Mavzu. EleKtron hukumat


Davlat organlari faoliyati samaradorligi, tezkorligi va shaffofligini ta`minlashda elektron



Yüklə 449,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix19.12.2023
ölçüsü449,53 Kb.
#151762
1   2   3
15-mavzu maruza

2. Davlat organlari faoliyati samaradorligi, tezkorligi va shaffofligini ta`minlashda elektron 
hukumatning o`rni 
Komp`yuterlashtirish, internet davrida moslashuv, ITTKI va institutsional-huquqiy islohotlar
chuqurlashuvi, shuningdek, AKT sanoati asosiy fondlarga va AKT asosida potentsial yuqori
qo`shilgan qiymatli xizmatlarning yangi turlari ishlab chiqishga investitsiyalar ortishi quyidagi 
keltirilgan dastur ustuvorliklari doirasida qo`yilgan vazifalarda o`z aksini topadi.
Milliy ko`lamda axborotlashtirishga ko`maklashish uchun quyidagilar ko`zda tutilgan:
aholini uzluksiz o`qitish tizimini tashkil qilish negizida AKTdan foydalanish ko`nikmalarini 
rivojlantirish, elektron bandlik sxemalari yo`lga qo`yish va virtual ish o`rinlari yaratish;
sanoat ishlab chiqarishining barcha tarmoqlariga AKT joriy qilish vositasida sanoatni
axborotlashtirishga ko`maklashish, onlayn logistika va elektron to`lovlar tizimini takomillashtirish,
virtual arbitraj, «V2V» elektron tijoratni rivojlantirish, onlayn-biznes uchun xavfsiz muhit yaratish;
onlayn taqdim etiladigan davlat xizmatlari sifatini oshirish va assortimentini kengaytirish
asosida davlat sektorini axborotlashtirishga ko`maklashish;
davlat boshqaruvida axborotlashtirish bilan bog`liq yangiliklar kiritishga ko`maklashish.
AKT infratuzilmasini texnik qayta jihozlash quyidagilarga asoslanadi:
amaldagi qonunchilikni «bilimlar jamiyati» voqeliklariga moslashtirish, eng avvalo, dasturiy 
ta`minot va raqamli texnologiyalar sohasida;
yuqori tezlikdagi telekommunikatsiya tarmoqlarini qayta jihozlash va yangi avlod intenet 
texnologiyalarini rivojlantirish;
AKT-Sanoatsi rivojlanishini jadallashtirish, jumladan, strategik maqsadli mahsulotlar
negizida uning raqobatbardoshligini oshirish, ITTKI chuqurlashtirish va axborot biznesiga venchurli
kapital kirib borishiga ko`maklashish.
Global axborot makonida xalqaro hamkorlikni faollashtirish bo`yicha faoliyat quyidagilar 
vositasida amalga oshiriladi:
O`zbekiston Respublikasi mintaqada ishbilarmonlik axborotlari xabi sifatida shakllanishi;
O`zbekiston Respublikasi AKT sohasida xalqaro tashabbuschi sifatida joylashuvi;
jahon bozorida milliy AKT-kompaniyalar pozitsiyalarini kuchaytirishga ko`maklashish.
«IT 839» qator asosiy elementlari bo`yicha biznes-modellar – mijozlarni WiBro bo`yicha jalb
qilish sxemasi moliyaviy jihatdan etarli darajada o`ylab chiqilmagan bo`lib chiqdi, raqamli
ofrmatda mul`timedia uzatish bo`yicha esa – umuman ifodalab bo`lmadi. «IT 839» tufayli bu sohada 
raqobatli ustunliklar mavjud bo`lgan sohalardagi nou-xau bo`yicha, yo`nalishlar bo`yicha
tadqiqotlarni qo`llab-quvvatlashni davom ettirish yo`nalishiga amal qilib, strategiya birinchi o`ringa 20
turdagi texnologiyalarga asoslangan, shartli ravishda guruhlarga ajratilgan mahsulotlar sotishni qo`ydi:
strategik AKT-loyihalari: raqamli formatda mul`timedia uzatish, simsiz keng polosali internet, 
elektron hukumat;
flagman-tarmoqlar mahsuloti: yarimo`tkazgichlar, displeylar, simsiz kommunikatsiyalar;


bozor salohiyati katta bo`lgan istiqbolli AKT mahsulotlari:
radiochastotali identifikatorlar, rbotlar, AKT tarmoqlari, dasturiy ta`minot, elektron sog`liqni
saqlash, svetodiodlar, xavfsizlikni ta`minlash bo`yicha qarorlar.
Strategiya 2015 yilga qadar amalga oshirilgan, so`ngra chora-tadbirlar majmui bilan
almashtirilgan va mahsulotlar avvalgidek ustuvor bo`lib qolavergan.
Bu maqsadda ishlab chiqilgan «Elektron hukumat tashkil qilish tamoyillari va milliy
qarashlari» va ularning darajasida detallashtiriladigan muayyan amaliy harakatlarni ko`zda tutilgan
fundamental strukturali o`zgarishlar asosiy mexanizmlari sifatida tematik yo`nalishlar bo`yicha 31 ta 
ixtisoslashgan loyihani amalga oshirish vositasida to`rtta sohada innovatsion o`zgarishlar belgilab berildi.
1-jadval
O`zbekiston Respublikasida elektron hukumat shakllantirishning asosiy yo`nalishlari
Blok
Blok doirasidagi vazifalar 
Loyihalar blok doirasida belgilangan maqsadlarga 
erishish vositalari sifatida 
Davlat organlari ish 
usullarida 
innovatsiyalar 
Davlat onlayn xizmatlarini 
shakllantirish 
raqamli texnologiyalar asosida hujjatlar
aylanmasi va on-layn qayta ishlash
milliy va mintaqaviy darajada moliyaviy axborot
tizimini integratsiyalash
mahalliy darajada elektron hukumat 
shakllantirish (shahar, viloyat, tuman 
ma`muriyatini axborotlashtirish)
elektron onlayn audit tizimi
elektron milliy assambleya tizimi
jinoiy adliya integratsiyalashgan tizimi
kadrlar boshqaruvini axborotlashtirish
elektron diplomatiya (TIV axborot tizimi)
real vaqt rejimida milliy loyihalarni boshqarish 
tizimi
ma`muriy axborot elektron almashinishni kengaytirish
onlayn jarayonlar servis
yo`nalishini kuchaytirish
ishbilarmonlik axborotlari taqdim etish modelini 
ishlab chiqish 
Davlat 
xizmatlari 
sohasida 
innovatsiyalar 
Fuqarolarga xizmat 
ko`rsatish ilg`or tizimini 
shakllantirish 
Internet vositasida fuqarolarga elektron xizmat
ko`rsatish sifatini oshirish va doirasini 
kengaytirish
Milliy miqyosda haloqatlarni boshqarish bo`yicha 
xizmatlarni integratsiyalash
Me`morchilik va qurilish, er resurslari, kadastr va 
ko`chmas mulk sohasida axborot tizimini 
integratsiyalash va kengaytirish
Soliqqa tortish sohasida xizmat ko`rsatish 
tizimini kengaytirish
Pensiya ta`minoti integratsiyalashgan milliy 
axborot tizimi yaratish
Oziq-ovqat va tibbiy vositalar bilan ta`minlash
masalalari bo`yicha integratsiyalashgan axborot
tizimi yaratish
Bandlik masalalari bo`yicha integratsiyalashgan
axborot tizimi yaratish
Ma`muriy jarimalar onlayn tizimi
Xo`jalik yurituvchi 
«yagona darcha» tamoyili bo`yicha tadbirkorlik


sub`ektlarga xizmat 
ko`rsatish ilg`or tizimini 
shakllantirish 
faoliyatini qo`llab-quvvatlash xizmatlari ko`rsatish
Logistika tizimida milliy axborot tizimi 
integratsiyalashgan yaratish
Elektron tijorat va savdoga onlayn xizmat 
ko`rsatish
Xorijiy fuqarolarga elektron ma`muriy xizmat
ko`rsatish tizimini yaratish
Elektron hukumatning texnologik qarorlari 
eksportiga ko`maklashish 
Fuqarolarning davlat
boshqaruvida elektron 
ishtirokini kengaytirish 
Elektron hukumat xizmatlaridan kengroq 
foydalanishga ko`maklashish, ochib beriladigan
onlayn axborot hajmini kengaytirish, elektron
saylov va ovoz berish tizimlarini joriy qilish
fuqarolarning elektron hukumat faoliyatida va
davlat organlari qaror qabul qilishida ishtirok 
etishi 
Axborot resurslarini 
boshqarish sohasida 
innovatsiyalar 
Axborot resurslarini 
integratsiyalash va 
axborotlashtirish 
Idoralararo Milliy axborot resurslari va
komp`yuterlashtirish ma`muriyati shakllantirish
Elektron hukumat AKT-infratuzilmasini 
mustahkamlash
Barcha davlat instantsiyalarini qamrab oladigan 
AKT infratuzilmasi yaratish
Axborot xavfsizligini 
mustahkamlash 
Axborot xavfsizligi tizimlari shakllantirish 
AKT-tuzilmalar 
ixtisoslashuvini 
rag`batlantirish 
AKT-sanoatida band bo`lgan personalning u
yoki bu yo`nalish bo`yicha ixtisoslashuvini 
chuqurlashtirish 
Qonunchilik tizimida 
innovatsiyalar 
Elektron hukumat instituti faoliyatini tashkil qilishni hisobga olgan holda 
me`yoriy-huquqiy hujjatlarni qayta ko`rib chiqish 
Bu amaliyotda elektron hukumatni tashkil qiladigan asosiy bloklar bo`yicha sanab o`tilgan 11 ta 
tashabbusni qabul qilishda o`z ifodasini topadi, chunonchi:
G2C – davlatning aholi va xorijiy rezidentlar bilan quyidagi tizimlar
yaratish ko`rinishida o`zaro aloqa qilishi:
bachar intantsiyalar tomonidan jismoniy shaxslarning so`rovlari va murojaatlarini qayta
ishlash uchun mo`ljallangan «G4C» fuqarolarga davlat elektron xizmatalari ko`rsatish;
ro`yxatga olish va hisobga olish davlat xizmat turlarini ko`rsatishda axborot almashinish;
ijtimoiy sug`urta sohasida axborot almashinish;
soliq ma`muriyatchiligi
G2B – davlat strukturalarining davlat xaridlari elektron tizimi yaratish doirasida xo`jalik yurituvchi 
sub`ektlar bilan o`zaro aloqalarida
G2G – quyidagilar yaratish yo`li bilan davlat ma`muriyatchiligi samaradorligini oshirish
maqsadida «d-Brain» turli davla strukturalari o`rtasida o`zaro aloqalar va axborot almashinish:
a) byudjetni rejalashtirish va mablag`larni taqsimlash, maxsus idoralararo ma`lumotlar
to`plami va komp`yuter tarmog`i vositasida turli instantsiyalar o`rtasida o`zaro hisob-kitoblarni 
qamrab oladigan moliya sektorida milliy axborot tizimi;


b) maktablar, kollejlar, OTMlar, OO`MTV va XTVga hisob beradigan davlat tartibga solish
organlari hujjatlarini elektron kanallar bo`yicha foydalanish va ulanish uchun ta`lim sohasida milliy 
axborot tizimi;
v) mahalliy ma`muriyatlar tasarrufida bo`lgan 21 turdagi davlat xizmatlari bo`yicha 
mintaqaviy hukumat organlari axborot tizimlari;
g) ishga yollash, kar`era pillapoyasi bo`ylab harakatlantirish, davlat sektorida band
bo`lganlarga tovon to`lashni qamrab oladigan kadrlar siyosatini qo`llab-quvvatlash tizimi.
ITA (informationtechnology architecture) – quyidagilar negizida elektron hukumat AKT 
infratuzilmasini shakllantirish:
a) davlat instantsiyalari o`rtasida elektron hujjatlar aylanmasi ko`lamini kengaytirish;
b) elektron ma`muriyatchilik tizimi faoliyat ko`rsatishini ta`minlash uchun elektron imzo va 
elektron muhr qo`llashni kengaytirish;
v) davlat organlarini maxsus axborot makoniga birlashtiradigan integratsiyalashgan komp`yuter 
tarmog`i yaratish.
Iqtisodiy agentlarga ko`rsatiladigan xizmatlar doirasi va o`zaro aloqalar samaradorligi quyidagi 
tavsifnomalarga ega bo`ladi:
kundalik faoliyatida innovatsiyalarga asoslanadiganaxb tarmoqlari negizida qo`shilgan 
qiymat yaratadigan «tarmoq hukumati»;
ma`muriyatchilik samaradorligi va shaffofligi yuqori va faoliyat ko`rsatish samaradorligi 
maksimal bo`lgan holda «bilimlar hukumati»;
davlat va aholi o`rtasida qaytuvchan goroizontal aloqa kanallari va axborot almashinishga 
asoslangan fuqarolarning qaror qabul qilish jarayonida ishtiroki yuqori bo`lgan holda «ishtirok etish 
hukumati».
Kelajak elektron hukumatiga bunday qarash tematik harakatlar yig`indisi, shuningdek, amaliyotda
rejalashtirilgan maqsadlarga erishish vositalari sifatida chora-tadbirlarning har birini belgilab beradi.
Birinchi vazifa – mobil servisga asoslangan, ilg`or xizmatlar mos ravishda rivojlangan,
infratuzilma texnologiyalari va ma`muriyatchilik sifatini oshirish bilan birga dunyoda eng yaxshi 
elektron hukumat shakllantirish.
a) mobil telefon orqali ulanish mumkin bo`lgan elektron hukumat o`ziga xos xizmatlarini
amaliyotga keng tatbiq etishga ko`maklashish, buning uchun mobil kommunikatsiyalarga onlayn
ma`muriyatchilik xizmatlarini taqdim etish texnologiyalarini o`tkazish amalga oshiriladi; elektron
kelishuvlarni «yo`lda» olish va biznesga yordam ko`rsatishni «joyidan jilmasdan» amalga oshirish 
imkonini beradigan mobil ma`muriyatchilik ish muhitini shakllantirish;
b) onlayn ma`muriy xizmatlar ko`rsatishga davlat strukturalarini tayyorlash va mobil servis 
negizida idoralararo AKT milliy tarmog`ini tashkil qilish, yuqori tezlikdagi keng polosali simsiz
internet kiber-xavfsiz texnologiyalari bilan qamrab olish darajasini oshirishning asosida davlat 
instantsiyalari mobil servisi umumiy infratuzilmasini kengaytirish;


v) xususiy sektorda qo`shimcha qo`shilgan qiymat yaratish, bu axborot portallaridan kanallar
bo`yicha davlat strukturalariga ma`lumotlar taqdim etish, samarai monitoring tashkil qilish va mos
keluvchi materiallarda xatoliklarni kamytirgan holda ma`muriy organlarning axborot ochib berish 
hajmini oshirishi bilan bog`liq.
Ikkinchi vazifa – quyidagilar uchun jamiyat barqarorligining asoslarini yaratish, aholini
himoya qilish va salbiy tabiiy, texnogen va ijtimoiy xarakterdagi hodisallar oqibatlarini intellektual
AKT qo`llash vositasida minimallashtirish:
a) real vaqt rejimida jamoatchilik xavfsizligi uchun intellektual xizmatlar taqdim etish, eng
avvalo, zaif guruhlar vakillari jinoyatiga tezkor javob qaytarish va ularning oldini olish tizimini tashkil 
qilish yo`li bilan;
b) oziq-ovqat xavfsizligi va oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy vositalar bilan uzluksiz ta`minlash
tizimi, qoramol kasallanishining oldini olish tizimini tashkil qilish;
v) foydalanuvchilar ehtiyojlariga yo`naltirilgan milliy ilg`or ijtimoiy ta`minot tizimi asoslarini
shakllantirish va mustahkamlash, bu turli idoralarning mos keluvchi ma`lumotlar to`plamlarini
integratsiyalashni ko`zda tutadi.
Uchinchi vazifa – mohiyatan, jamiyatda qabul qilingan «tirishqoqlik bilan tinmay ishlash» mehnat
axloqini «bo`lib utrgan vaqt va joy bo`yicha samarali ishlash»ga almashtirishni ifodalaydigan
ishchi kuchi va bo`sh vaqt o`rtasida optimal balans ta`minlaydigan mehnat faoliyatini oqilona tashkil 
qilish, bu quyidagilar bilan bog`liq:
a) iqtisodiyotda mehnatni tashkil qilish usullariga uyali aloqa va videokonferentsiya joriy
qilgan holda intellektual ish joylariga ega bo`lgan ofislar sonini oshirgan holda AKTga asoslangan
mehnat faoliyatini tashkil qilish va kengaytirish
b) mehnat faoliyatini intellektual tashkil qilishning asoslarini ishlab chiqish, uni davlat 
muassasalari va xususiy sektor amaliyotiga keng joriy qilish, mos keluvchi me`yoriy-huquqiy asoslar 
yaratish
v) ma`muriyatchilik tizimi asoslarini bilishga asoslangan holda tashkil qilish, bu turli davlat 
instantsiyalari qalin hamkorligini rag`batlantirish va axborotlardan idoralararo foydalanish tizimini
shakllantirish, shuningdek, intellektual AKT negizida yangi va ilg`or xizmatlar turlarini ishlab chiqish va 
kommunikatsiya vositalari turli texnologik platformalarini raqamli konvergentsiyaga qilishga 
asoslanadi
To`rtincha vazifa – fuqarolar va hukumat organlarining o`zaro aloqalarini jadallashtirish va 
ko`lamini kengaytirish asosida ham, yuridik va jismoniy shaxslar uchun davlat xizmatlarini kompleksli
keng qamrovli paketlarini shakllantirish vositasida ham har bir alohida mijozning talablariga 
muvofiq ishlab chiqilgan individuallashtirilgan xizmatlar taqdim etish. Bu maqsadda mos keluvchi 
ketma-ketlikda quyidagilar amalga oshiriladi:
a)mamlakat byudjeti va davlat siyosatining asosiy yo`nalishlari bo`yicha ma`lumotlar taqdim
etish, aloqa qilish kanallari sifatida ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirish;


b)individual xizmatlar buyurtmalari bo`yicha diversifikatsiya va ulardan paketlar
shakllantirish, onlayn xizmatlar sifatini oshirish, fuqarolarning elektron hukumat xizmatlariga 
murojaatini rag`batlantirish;
v) «yagona darcha» tamoyili bo`yicha biznes uchun onlayn xizmatlarni ishlab chiqishni davom 
ettirish, jahon transport-logistika va savdo tarmoqlari bilan o`zaro aloqalarni kuchaytirish.
Beshinchi vazifa – ko`rsatilayotgan xizmatlar uzluksizligi va ishonchliligi ta`minlaydigan
elektron hukumat infratuzilmasini mustahkamlash va kengaytirish, bu quyidagilardan kelib chiqadi:
a) elektron hukumat institutlari uchun xizmatlarni universallashtirish, eng avvalo, ularning veb-
resurslarini standartlashtirish va aholining zaif qatlamlari uchun ochiqligini oshirish ko`rinishida qulay 
sharoitlar yaratish;
b) «bulut» AKT asosida milliy axborot resusrlarini samarali safarbar etish va ulardan 
foydalanishning umumiy idoralararo tizimi yaratish v) AKT yangi muhiti sharoitlarida, chunonchi, 
smartfonlar keng tarqalgan va maxfiy axborotlar himoyasi kuchaytirilgan sharoitlarda kiberhujumlarga 
zudlik bilan javob qaytarish
g) elektron hukumat texnologik qarorlari hajmini oshirish va ularni ishlab chiqishning 
intellektual bazasini kengaytirish d) davlat sektori sub`ektlari uchun AKT ishonchli va barqaror ekotizimi 
yaratish va davlat muassasalarini axborotlashtirish loyihasini amalga oshirishni davom ettirish.
Mos keluvchi vazifalar bo`yicha miqdoriy yo`nalishlar etib quyidagilar belgilangan:
elektron hukumat institutlarini rivojlantirish darajasi BMT reytingida etakchi pozitsiyalarni 
saqlash;
mobil servis uchun elektron hukumat xizmatlari 100% ochiqligi;
elektron hukumat xizmatlaridan foydalanish ko`rsatkichining 61%dan 70%gacha o`sishi;
davlat strukturasi ish samaradorligi darajasi bo`yicha 26-o`rindan 10-o`ringa chiqish
fuqarolar va tadbirkorlarning elektron hukumat xizmatlaridan qoniqqanlik darajasini 63Dan 
75 foizgacha oshirish;
davlat xizmatlarining 30%ini «bulut AKT» asosiga o`tkazish;
davlat strukturalari xususiy tashkilotlarga ko`rsatadigan xizmatlarni 14,8%dan 90%gacha 
oshirish;
raqamli uzilish» darajasini 30,3%dan 20 %gacha qisqartirish;
mehnatni intellektual tashkil qilish negizida ishlaydigan xodimlar
sonini 4,7%dan 30%gacha oshirish.

Yüklə 449,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə