Kompyuter injineringi


II bob. AXBOROT SOHASIDA MILLIY XAVFSIZLIK MASALALARI



Yüklə 95,93 Kb.
səhifə6/14
tarix19.10.2023
ölçüsü95,93 Kb.
#128178
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
AXBOROT SOHASIDA MILLIY XAVFSIZLIK {Axmatova Feruza} (1)

II bob. AXBOROT SOHASIDA MILLIY XAVFSIZLIK MASALALARI.


2.1. Axborot xafsizligi siyosati va axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi.


Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi axborotni himoyalovchi texnikani qo’llaydigan idoralar va ijro etuvchilar hamda himoya obyektlari majmuini ifodalaydi. Bu tizim axborotni muhofaza qilish sohasidagi huquqiy, tashkiliy-boshqaruv va me‘yoriy hujjatlarga muvofiq tashkil etiladi va faoliyat yuritadi. Shu bilan birga mamlakat milliy xavfsizligini ta‘minlash tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va davlat xavfsizligini axborot sohasidagi ichki va tashqi tahdidlardan himoyalashga yo’naltirilgan. Har qanday davlatning axborot resurslari uning iqtisodiy va harbiy salohiyatini belgilovchi omillardan biri hisoblanadi. Ushbu resursdan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligi va demokratik axborotlashgan jamiyatning muvaffaqiyatli shakllantirilishini ta‘minlaydi. Mamlakatimizda axborotlashtirish sohasiga oid qator normativ- huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqdaki, ulardan asosiy maqsad axborotlarni tezkorlik bilan qabul qilish, qayta ishlash, uzatish va saqlash texnologiyalaridan jamiyatimizning turli jabhalarida, jumladan, huquqni muhofaza qilish organlarining barcha xizmat yo’nalishlarida keng miqyosda foydalanishni
takomillashtirishga qaratilgan.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining taraqqiyoti ko’pgina mamlakatlarda sanoat shpionaji, kompyuter jinoyatchiligi, konfidensial ma‘lumotlarga ruxsatsiz kirish, o’zgartirish, yo’qotish kabi salbiy hodisalar bilan birgalikda kuzatilmoqda. Kompyuter jinoyatchiligi rivojlangan davlatlar iqtisodiyotining haqiqiy kushandasiga aylandi. Masalan, Buyuk Britaniya firma va tashkilotlarining 90 foizi elektron qaroqchilikning ob‘ektiga aylangan yoki uning xavfi ostida turibdi. Gollandiyada turli tashkilotlarning 20 foizi kompyuter jinoyatchiligi qurboniga aylangan. Germaniyada kompyuter yordamida yiliga 4 milliard marka, Fransiyada esa 1 milliard frank o’g’irlanadi. Mutaxassislar bu turdagi jinoyatlarning yuqori latentlikka egaligini ta‘kidlashmoqda, ya‘ni 85 foiz holatda kompyuter jinoyatchiligi ochilmay qoladi. Holat yana shu bilan chuqurlashmoqdaki, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o’zi ham jinoyatchilarning e‘tiboridagi ob‘ektga aylanib qolmoqda. Shu sababli, o’zlariga tegishli axborotni himoya qilish huquqni muhofaza qilish organlarining bugungi kundagi dolzarb vazifasi bo’lib qolyapti. Axborot xavfsizligini ta‘minlash muammosi qonunchilik, tashkiliy va dasturiy-texnik choralar yordamida yechimini topuvchi kompleks xarakterga ega. Shuning uchun axborotni muhofaza qilish har qanday mamlakatda muhim davlat vazifasi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 16-sentyabrdagi "O’zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi huzuridagi "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta‘minlash markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarori bilan yuqorida nomlari keltirilgan markazlar tashkil etildi va faoliyati yo’lga qo’yildi. Axborotni muhofaza qilish axborotni ixtiyoriy ko’rinishda yo’qotishda (o’g’irlash, buzish, qalbakilashtirish) ko’riladigan zararning oldini olishni ta‘minlashi lozim. Axborotni muhofaza qilish choralari axborot xavfsizligiga oid amaldagi qonun va me‘yoriy hujjatlar asosida va axborotdan foydalanuvchilarning manfaatlariga ko‗ra tashkil etilishi zarur. Yuqori darajada axborotni muhofaza qilishni kafolatlash uchun muntazam ravishda murakkab ilmiy-texnik vazifalarni hal etish va himoya vositalarini takomillashtirish talab etiladi.
Bugungi kunda axborot xavfsizligini ta‘minlaydigan uchta asosiy tamoyi(ma‘lumotlar butunligi, axborotning konfidensialligi va foydalanish huquqlariga ega barcha foydalanuvchilar axborotdan foydalana olishlari) bilan bir qatorda ayrim faoliyat sohalari (huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va maxsus tuzilmalar, bank va moliya institutlari, axborot tarmoqlari, davlat boshqaruv tizimlari) ularda ko’riladigan masalalarning muhimligi va xarakteriga ko’ra, ularning axborot tizimlari faoliyati ishonchliligiga nisbatan yuqori talablar va xavfsizlik bo’yicha maxsus choralar ko’rilishini talab etadi. Axborotni muhofaza qilishning samaradorligi uning o’z vaqtidaligi, faolligi, uzluksizligi va kompleksligi bilan belgilanadi. Himoya tadbirlarini kompleks tarzda o’tkazish axborot tarqab ketishi mumkin bo’lgan xavfli kanallarni yo’q qilishni ta’minlaydi. Vaholanki, birgina ochiq qolgan axborotning tarqab ketish kanali butun himoya tizimining samaradorligini keskin kamaytirib yuboradi. Axborot hisoblash tizimlarida axborot xavfsizligini ta‘minlash nuqtai nazaridan o’zaro bog’liq bo’lgan uchta tashkil etuvchi (axborot; texnik va dasturiy vositalar; xizmat ko’rsatuvchi personal va foydalanuvchilar)ga e‘tibor qaratiladi. Axborotni muhofaza qilish tamoyillarini uch guruhga bo’lish mumkin: huquqiy, tashkiliy hamda texnik razvedkadan himoyalanishda va hisoblash texnikasi vositalarida axborotga ishlov berishda axborotni muhofaza qilishdan foydalanish. Axborotni muhofaza qilish tizimlaridan foydalanish amaliyoti shuni ko’rsatmoqdaki, faqatgina kompleks axborotni muhofaza qilish tizimlari samarali bo’lishi mumkin. Axborotlarni muhofaza qilishda foydalaniluvchi asosiy usullar bilan bir qatorda axborotlarni ma‘naviy-ma‘rifiy himoyalash usuli juda muhim rol o’ynaydi. Aynan inson, u korxona yoki tashkilot xodimi, maxfiy ma‘lumotlardan voqif bo’lib, o’z xotirasida ko’plab ma‘lumotlarni jamlaydi va ba‘zi hollarda axborot chiqib ketishi manbaiga aylanishi mumkin hamda uning aybi bilan o’zgalar ushbu axborotga noqonuniy ega bo’ladilar. Axborotlarni ma‘naviy-ma‘rifiy himoyalash usulida xodimni tarbiyalash, u bilan ma‘lum sifatlarni, qarashlarni shakllantirishga yo’naltirilgan maxsus ishlarni olib borish (vatanparvarlik, axborotni muhofaza qilish uning shaxsan o’zi uchun ham qanday ahamiyat kasb etishini tushuntirish) hamda xodimni axborotni muhofaza qilish qoidalari va usullariga o’rgatish, konfidensial axborot tashuvchilar bilan amaliy ishlash ko’nikmalarini shakllantirish lozim. Jinoyatlarning oldini olishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari turli ko’rinish va mazmundagi axborotlarni yaratish, tahrir qilish, yig’ish, tarmoqda ma‘lumotlarni uzatish, qabul qilish va ishonchli muhofaza qilish kabi vazifalarni bajarish uchun talab darajasidagi nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lishlari lozim. Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi axborotni muhofaza qilish sohasida tashkilotlar faoliyatini litsenziyalash tizimini, axborotni muhofaza qilish vositalarini sertifikatsiyasini va axborot xavfsizligi talablari bo’yicha axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyasini, kadrlarni tayyorlash, maxsus aloqa tizimlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkillashtirish tizimlarini o’z ichiga oluvchi murakkab tizimdir.
Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi ish yuritishi quyidagi qonun, me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi:

  • O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;

  • «Davlat sirlarini saqlash to’g’risida»gi qonun;

  • «Axborotlashtirish to’g’risida»gi qonun;

  • «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida»gi qonun;

  • «Faoliyat ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risida»gi qonun;

  • «Standartlashtirish to’g’risida»gi qonun;

  • «Aloqa to’g’risida»gi qonun;

  • «Telekommunikatsiyalar to’g’risida»gi qonun;

  • «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida»gi qonun;

  • «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida»gi qonun

  • «Elektron hujjat aylanishi to’g’risida»gi qonun;

  • «Elektron raqamli imzo to’g’risida»gi qonun;

  • «Elektron tijorat to’g’risida»gi qonun;

  • O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari;

  • O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;

  • Axborotni muhofaza qilish sohasidagi vazirlik, muassasa, agentlik va xo’jaliklarning boshqa huquqiy aktlari.

O’zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida»gi qonunida axborotni muhofaza qilish bo’yicha quyidagi ta‘rif keltirilgan:

Yüklə 95,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə