Derivatografiya usulida moddalarni taxlil qilish


Sorbsiyani ikki yul bilan: statik va dinamik sharoitda amalga oshirish mumkin



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə2/3
tarix28.07.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#120042
1   2   3
DERIVATOGRAFIYA USULIDA MODDALARNI TAXLIL QILISH.

Sorbsiyani ikki yul bilan: statik va dinamik sharoitda amalga oshirish mumkin.
  • 1. Statik sorbsiya ikkala fazaning nisbiy xarakatsiz xolatida ruy beruvchi sorbsion jarayon bо‘lib, moddaning fazalar orasida taqsimlanish muvozanati qaror topishi bilan yakunlanadi. Dinamik sorbsiya harakatchan faza xarakatsiz fazaga nisbatan bir yunalishda siljiydigan sorbsion jarayondir. Moddalar aralashmasini xromatografik ajratish usuli dinamik sorbsiya jarayoniga asoslangan. Barcha xromatografik usullarning mohiyati shundaki, tarkibiy qismlarga ajratiladigan modda harakatchan faza (suyuq yoki gazsimon) bilan birgalikda xarakatsiz sorbent (xarakatsiz faza) qatlami orqali utadi, yutilishi turlicha bо‘lgani uchun sorbent orqali turlicha tezlikda о‘tadi. Aralashmalarni ajratishning ba’zi turlaridan farqli ravishda xromatografik usullarning uziga xos xususiyati sorbsiya va desorbsiya jarayonlarning sorbentning yangi qatlamlarida kо‘p marta takrorlanishidadir.
  • Bu esa ajratishning juda samarali bо‘lishini ta’minlaydi. Demak, xromatografiyaa aralashmalarni ajratishning dinamik, sorbitson usuli bо‘lib, u moddalarni ikki faza orasida taqsimlanishiga asoslangan (fazalardan biri xarakatchan bо‘lib, ikkinchisi qо‘zg‘almas) va sorbsiya hamda desorbsiya jarayonlarining kо‘p marta takrorlanishi bilan bog‘liq.
    • 2. Sorbsiya mexanizmiga qarab xromatografiyaa molekulyar va xemosorbsion xromatografiyaaga bо‘linadi. Molekulyar xromatografiyaada qо‘zg‘almas faza (sorbent) bilan ajratilayotgan aralashmaning tarkibiy qismlari orasidagi о‘zaro ta’sir kuchlari tabiati bо‘yicha molekulalararo Van-der-Vals kuchlaridir. Xemosorbsion xromatografiyaaga ion almashish, chuktirish, kompleks hosil qilish (yoki ligand almashish), oksidlanish-qaytarilish xromatografiyaasi kiradi. Xemosorbsion xromatografiyaada tegishli kimyoviy reaksiyalar sorbsiyaga sabab bо‘ladi.
    • 3. Xromatografiyaalash usullari bо‘yicha frontal, ochiltirish (elyuent) va siqib chiqarish xromatografiyaalariga bо‘linadi. Tahliliy kimyoda kо‘pincha, ochiltirish usuli qо‘llaniladi.
    • 4. Bajarish texnikasi bо‘yicha kolonkali (nayli) xromatografiyaa (qо‘zg‘almas faza nayda joylashtirilgan) va yuza qog‘oz xromatografiyaasi hamda yupqa qatlamli xromatografiyaalarga (qо‘zg‘almas faza sorbent qog‘oz varag‘iga yoki shisha va metall plastinkaga yupka qatlam qilib joylashtirilgan) ajratiladi.
    1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə