Kompyuter injineringi



Yüklə 95,93 Kb.
səhifə1/14
tarix19.10.2023
ölçüsü95,93 Kb.
#128178
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
AXBOROT SOHASIDA MILLIY XAVFSIZLIK {Axmatova Feruza} (1)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON AXBOROT TEXNOLOGIYALARI TEXNIKUMI

“KOMPYUTER INJINERINGI ” ta’lim yo’nalishi bo’yicha


"O’RTA MAXSUS” darajasini olish uchun
Axmatova Feruza ning
<>
mavzusida yozgan




Ilmiy rahbar: o’q. O.Qodirjonov
Himoyaga tavsiya etildi
KIF FAKULTETI O’QITUVCHISI
____________ prof. O.Qodirjonov
“___” ________________ 2023-y.


ANDIJON 2023-yil

MUNDARIJA


Kirish 2
I bob. AXBOROT XAFSIZLIGI VA AXBOROTNI MUHOFAZA QILISH. 4
1.1.Axborot xafsizligi, axborot xafsizligiga tahdid va uning turlari. 4
1.2.Bugungi kunda axborot xavfsizligining dolzarb ahamiyat kasb etishi. 13
1.3.Axborot xavfsizligi: milliy qonunchilik va xalqaro standartlar. 23
II bob. AXBOROT SOHASIDA MILLIY XAVFSIZLIK MASALALARI. 33
2.1. Axborot xafsizligi siyosati va axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi. 33
2.2. Axborotni muhofaza qilish sohasida litsenziyalash va sertifikatsiyalash. 45
2.3.Axborot xavfsizligi sohasida milliy xavfsizlikni ta`minlashda milliy g`oyaning ustivorligi. 51
XULOSA 59
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 60
Foydalanilgan adabiyotlar: 62





Kirish


Mavzuning dolzarbligi. XXI asr kishilik jamiyatining taraqqiyoti inson faoliyatining turli jabhalarida bevosita axborot ishlab chiqarish, uni iste‘mol qilish va jamlash sur‘atlarining o’sishi bilan bevosita bog‘liq. Sababi, axborot kishilik jamiyatnining muhim resurslaridan hisoblanadi. Ijtimoiy taraqqiyotda axborot strategik muhim ahamiyatga ega bo’lgan hom-ashyo va energiya bilan tenglashtirilmoqda. Ma‘lumki, dunyo miqyosida milliy mahsulotning 70% i axborot tizimlarida saqlanayotgan axborot ko’lami bilan bog‘liqdir. Keyingi o’n yil ichida biz axborot texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanib, hayotning barcha jabhalariga, ayniqsa, ishlab chiqarishning turli sohalariga joriy etilishining guvohi bo’ldik. Rivojlangan davlatlarda ko’pchilik faoliyat ko’rsatayotgan xodimlar ishlab chiqarish sohasida emas, balki u yoki bu darajada axborotni qayta ishlash bilan banddirlar. Bugungi kunda har bir xodim, mutaxassis, talaba o’z faoliyatini axborot texnologiyalarisiz tasavvur qila olmaydi. Ular o’zlarining qimmatli vaqtlarini kompyuter oldida o’tkazib, mashaqqatli mehnat evaziga yaratilgan bebaho axborotlarini saqlashni «aqlli mashinalarga» ishonib, ularning yo’q qilinishi, buzilishi yoki o’g‘irlanishi haqida o’ylamay, tavakkalchilikka yo’l qo’yadilar. Bunday qimmatli axborotlarni saqlash, ularning xavfsizligini ta‘minlash uchun qoidalar, tamoyillar, vositalar, usullarni bilish va ustalik bilan joriy etish zarur bo’ladi. Nafaqat qimmatli axborotlar xavfsizligini ta‘minlash, balki axborot tizimlari va ularning infrastrukturasi xavfsizligini ta‘minlash ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Insonning butun hayoti axborotni qabul qilish, saqlash va qayta ishlash bilan bog‘langan. Umuman olganda, inson bilimi ham to’plangan va tartiblangan axborotdir. Ammo inson miyasi nechog‘li mukammal bo’lmasin, juda katta miqdordagi axborotning hammasini xotirasida saqlay olmaydi va avloddan- avlodga hech bir o’zgarishsiz uzatib bermaydi. Shu tariqa axborotlarni saqlab,eslab turadigan texnik vositalarga zaruriyat tug‘ildi. Bundan tashqari, axborot har bir millatning boyligi hisoblanadi, shu sababli uni shunday saqlash lozimki, undan kerakli vaqtda kerakli hajmda foydalanish mumkin bo’lsin. Shundagina uning bahosi beqiyos bo’ladi.

Yüklə 95,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə