Derivatografiya usulida moddalarni taxlil qilish



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə1/3
tarix28.07.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#120042
  1   2   3
DERIVATOGRAFIYA USULIDA MODDALARNI TAXLIL QILISH.

  • DERIVATOGRAFIYA USULIDA MODDALARNI TAXLIL QILISH.
  • Derivatografiya usulida moddalarni taxlil qilish.
  • Reja:
  • 1. Derivatografik tahlil usullari va ularning mohiyati.
  • 2. Adsorbsion hamda absorbsion xromatografiya.
  • 3. Yupqa qatlamdagi xromatografiya.
  • 4. Ion almashinish xromatografiyaasi.
  • Derivatografik tahlil usullari va ularning mohiyati
  • Adsorbsion hamda absorbsion xromatografiya
  • Neft va gaz mahsulotlaridan olingan kimyoviy birikmalarni ajratish, tahlil qilish va ularning xossalarini tekshirishning kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoviy usullari orasida xromatografik tahlil usullari muhim о‘rinni egallaydi.
  • Xromatografik tahlil usullari soddaligi, samaravorligi, tanlovchanligi, tezkorligi, shuningdek, uni boshqa fizik-kimyoviy usullar bilan birgalikda avtomatlashtirish mumkinligi tufayli keng tarqalgan.
  • Xromatografiyaa usullarining о‘ziga xos xususiyati ularning universalligida bо‘lib, turli konsentratsiyalarda olingan anorganik va organik qattik, suyuq hamda gazsimon moddalarni ajratish va aniklashga imkon beradi. Bu usullarning yana bir muhim tomoni shundaki, ular yordamida xossalari bir- biriga yaqin bо‘lgan birikmalarni oson ajratish mumkin.
  • Xromatografiyaa tekshiriluvchi obyektlarni sifat va miqdoriy tahlil qilishga, moddalarning fizik-kimyoviy xossalarini о‘rganishga, texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatik boshqarishga imkon beradi. Keyingi vaqtlarda xromatografiyaa atrof muhitni nazorat qilishning asosiy usullaridan biri bо‘lib qoldi.
  • Xromatografiyaaga birinchi bо‘lib rus botanik olimi M.S. Svetning tadqiqotlari va uning 1903 yilda bosib chiqarilgan «Adsorbsion hodisalarning yangi kategoriyasi va ularning biokimyoviy tahlilda qullanilishi» nomli maqolasi asos soldi.
  • О‘zi taklif etgan usulning asoslarini Svet quyidagicha ta’riflaydi: «Aralash eritma adsorbent ustuni orqali filtrlanganda pigmentlar turli rangdagi alohida zonalarga ajraladi. Murakkab pigmentning turli tarkibiy qismlari spektrdagi yorug‘lik iurlari singari adsorbent ustunida ma’lum qonuniyat asosida bir-biridan har xil rangli qavatma-qavat bо‘lib ajraladi va ularni sifat jihatdan aniqlash imkoni tug‘iladi. Bunday rangbarang preparatni men xromatogramma deb, tegishli usulni esa xromatografik usul deb atadim».
  • Moddalarni xromatografik ajratish usullari sorbsiya jarayonlariga asoslangan. Bu yerda sorbsiya deganda gaz, bug‘ yoki erigan moddalarning qattiq yoki suyuq yutuvchilarga (sorbentlar) yutilishi tushuniladi. Teskari jarayon desorbsiya deyiladi. Sorbsiya tushunchasi umumiy bо‘lib, u adsorbsiya (fazaning sirtiga yutilish) va absorbsiya (fazaiing hajmiga yutilish) dan iborat.
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə