo’yicha o’rta sinfning yuqori pog’onasidagi davlatlar qatoriga kirish maqsad qilingan. Ijtimoiy yo’nalishda esa mehnat bozoridagi keskinlik darajasini pasaytirish, aholi daromadlari o’sishini ta’minlash va kam ta’minlanganlik darajasini ikki barobar qisqartirish, umr ko’rish davomiyligini 78-80 yilgacha oshirish, o’lim ko’rsatkichini bir yarim barobar qisqartirish, aholining uy-joyga bo’lgan ehtiyojini to’liq qondirish, sifatli ichimlik suvi bilan aholini to’liq ta’minlash, 2018-2030 yillarda YAIM o’sishining asosiy drayveri bo’lgan sanoat tarmog’i yalpi mahsuloti real hajmlari 2,3 barobar o’sishini ta’minlash (YAIMdagi ulushini 2018 yilda 26,3% dan 2030 yilda 33,3% % gacha oshirish), qurilish ishlari 2,1 barobar (5,7% dan 6,4% gacha) va xizmatlar sohasi 2,1 barobar (35,6% dan 39,3% gacha) va mos ravishda qishloq xo’jaligi ulushi 1,8 barobar (32,4% dan 21% gacha) kamayishi hisoblanadi.
Iqtisodiyotning ishlab chiqarish salohiyatining o’sishi eksport hajmining 3 barobar ko’payishini ta’minlaydi.
Iqtisodiy o’sishni ta’minlash uchun 2030 yilgachakapital qo’yilmalar hajmini 3,1 barobar, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hajmini 7,0 marta oshirish belgilangan. Zamonaviy iqtisodiyotda milliy iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni iqtisodiy o’sishga ta’sirini baholashning dolzarb masalalarida iqtisodiy o’sishning yana bir turi mavjud bo’lib, bu innovatsion o’sishdir. Iqtisodiy o’sish iqtisodiy rivojlanishga olib kelishi lozim.
Iqtisodiy rivojlanish iqtisodiy o’sishga nisbatan kengroq tushunchadir, bu shuni ko’rsatadiki, milliy iqtisodiyot iqtisodiy o’sish va pasayish holatida bo’lishi mumkin. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida jamiyatning kambag’al va o’rta qatlamlari ko’pincha manfaatdor hisoblanadi. Iqtisodiy o’sish konseptsiyasi, doimiy hajmlarni oshirishga qaratilgan. Mintaqalarda va tarmoqlarda ijobiy iqtisodiy o’zgarishlar asosida iqtisodiy o’sish ta’minlanadi.
O’zbekiston iqtisodiyotida faqat innovatsion tadbirkorlik raqobatga bardosh bera oladi, rivojlana oladi, taraqqiyotga erisha oladi, chunki uni innovatsiyalar yuksaltira oladi .Tadbirkorlik taraqqiyoti novatorlikdadir, ya’ni eskini ijodiy yondashuv asosida buzib, yangisini ijod etishdadir. Ushbu jihatdan tadbirkorlik faoliyati innovatsiya faoliyatidan boshqa narsa emasdir.
Haqiqiy tadbirkorlik negizida novatorlik, yangilikni kiritish, hayotga tadbiq etish yo’li bilan rivojlanishni ta’minlash yotadi. Tadbirkorlik taraqqiyoti intiluvchanlikda, novatorlikda, yangiliklarni tadbiq etmoqlikda, tavakkal qilmoqlikda, qaltislika qo’l urmoqlikda va o’z qarorlaridan qaytmaslikda hamda ma’suliyatni seza bilmoqlikdadir. Bularni jami innovatsiya faoliyatiga ham xos bo’lgan belgilar bo’lib, tadbirkorlik taraqqiyotini yuksaltirish omili sifatida xizmat qiladi.Faqat innovatsiyalarga tayangan holda tadbirkorlikni yuritish tadbirkorlik faoliyati maqsadiga xos bo’lgan yutuqlarni va yuqori daromadni ta’minlaydi. Bunda tadbirkorlik faoliyati erkin raqobat muhitida sinmaydi, u faol rivojlanadi, taraqqiyotga erishadi, yuksaladi.
Innovatsion tadbirkorlik uch asosiy turga bo’linadi:
-mahsulot innovatsiyasi;
-texnologiya (ishlab chiqarish) innovatsiyasi;
-ijtimoiy innovatsiya.
Mahsulot innovatsiyasi - korxona mahsulotini sotish darajasi imkoniyatini yangilash jarayonini namoyon etadi. Texnologiya innovatsiyasi - ishlab chiqarish imkoniyati (potentsial) yangilash jarayonidir.Ijtimoiy innovatsiyalar korxonaning gumanitar doirasini reja asosida yaxshilash jarayonini namoyon etadi.Novatorlik asosida innovatsiya faoliyatiga tayanib tadbirkorlikni tashkil etish, oddiy biznesni yuritishdan farqli ravishda rivojlanishni ta’minlaydi.
Doimiy izlanishga, yangilikni kiritishga, raqobatbardoshlikni yo’lga qo’yishga, muntazam modernizatsiyalarni ta’minlashga, fan va texnika yutuqlari natijalarini joriy etib borishga qaratilgan tadbirkorlik albatta o’z taraqqiyotiga erishadi va yuksalib boradi, chunki u bunda bozor talablarini qondira oladi, natijalarga erisha oladi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Faol tadbirkor deganda, biz raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga qodir, eng muhimi, yangi ish o‘rinlari yaratib, nafaqat o‘zini va oilasini boqadigan, balki butun jamiyatga naf keltiradigan ishbilarmon insonlarni tushunamiz. Bunday tadbirkorlar safini kengaytirish, jumladan, yuqori texnologiyalar, ilm-fanning eng so‘nggi yutuqlariga asoslangan texnika va asbob-uskunalarni mamlakatimizga olib kelish va joriy etish uchun ularga munosib sharoitlar yaratish bizning birinchi galdagi vazifamiz bodishi shart.
Kerak bo’lsa, xorijdagi yetakchi kompaniya va tashkilotlarda tajriba orttirishi, o‘zaro manfaatli hamkorlik qilishi uchun ularga har tomonlama imkoniyat tug‘dirib berishimiz lozim. Rivojlanayotgan davlat sifatida O‘zbekistonda ham kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishi uchun ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish milliy iqtisodiyotimiz barqarorligini ta’minlashning muhim makroiqtisodiy omillaridan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda kichik biznes taraqqiyoti natijasida ularning mamlakatga yaratilayotgan yalpi ichki mahsulot salmog‘idagi ulushining ortib borayotganligi bilan izohlash mumkin.

Yüklə 44,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə