Mavzu. EleKtron hukumat



Yüklə 449,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü449,53 Kb.
#151762
  1   2   3
15-mavzu maruza



Mavzu. ELeKTRON HUKUMAT 
1. O`zbekistonda elektron hukumatni rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy asoslari
2. Davlat organlari faoliyati samaradorligi, tezkorligi va shaffofligini ta`minlashda elektron 
hukumatning o`rni
3. Aholi va tadbirkorlik sub`ektlari bilan o`zaro munosabatlarni amalga oshirishda elektron hujjat 
aylanishi
1. O`zbekistonda elektron hukumatni rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy asoslari 
Elektron (raqamli, veb, internet) iqtisodiyot – raqamli texnologiyalarga asoslangan iqtisodiy
faoliyat. Gap bu erda dasturiy ta`minot ishlab chiqish va sotishdan ko`ra ko`proq elektron biznes va 
elektron tijorat tomonidan ishlab chiqariladigan elektron tovarlar va servislar haqida boradi.
Raqamli iqtisodiyot – xuddi o`sha e-Commerce, faqat alohida e-tijoratlar to`plamidan iborat bo`lgan 
mamlakat miqyosidadir. Elektron tovarlar va xizmatlar – internet orqali sotish va sotib olish mumkin
bo`lgan hamma narsa – elektron kitoblar, fil`mlar, musiqa, o`yin, media-kontent hisoblanadi.
Qaysidir saytga (forum, portal) pullik ulanish – bu ham elektron xizmat. O`yindagi akkaunt, o`yin 
pullari, Webmoney va elektron mahsulot. Dasturiy ta`minot ham elektron mahsulot, xuddi uni 
faollashtirish kalitlari, yangilanishga pullik obunalar va h.k. kabi. Xususan, Buyuk Britaniya Internet-
iqtisodiyoti 2017 yil YaIM 14%iga etdi.
O`zbekiston iqtisodiyoti uchun raqamli sektorni rivojlantirishning muhimligi shu bilan ham 
tasdiqlanadiki, bir qator mamlakatlar hozirgi paytda o`z iqtisodiyotining raqamli sektorlarini 
rivojlantirish, bu sohalarda yangi ish o`rinlari yaratish, axborot texnologiyalari va elektron sanoat 
raqobatbardoshliini oshirishga qaratilgan keng ko`lamli dasturlarni amalga oshirmoqda. Raqamli 
texnologiyalar iqtisodiyotning davlat sektorida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Raqamli hukumat va
davlat xizmatlari ko`rsatish bo`yicha servislar tobora ko`proq biznes va fuqarolarga samaraliroq
xizmatlarni ta`minlaydigan, shuningdek, atrof-muhitni saqlash bo`yicha hukumat qarorlarining
muhim bir qismi sanalgan xarajatlarni qisqartirish vositasi sifatida ko`rib chiqiladi. Raqamli hukumat 
va innovatsion texnologiyalar davlat boshqaruvining barqaror rivojlanishni shakllantirida samarali
ishtirokini ta`minlashi mumkin. Raqamli hukumat davlat organlariga sifatliroq xizmatlar taqdim etish va
aholi uchun yanada ochiq bo`lish imkonini taqdim etadi. U hukumatga atrof-muhitga
etkazilayotgan zararni qisqartirishga, tabiiy resurslarni samarali boshqarishga xizmat qilishga,
shuningdek, iqtisodiy o`sishni rag`batlantirish va iqtisodiyotning jamoatchilik sektorini 
rivojlantirishga xizmat qilishga yordam berishi mumkin. To`laqonli raqamli iqtisodiyot yaratishga 
to`sqinlik qiladigan risklarni tahlil qilish zarur. Yangi texnologiyalarni faollik bilan joriy qiladigan va
foydalanadigan mamlakatlar bilan bir qatorda iqtisodiy tizim faoliyat yurtishining yangicha turiga
o`tishga imkon beradigan afzalliklardan foydalanmaydigan global axborot kommunikatsiyalardan
uzilib qolgan mintaqalar mavjud. Farq nafaqat texnologiyalar darajasi, investitsion resurslar
taqchilligi yoki inson kapitalining rivojlanish darajasi pastligida, balki institutlar yo`qligi yoki yomon


faoliyat ko`rsatishida hamdir. O`zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanish shart-sharoitlari
orasida bir nechta jihatni ajratib ko`rsatish mumkin. Innovatsion markazlar yaratilishi bilan raqamli 
iqtisodiyot samarali infratuzilmasi yaratish bo`yicha original tashkiliy-texnologik qarorlar ishlab chiqish
o`sadi. Raqamli iqtisodiyot bo`yicha muayyan ishlarning rivojlanishi va integratsiya sinergetik
samara yaratadi va O`zbekiston iqtisodiyotining umumiy o`sishiga olib keladi. tamomila yangi
texnologiyalarga o`tar ekan, O`zbekiston oraliq bosqichlarni aylanib o`tgan holda o`z
rivojlanishining yangi bosqichiga o`tishi mumkin va bunday rivojlanish bu sohadagi ilg`or davlatlarga 
etib olish va ulardan o`zib ketishga imkon yaratishi mumkin. Biroq yangi texnologiyalarga o`tish
alohida olingan fuqaroning xavfsizligi va himoyalanganligi bilan bog`liq: «raqamlar» kirib borishi
bilan uning hayoti yanada qiziqlashadi.
Iqtisodiyotning yangi strukturasida raqamli texnologiyalarga asoslangan va raqamli jamiyatni
himoya qilgan holdagina yangicha iqtisodiyot strukturasi o`sishida katta natijalarga erishish
mumkin. Bir tomondan, raqamli iqtisodiyotning qonunchilik ta`minoti murakkab masala
hisoblanadi, boshqa tomondan esa – shaxs ma`lumotlari xavfsizligini ta`minlash. Fuqarolarni 
kiberjinoyatchilardan, ijtimoiy va iqtisodiy tengsizlikdan himoya qilish, avtomatlashtirish jarayonlari 
tufayli chetga chiqib qolgan kishilarni ish joyi bilan ta`minlash, elektron hujjatlarni uzoq vaqt saqlash
bo`yicha me`yorlar joriy qilish, MDH doirasida turli infratuzilmalar birgalikda bo`la olishini ta`minlash 
kabi masalalar.
Ma`lumki, 2024 yilgacha hukumat O`zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni 
rivojlantirishning beshta asosiy yo`nalishini ajratib bergan. Bu normativ tartibga solish, kadrlar va ta`lim, 
texnik bilimlar va tadqiqotchilik vakolatlarini shakllantirish, axborot infratuzilmasi va axborot xavfsizligi.
Dasturni boshqarish uch darajada: strategik, tezkor va taktik darajada amalga oshiriladi.
Strategik darajada tizim raqamli iqtisodiyotning rivojlanish yo`nalishi, maqsad va rejalarini
tasdiqlaydi. Tezkor darajada amalga oshirishni boshqarish funktsiyalarini bajarish ta`minlanadi,
taktik darajada loyihalarnng amalga oshirilishi va rejalarning bajarilishi boshqarish ro`y beradi.
Davlat va jamiyat boshqaruvi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini joriy
etish mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlar va
o`zgarishlarni samarali amalga oshirishning muhim sharti hisoblanadi. Shu bilan birga, davlat
organlari va tashkilotlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, axborot
xavfsizligini ta`minlash tizimini takomillashtiri bo`yicha chora-tadbirlar ko`rilayotganiga karamasdan
«Elektron hukumat» tizimining joriy etilishi va samarali faoliyat ko`rsatishiga axborot sohasidagi
tahdidlarga qarshi kurashishga to`sqinlik qiluvchi qator muammolar saqlanib qolmoqda.
O`zbekistonda aqlli va xavfsiz shahar va mintaqalar texnologiyalarini joriy qilish bo`yicha
qator loyihalarni amalga oshirish, elektron hukumatni yanada rivojlantirish uch yillik strategiyasi 
ishlab chiqilgan. O`zbekistonda yaqin besh yil ichida dasturiy mahsulotlar eksporti hajmini 10 baravar 
oshirish va axborot texnologiyalari sektorining mamlakat YaIMdagi ulushini 4%gacha etkazish
ko`zda tutilgan. Shuningdek, O`zbekistonda uzoq muddatli istiqbolga axborot texnologiyalari va 
kommunikatsiyalarni rivojlantirish davlat dasturini ishlab chiqish boshlangan. Raqamli iqtisodiyotning 


mehnat bozori o`zgarishlariga ta`siri bilan bog`liq masalalar, ayniqsa, o`rtacha malakali sektorda, 
ta`lim va kadrlar tayyorlash, yoshlarning tabiiy fanlarga bo`lgan qiziqishini rag`batlantirish,
shuningdek, aholida raqamli ko`nikmalarni rivojlantirish uchun qulay ekotizim yaratish masalalarini 
o`z ichiga oladigan inson kapitalini rivojlantirish tizimini yanda takomillashtirish bo`yicha takliflar
ishlab chiqish muhim va maqsadga muvofiq. An`anaviy moliyaviy institutlar va innovatsion 
kompaniyalar o`rtasida moliya texnologiyalari sohasida integratsion hamkorlik maydonini birgalikda 
yaratish zarur.
O`zbekistonda AKT rivojlanishi 2013-2025 yillarga mo`ljallangan O`zbekiston Respublikasi
milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish Kompleksli dasturiga muvofiq amalga oshiriladi. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim
ustuvor yo`nalishlariga (O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori «Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish 
chora-tadbirlari to`g`risida»// Xalk so`zi, 2018 yil, 22 noyabr`) bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining 
kengaytirilgan majlisidagi ma`ruzasida qayd etganidek: «Bizning navbatdagi kechiktirib bo`lmaydigan
va istiqboldagi vazifamiz – «Elektron hukumat» tizimi samarali ishlashini ta`minlashdan iborat». 
Qo`yilgan vazifalarni hisobga olib, O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi va Jahon banki raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat
sohasida qo`shma loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirgan. Respublikamizda raqamli iqtisodiyot 
rivojlanishining hozirgi bosqichi shakllanish davri va rivojlanish dinamikasi yuqoriligi bilan
tavsiflanadi. O`zbekistonda AKT rivojlanishini bir necha bosqichda tavsiflash mumkin:
1.Rivojlanishning boshlang`ich bosqichi (2000-2005 yillar) – AKTni bosqichma-bosqich joriy 
qilish va davlat boshqaruvini yaxshilsh davri;
2.Ikkinchi bosqich (2005-2010 yillar) – asosiy qonunchilik-me`yoriy hujjatlar qabul qilish va 
AKTni hamma joyda joriy qilish davri;
3.Uchinchi bosqich (2010-2015 yillar) – davlat organlarida dasturiy mahsulotlar va ichki 
axborot tizimlarini faol joriy qilishni boshlash, axborot va ma`lumotnoma elektron xizmatlari taqdim etish 
davri;
4.To`rtinchi davr (2015-2021 yillar) – davlat boshqaruv strukturasini yanada takomillashtirish 
davri.
Yuqorida aytib aytib o`tilgan dastur doirasida 2017 yil zamonaviy texnologiyalar bo`yicha
240 km.dan ortiq keng polosali ulanish optik-tolali tarmoqlari qurilishi va zaxiralanishi amalga 
oshirildi. Xuddi shu yili aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 7131,4 mlrd so`mni tashkil qildi,
bu xizmatlar umumiy hajmining (98328,4 mlrd so`m) 7,8%ini tashkil qiladi.
Oxirgi besh yil ichida ko`rsatilayotgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 2 
baravardan ortiq o`sdi.



Yüklə 449,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə