Yoqubov Ma’rufjon Maxzu: Raqamli iqtisodiyot infratuzilmasi Reja: I. Kirish II. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi, maqsadi va vazifalari III. Raqamli iqtisodiyot infratuzilmasi IV. Xulosa



Yüklə 295,11 Kb.
səhifə1/3
tarix28.03.2023
ölçüsü295,11 Kb.
#103343
  1   2   3
Yoqubov Ma’rufjon Maxzu Raqamli iqtisodiyot infratuzilmasi Reja


Yoqubov Ma’rufjon
Maxzu: Raqamli iqtisodiyot infratuzilmasi
Reja:
I.Kirish
II.Raqamli iqtisodiyot tushunchasi, maqsadi va vazifalari
III.Raqamli iqtisodiyot infratuzilmasi
IV.Xulosa
V.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
I.Hozirgi davrda raqamli iqtisodiyot va u bilan bog’liq bo’lgan bir qancha samarador texnologiyalar hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Huddi shuning uchun ham davlat va jamiyat taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida respublikamiz rahbariyati bir qancha muhim qarorlarni qabul qildi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi prezidenti 2018 yil 28 dekabrdagi 2019 yil uchun eng muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham mamlakatimizda raqamli iqtisodning rivojlanishi bo’yicha quyidagilarni aytib o’tdi: “Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilanishini ko’zda tutadigan “Raqamli iqtisodiyot milliy kontseptsitasi”ni ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda “Raqamli O’zbekiston-2030” dasturini hayotga tadbiq etishimiz zarur. Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga o’stirish, korruptsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli halqaro tashkilotlar o’tkazgan tahlillar ham buni tasdiqlamoqda.Shuning uchun Hukumatga ikki oy muddatda raqamli iqtisodiyotga o’tish bo’yicha “yo’l haritasi”ni ishlab chiqish topshiriladi. Bu borada axborot havfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur”. Undan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349 sonli “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonini ijro etish borasida1, shuningdek, respublikamizda raqamli iqtisodiyotni davlat boshqaruv tizimida zamonaviy axborot texnologiyalarni jadal rivojlantirish bo’yicha sharoitlar yaratish, shunigdek, axborot havfsizligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 31 avgustda raqamli iqtisodiyotning maqsad va vazifalarini belgilab beradigan “O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va yanada rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” Qaror qabul qildi, hamda O’zR Prezidentining PQ-3832 03.07.2018 dagi “O’zbekiston Resbublikasida raqamli iqtisodni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlarini ham shu tadbirlar jumlasiga kiritish mumkin. Ushbu qaror bo’yicha quyidagilar raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish bo’yicha eng muhim vazifalar deb ko’rsatilgan:
Investitsiya va tadbirkorlikni diversifikatsiya qilish uchun kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan, mayining, smart kontrakt, konsalting, emissiya, ayriboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug’urtalash, kraud-funding (jamoaviy moliyalashtirish), shuningdek, blokcheyn texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish.
1.Blokcheyn texnologiyalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish sohasida amaliy ish ko’nikmalariga ega bo’lgan malakali kadrlarni tayyorlash.
2.Raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlarining yaqin hamkorligini ta’minlash.
3.Kriptoaktivlar bo’yicha faoliyat va blokcheyn texnologiyalari sohasida halqaro va horijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko’rsatadigan yuqori malakali horijlik mutahassislarni jalb qilish.
4.Horij tajribasini hisobga olgan holda blokchetn texnologiyalarini joriy etish uchun huquqiy baza yaratish.

Yuqoridagi farmon va qarorlarning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun raqamli iqtisodiyotning mohiyati nima va uning asosiy tishunchali nimalardan iboratligi pishiq-puhta bilib olish talab qilinadi. Ushbu qiziqarli va jozibali raqamli iqtisodiyot sohasiga sayohatimizni boshlashdan avval axborotlashgan jamiyat va u bilan uzviy bog’liq bo’lgan bir qancha asosiy tushunchalar bilan yaqindan tanishib chiqishga harakat qilamiz. Chunki shundagina ushbu risolada aks ettirilgan masala, muammo va kontseptsiyalarni to’g’ri tushunish mumkin bo’ladi. Qisqa va lo’nda qilib aytganda, raqamli iqtisodiyot– bu jamiyat ne’matlarini ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarida elektron hamda axborot-kommunikatsion texnologiyalarini keng joriy etishni ko‘zda tutadigan insonning xo‘jalik faoliyatini tadqiq etuvchi fandir.Raqamli iqtisodiyot atamasi ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Birinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot ne’matlarining ustuvor o‘rni bilan tavsiflanadi. Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu o’ziga hos nazariya bo‘lib, uning o‘rganish ob’ekti, axborotlashgan jamiyat hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot nazariyasi o‘z rivojlanishining boshlang‘ich davridadir, chunki tsivilizatsiyaning raqamli axborot bosqichiga o‘tishi bir necha o‘n yil avvalgina boshlangan.

II. Hozirgi kunda hizmat ko’rsatish biznesida barqarorlikka erishish ilgarigidan ko’ra misli ko‘rilmagan darajada juda qiyin bo‘lib ketgan. Mustahkam raqobatli ustunlikka erishish, eng yuqori cho‘qqiga chiqash hamda bu maqomni saqlab qolish oson ish emas. Xususan, amerika statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2000 yil Fortune 500 dan o‘rin olgan kompaniyalarning 52%dan ko’prog’i hozirgi kunga kelib mavjud emas. Yana bir muhim ko‘rsatkich: Standard & Poor’s 500ga kiradigan kompaniyalarning o‘rtacha umr uzunligi 1960 yilda 60 yilni tashkil qilgan bo‘lsa, 2020 yilga kelib 12 yilga qisqargan. Yetakchilik muddatining bunday besh karra qisqarishining sababi – butun biznesning, jumladan, servis biznesining raqamli asoslarga o‘tishi sanalib, biz ozirgi kunda bu hodisaning guvohi va qatnashchisi bo‘lib turibmiz. «Raqamli inqilob» (Digital Disruption) – fenomeni tahlilchilar orasida ham, kompaniyalar direktorlar kengashilarida ham dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi.
Servis biznesi qaysi bir ma’noda «default» maqomidagi raqamli biznesga aylanmoqda. Bir tomondan, hech bir kompaniya ham foto biznesda bir paytlar plenkadan «raqam»ga sakrab o‘tish vaqtini sezib-sezmay o‘tkazib yuborgan Kodak qismatini takrorlashni istamaydi. Boshqa tomondan, Amazon, Uber, Airbnb va boshqalar raqamli inqilobdan qanday qilib foydalanish hamda biznes yuritishning tamomila yangicha sxemalari o‘ylab topish va amalga oshirish mumkinligini ko‘rsatadilar. Internet dastlab onlayn-vitrina kabi, keyinroq esa onlayn-magazin rolida oflayn-biznesga qo‘shimcha sifatida ko‘rib chiqilgan vaqtlar o‘tib ketdi. Hayot sahnasiga yangi avlodlar – internet tarmog‘ida «yashaydigan» yoshlar kiqib kelishi biznesni onlayn («raqamli») bo‘lishga olib keldi. Insoniyat global o‘zgarishlar davriga qadam qo‘ydi. Yaqin vaqtlarda inson hayot faoliyatining asosiy sohalari – iqtisodiyot va boshqaruv, fan va havfsizlik bo’lgan bo’lsa, endi yangicha shakl va mazmunga ega bo‘la boshladi. Insoniyat o‘zgacha bo‘lib qoldi, bu esa ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishiga olib kelayapti. Raqamli texnologiyalarning hayotimizga kirib borishni davom ettirishi – kelajak dunyosiga xos bo‘lgan xususiyatlardan biridir. Bu mikroelektronika, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar sohalaridagi taraqqiyot bilan izohlanadi. Shunday qilib, raqamlashtirish – ob’ektiv, muqarrar jarayon bo‘lib, uni to‘xtatishning iloji yo‘qdir. Raqamlashtirishga yo‘ldosh bo‘ladigan eng jiddiy havf-xatarlardan biri, o‘rta va past malakali ixtisosliklar orasida ommaviy ishsizlik yuzaga kelishi hisoblanadi. O‘rta sinf vakillari keskin kamayib ketishi mumkin, chunki birinchi navbatda aynan shu ish o‘rinlari avtomatlashtiriladi va ular intellectual robotlar bilan almashtiriladi. Faol, ma’lumotli, mehnatga layoqatli aholining yetarli darajada yuqori turmush tarziga o‘rganib qolgan sezilarli qismi g‘arb turmush tarsi tufayli yo‘l chetiga chiqib qoladi. Biroq raqamli dunyo shu qadar tezkorlik bilan shakllanadiki, yuqori malakaga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash jarayonini tezlashtirish ular taqchilligining oldini olishi mumkin bo‘ladi. Shu sabablihozircha kim o‘zgarishlarga tayyor bo‘lsa, buning uchun unda hali yetarlicha vaqt bor.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2018 yilning 3 iyulida«O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3832 son qarorni imzoladi3. Qarorda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha eng muhim vazifalar belgilab berilgan.
Uzoq istiqbolda «raqamli» (elektron) iqtisodiyot og‘ir jismoniy mehnatga mahkum odamlarning erkinlik haqidagi ko‘p asrlik orzularini ro‘yobga chiqirishga qodir bo‘lgan vositaga aylanishi mumkin. Ko’pchilik insonlarga ijod, fan (ham fundamental, ham amaliy) vasan’at uchun keng imkoniyatlar ochiladi. Raqamli inqilob qaysidir tarmoqlar va mamlakatlarga ilgariroq va kuchliroq, boshqalarga esa kechroq va kamroq kirib keladi. Servis hizmatlari, media va ko‘nilocharliklar birinchi bo‘lib, ulardan keyin esa telekommunikatsiya kompaniyalari va banklar raqamlashtirishga mubtalo bo‘ladi (1-rasm).

1-rasm. Raqamli iqtisodiyotning na’munaviy tuzilmasi


Lekin tahlilchilarning umumiy fikrlari va kompaniyalar menejerlari orasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga asosan, raqamlashtirish u yoki bu darajada hammamizga hamdaxl qiladi.Bugungi kunda bizhar bir mohiyatniu u yoki bu olamga mansub sanagan holda identifikatsiya qilishimiz mumkin, lekin ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng, ko‘pchilik ob’ektlar uchun bunday taqsimlashni amalga oshira olmaymiz. Bunday misollar bugunning o‘zidayoq mavjud: IP-kamera yoki tarmoqqa ulangan boshqa har qanday uzatgich – u qaysi olamning bir qismi hisoblanadi? Shubhasizki, ular ikkala olam hodisalirining mohiyati sanaladi. Mobil telefon bugungi kunda ko‘plab ma’lumotlarni: telefon raqamlarini, tug‘ilgan kun haqidagi ma’lumotlarni, fotosuratlarni, parollarni va boshqa ma’lumotlarni saqlaydi. Biz hatto telefon bilan jismonan bog‘lanmagan bo‘lsakda, funksional jihatdan o‘zimizni u bilanbir butun deb his qilamiz. Realva virtual dunyolarning birlashib ketish jarayoni boshlan va uni to‘xtatishning imkoni yo‘q deb aytish uchun alohida bir jasurlik shart emas.
Real va virtual dunyolarning birlashuvi natijasida yangi gibrid dunyo hosil qilinib, unda biz uchun hozirgi kunda odatiy bo‘lgan qonunva qoidalardan farq qiladigan boshqacha qonun-qoidalar amal qiladi. Shu nuqtai-nazardan aytish joizki, qolgan iqtisodiyotdan alohida ravishda bo‘ladigan «raqamli» iqtisodiyot mavjud emas: «Raqamli» (elektron) iqtisodiyot bu– gibrid dunyo sharoitlarida mavjud bo‘lgan iqtisodiyotdir. Gibrid dunyo bu – real dunyoda virtual dunyo orqali barcha «hayotiy ahamiyatga ega» harakatlarni amalga oshirish imkoniyati bilan ajralib turadigan real va virtual dunyolar birlashuvi natijasidir. Bu jarayon uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) qiymatining pastligi, yuqori samaradorligi va raqamli infratuzilma ochiqligi zarur shartlar hisoblanadi.
Raqamli biznes bu – jismoniy va raqamli dunyolarni birlashtiradigan yangi biznes-modellar paydo bo‘lishidir. Schoolof Management esa raqamli o‘zgarishni «korxonalar qiymati va unumdorligini tubdan oshirish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish» sifatida ta’riflaydi.Ijtimoiy tarmoqlar, smartfonlar bozori, internetga keng polosali ulanish, mashinali o‘qitish texnologiyalari vasun’iy intellektning «portlab» o‘sishi kompaniyalar faoliyat yuritayotgan dunyoni o‘zgartirib yuboradi. Ular yoki yangi bozordagi bo’sh joylarni egallashlari yoki mavjud bo’sh o’rinlarni o‘zgartirgan holda o’zlarini o‘zgarishlarga moslab olishi lozim bo’ladi. Shunday bo‘lib chiqadiki, tashkilotlarning raqamli o‘zgartirish bu – yangi axborot texnologiyalarining rivojlanishi va butun dunyo bo‘ylab faol tarqalishiga javob hisoblanadi. Raqamli o‘zgartirishturli darajalarga erishib, ular o‘rtasidagi farq ikkita atama - «raqamli ko‘rinishga keltirish» va «raqamlashtirish» o‘rtasidagi farq bilan bir xil ma’noga ega bo’ladi. Raqamli ko‘rinishga keltirish bu – axborotni jismoniy vositalardan raqamli vositalarga o‘tkazishdir. Raqamli ko‘rinishga keltirishga misollar – elektron kitoblar, videokurslar, suratning raqamli nusxasini yaratish va boshqalar. Bunda axborot strukturasining o‘zgarishi ro‘y bermaydi: u faqat elektron shaklga ega bo‘ladi, xolos. Raqamli ko‘rinishga keltirishko‘pincha mavjud biznes-modelni takomillashtirish va biznes-jarayonlarni optimallashtirish uchun foydalaniladi. Raqamlashtirish esa – raqamli shaklda bo’lgan butunlay yangi mahsulotlar yaratishdir. Masalan, multiplikatsiyali dinamik o‘quv kursi yokihujjatni sharhlashning interaktiv tizimi – bu raqamlashtirishdir. Raqamlashtirish asosida yaratilgan mahsulotni uning sifatini jiddiy yo‘qotmasdan turib, texnik vositalarga o‘tkazishning imkoni yo‘q, shu sababli raqamlashtirish, raqamli ko‘rinishga keltirishdan farqli ravishda, biznesga sezirarli darajada keskin rivojlanish va yangi raqobatli ustunliklar qo‘lga kiritishga imkon beradi.
Amalda raqamli o‘zgartirishning ikkita yo‘nalishi mavjud. Birinchi yo‘nalish bu – mavjud biznes-jarayonlarda odamlar ishtirokini minimallashtirish uchun ularni avtomatlashtirish va robotlashtirishdir. Ikkinchi yo‘nalish – eksponensial tashkilot yaratish maqsadida olingan boshqaruv tizimini masshtablashtirishdir. Eksponensial tashkilot deganda, biz ularni masshtablashtirish tufayli ular xuddi shu sohada ishlaydigan boshqa tashkilotlar bilan taqqoslaganda kamida o‘n baravar yuqori unumdorlikka ega bo‘lishini tushunamiz.Sir emaski, kompaniyalarning mintaqaviy va xalqaro ekspansiyasiko‘pincha boshqaruv tizimini jahon darajasida nusxalashtirish qiyinligi bilan to‘xtatib turiladi. Tez o‘sishning chegaralanishi muammolari ko‘pincha nusxa ko‘paytirishdagi qiyinchiliklar tufayli yuzaga keladi. Bunga misol qilib, mintaqa ko‘lami, auditoriyalar hajmi va o‘qituvchilar soni bilan chegaralangan biznes-maktabdan milliy yoki xalqaro miqyosdagi biznes yaratishga mikon beradigan ta’lim jarayonini o‘zgartirish jarayonini keltirib o‘tish mumkin. Ta’lim jarayonini raqamli ko‘rinishga keltirish, harajatlarni minimallashtirish, o‘quv kurslarini esa o‘qituvchi gapiradigan tilni tushunadigan cheklanmagan auditoriya uchun ochiq qilishga imkon beradi (MOOC).
Eksponensial tashkilot yaratishning asosiy shartlaridan biri,hizmatlarni bir xillashtirish imkoniyati hisoblanadi, agar hizmat bir xillashtirilgan bo‘lsa, ushbu hizmatlarni taqdim etishni boshqarish tizimi ham bir xillashtirilishi va kelgusida to’liq avtomatlashtirilishi mumkin.Kompaniyani maqsadli bozorda virusli marketing va «sarafan» radiosi usullari orqali ilgari surish mumkin bo‘lib, bu narx bo‘yicha dempingva hizmatlar buyurtma qilish uchun raqamli interfeys hisobiga minimal harajatlar blan biznesning «portlab» o‘sishini ta’minlaydi.
Biznes-jarayonni raqamli o‘zgartirishni BPMS (Business Process Management Suite) sinfidagi tizimlar yordamida amalga oshirish mumkin bo‘lgan. Raqamli o‘zgartirishning ikkinchi bosqichi alohida operatsiyalarni bajarishni avtomatlashtirish hisoblanadi. Masalan, mijozning ishonchliligini baholash, xuddi o‘quv kursi tinglovchilari orasida test sinovi o‘tkazish kabi, avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Operatsiyalarni avtomatlashtirish uchun ko‘pincha matematik algoritmlar yoki hatto sun’iy intellekt asosida mustaqil ravishda qaror qabul qiladigan «raqamli robotlar» foydalaniladi.
Aytish mumkinki, raqamli iqtisodiyotning rivojlamishi uchta asosiy segmentda ko‘rib chiqiladi:
real tovarlar va hizmatlar ta’minotchilari va xaridorlari sektori;
dasturiy ta’minot va texnologiyalar ishlab chiquvchilar sektori;
qonunchilik bazasi, kadrlar tayyorlash tizimi, barcha turdagi ma’lumotlar uzatish va saqlash kanallari ko‘rinishidagi infratuzilma.
Va u quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga qamrab oladi:
Big data;
sun’iy intellekt;
blokcheyn;
kvant texnologiyalari;
ishlab chiqarish texnologiyalari;
sanoat interneti;
robototexnika;
simsiz aloqa;
virtual reallik.

Virtual dunyo bilan o‘zaro aloqalar sifatida raqamli iqtisodiyotdan raqamli modellashtirish o’tish va buyumlar internetini tushunishimiz mumkin. Albatta, milliy iqtisodiyotdagi moliyaviy munosabatlarni milliy kriptovalyuta ko‘rinishidagi raqamli valyutasiz amalga oshirib bo‘lmaydi.
Ko‘plab axborot tizimlari operatsiyalarni insondan ko‘ra yaxshiroq, tezroq va arzonroq bajaradi, bu esa xatolar sonini minimallashtirshi tufaylo misli ko‘rilmagan darajada tezkor harakat qilishga erishish imkonini beradi. Hozirgi paytda talabalarga yordam berish uchun robot-yordamchilar, robot-jurnalistlar va hatto vazifalarni odamlardan ko‘ra samaraliroq taqsimlaydigan robot-rahbarlarga misollar mavjud. U yoki bu jarayon davomida bir-biri bilan o‘zaro aloqa qiladigan axborot servislari to‘plami servis biznes-jarayonlarini raqamli o‘zgartirishning natijasi hisoblanadi. Ko‘plab banklar hozirda qarz oluvchini baholash jarayonlarini inson ishtiroisiz amalga oshirmoqda. Yangi shaklagi kompaniyalarda taksi chaqirishdamijoz va haydovchi o‘rtasidagi barcha o‘zaro aloqalaraxborot tizimi yordamida amalga oshirilib, odam ishtiroki hatto ko‘zda ham tutilmayapti.Lekin biznes-jarayonlardan odamlar ishtirokini doim ham to‘liq istisno qilish mumkin emas. Bunda raqamli o‘zgartirish tezkor rejimda ma’lumotlar to‘plashga imkon beradi va robototexnika texnologiyalari yordamida raqamli aloqa kanallari bo‘yicha masofadan turib boshqarishni ta’minlaydi. Bunday o‘zgarishlarga misollarni hizmatlar sohasida, neft qazib chiqarish, elektrenergetikasi va ishlab chiqarishda kuzatishimiz mumkin. Shak-shubhasizki, zamonaviy biznesda «raqamli o‘zgartirish» so‘z birikmasi tobora ko‘proq yodga olina boshladi. Aftidan, jahon miqyosida faol rivojlanayotgan yangi texnologiyalar tez orada bizning raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt haqidagi tasavvurlarimizini tubdan o‘zgartirib yuboradi.
Raqamli iqtisodiyot tayanadigan asosiy texnologiyalardan yana biri bu – buyumlar internetidir. Ya’ni, ko‘plab maishiy uskunalar elektr tarmog‘iga ulanganligi odatiy, lekin bular ikkinchi darajali hisoblanadi. Moddiy dunyoning tobora ko‘plab ob’ektlari internetga ulanmoqda, bu esaaxborot to‘plash va hatto bu ob’ektlarni masofadan turib boshqarishni ham ta’minlamoqda. Amalda internetda tashqi dunyo va ob’ektning turli ko‘rsatkichlaridan iborat bo‘lgan moddiy ob’ektning virtual nusxasi paydo bo‘lib, ushbu ob’ektni internet orqali boshqarishga mikon bermoqda. Buyumlar internetiga misol qilib, masalan, texnik yordam hizmatida aniqlangan buzilishlar va rejadan tashqari ta’mirlash doirasida almashtirish lozim bo‘lgan ehtiyot qismlar ro‘yxatini yuboradigan vitual ma’lumotlar uzatish tizimini keltirib o‘tish mumkin. Buyumlar interneti sohasi rivojlanishining keyingi bosqichida buyumlarning nafaqat odam bilan, balki o‘zaro aloqa qilishi mumkinligi ham hisoblanadi, bu konveyerli liniyalarda, texnik ta’mirlash tizimlarida, logistika va boshqa ko‘plab biznes sohalarida avtomatlashtirilgan o‘zaro aloqalarga erishish imkonini beradi. Lekin hali yechimini kutib turgan masalalar ham bor, chunonchi: elektr energiyasini minimal tarzda iste’mol qiladigan elektronika, shuningdek, buyumlarning o‘zaro aloqa qilishi uchun yangi aloqa standartlarini yaratish.
Raqamlashtirish bilan bog‘liq yana bir innovatsion yo‘nalish bu – to‘ldirilgan reallikdir (Augmented Reality, AR). Real dunyoga virtual dunyo ob’ektlarini qo‘shishga imkon beradigan to‘ldirilgan reallik texnologiyasi eng istiqbolli texnologiyalardan biri hisoblanadi. Tasavvur qiling, ko‘chada ketayotib, yoningizda bo‘lgan odamlar va ob’ektlar haqida qo‘shimcha axborot ko‘rasiz. To‘ldirilgan reallikka misollar mavjud bo‘lib, ular hayotda faol qo‘llanmoqda. Masalan, Moskvadagi ayrim parklarda moddiy dunyo ob’ektining virtual dunyo ob’ektiga bog‘langanini ko‘rsatadigan belgilarni uchratish mumkin

III. Dunyoning eng yirik kompaniyalari allaqachondan buyon turli axborot texnologiyalaridan foydalanib kelishmoqda. Biroq qandaydir platforma joriy qilish hali biznesni raqamli qilib qo‘ymaydi. Oddiy texnologik platformaning raqamli iqtisodiyot platformasidan farqi nimada? Birinchidan, raqamli iqtisodiyot platformalari tarmoq yoki sanoatning ko‘plab qatnashchilari uchun maksimal darajada qulay o‘zaro aloqalar yaratishi ko‘zda tutgan. Hozirgi kunda to‘laligicha qaror topgan ommaviy platformalarga misol keltirish qiyin, lekin kelajak aynan shunday yechimlar ortidadir. Google, Facebook, Apple, Amazon va Alibaba Group kompaniyalari ushbu g‘oyani to’laligicha amalga oshirishga eng yaqin holatdalar, ko‘plab yirik kompaniyalar bunday platformalarni yaqin vaqtlarda yaratishni rejalashtirishgan.Ikkinchidan, yanada muhimrog‘i, raqamli iqtisodiyot platformalari to‘laqonli (end-to-end) biznes-jarayonlarni avtomatlashtirishi lozim.Raqamli iqtisodiyot to‘liqplatformasiuch qismdan iborat bo’lishi kerak: bular iste’molchi ekotizimlari, ishlab chiqaruvchi ekotizimlari va kommunikativ o‘zak. Iste’molchi ekotizimifunksiyasi – platformadan foydalanuvchining barcha ehtiyojalri va muhtojliklarini qondirish, uning qulayligini va funksionalligini ta’minlashdir. Ishlab chiqaruvchining ekotizim funksiyasi – biznes yuritishni yengillashtirgan va unga kirish bo‘sag‘asini pasaytirgan holda yordamchi funksiyalar bajarishini ta’minlashi lozim. Platforma o‘zagiiste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning o‘zaro aloqalari bo‘yicha funksionalni ham amalga oshirib, zaruriy texnologik bazis va infratuzilma ehtiyojlarini ta’minlaydi.Uchala tarkibiy qismbir-biridan mustaqil ravishda mavjud bo‘lishi mumkin va bunga muvaffaqiyatli misollarni keltirib o‘tish mumkin: iste’molchi ekotizimi sifatida ijtimoiy tarmoqlar, Alibaba Group – birinchi navbatda,ishlab chiqaruvchi ekotizimi hisoblanadi (qolgan ikkita tarkibiy qism unchalik rivojlanmagan), Uber – ekotizimlarsiz platforma o‘zagining kommunikativ o‘zagiga yorqin misoldir. Biroquchala tarkibiy qismni bitta model doirasida birlashtirish sezilarli darajada sinergetik samara olishga imkon beradi. Alibaba Group – elektron tijorat tarmoqlari infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlaydigan, qidiruv servislari, to‘lov tizimi, logistika va axborot servsislari, marketing servislari, qatnashchilarni ichki texnik qo‘llab-quvvatlash hizmatlari va shunga o’xshashlarni o‘z ichiga oladigan servislar ekotizimini tashkil qiladigan kompaniya. Uber esa taksi hizmatlariga buyurtma berish va bu hizmatlarni ko‘rsatish imkoniyatini taqdim etadigan raqamli platforma («taksidan foydalanish istagida bo‘lganlar» va «taksichilar» o‘rtasidagi electron aloqani amalga oshiradiganlar). Eng rivojlangan ekotizimlarga misollar– amerikaning Google, Amazon, Facebook,Xitoyning Tencent va yuqorida aytib o‘tilgan Alibaba Group kompaniyalari bo’lishi mumkin. Amazon kompaniyasi onlayn supermarket sifatida boshlagan, lekin hozirgi paytga kelib u asosiy e’tiborni kontent taqdim etishga qaratgan vakompaniyalarga ma’lumotlar saqlash, ma’lumotlarni qayta ishlash sohasidan ko‘plab servislarni o‘z ichiga oladigan bulutsimon IT-infratuzilma tashkil qilish (2-rasm), hisoblash resurslari taqdim etish, ma’lumot va xabarlar almashinish va shunga o’xshash imkoniyatlarni beradigan ekotizim yaratgan.

2-rasm. Raqamli iqtisodiyot infratuzilmasi.



Google kompaniyasi ishni qidiruv mashinasi sifatida boshlagan, lekin hozirgi paytga kelib, tajribali foydalanuvchiga yagona kirish oynasi, elektron pochta, jug’rofiy kartalar, brauzer, ma’lumotlar ombori, virtual video va musiqa servislari orqali ochiq bo‘lgan yagona oyna orqali ko‘plab servislarini taqdim etadian ekotizim tashkil qilgan. Facebook kompaniyasi ishni ijtimoiy tamroq sifatida boshlagan, lekin hozirgi paytda istalgan shaxsiy ehtiyojlarni amalga oshirish imkonini beradigan to‘qqiz milliondan ortiq ilovalar va hizmatlarni o‘z ichiga olagan ekotizim yaratgan. Facebook va Google platformalari integratsiyasihar bir foydalanuvchi imkoniyatlarining imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. Tencent –Xitoyning eng yirik IT-kompaniyalari va internet-provayderlaridan biri bo‘lib, o‘z operatsion tizimi, mobil platformasi, muloqot servislari, o‘yinlari, internet portali, elektron tijorati, to‘lov tizimi, B2B segmenti uchun servislarni o‘z ichiga oladigan ekotizim tuzgan.Foydalanish qulayligi har qanday ekotizim uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu qulaylik uning barcha tarkibiy qismlari o‘zaro bog‘liqligi bilan belgilanadi: foydalanuvchi avtorizatsiyasi bitta oynasi, ilovalarning bir-biri bilan «yumshoq» birikishi, barcha va xilma-xil aloqa kanallari orqali servislar sifati va bir xil ochiqlish va boshqalar.
Barcha asosiy iqtisodiy qonunlar va metrikalar (jumladan, YIM) XIX-XX asrning birinchi yarmida ifodalangan va joriy qilingan bo‘lib, real sektorni (ishlab chiqaruvchi iqtisodiyotni) yaxshi tavsiflaydi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, nomoddiy ishlab chiqarish va hizmatlar sektori sezirlarli darajada rivoj topdi va iqtisodiyotning asosiy sektoriga aylandi. Nomoddiy sohada ishlab chiqarish va iste’mol xususiyatlari jiddiy farq qiladi, lekin insoniyat yangi iqtisodiyotni to‘g‘ri tavsiflash uchun mos keladigan nazariy asoslar yaratmagan (yoki yaratishni istamagan). Buning o‘rnigaiqtisodiyotni tavsiflashning odatiy shakllariga kiritish imkoniga ega bo‘lish uchun nomoddiy sohani mavjud metrikalar va ko‘rsatkichlarga «keltirish»ga imkon beradigan uslubiyatlar yaratilgan va muntazam qayta ko‘rib chiqilgan. Ma’lum bir vaqt intervalida bu harakatlar maqbul keladigan natijalar bergan, lekin nomoddiy sektor iqtisodiyotning real sektoridan ortib ketmagunga qadar bu ish ijobiy bo’lgan. Yana bir hususiyat zamonaviy iqtisodiyot faniniga haddan tashqari siyosiy ruh berilganligi va uning xolis emasligi bo‘lib, bu umumiy manzaraning ataylab buzib ko‘rsatilishiga olib keladi (masalan, YIM hisob-kitob qilish uslubiyatini doimiy qayta ko‘rib chiqish amaliyoti yo‘qligi sababli).Yangi nazariyani shakllantirishda asosiy masalalardan biri, mos keladigan integral ko‘rsatkichlar tanlash va raqamli iqtisodiyotga mos bo’lgan yangicha metrikalarni shakllantirish hisoblanadi. Bizning dunyodaularni hisobga olish yangilangan iqtisodiy nazariyaning zaruriy bazisini shakllantirishda bizga yordam berishi mumkin bo‘lgan bir nechta barqaror tendensiyalar mavjud:
1.axborot tovarga aylanadi;
2.axborot qiymatga ega;
3.raqamli pullar emissiya markaziga ega emas;
4.juda ko’p turdagi raqamli valyutalar hosil bo’la boshladi va ular an’anaviy 5.valyutalarning o’rning egallab oladi;
6.barcha ma’lumotlar taqsimlangan ma’lumot bazalari va blokcheynlarda saqlanadi;
7.ma’lum bir inson guruhlari yoki kompaniyalar jamiyatning mutlaq ko’p boyligiga egalik qiladi;
8.robotlar sun’iy intellektga ega bo’lib, insonning raqobatchisiga aylanayapti;
9.intellektning jamiyatdagi mavqei misli ko’rilmagan darajada ortadi;
10.virtual dunyo jamiyat hayotining barcha sohalariga dadil va faol kirib kela boshlaydi;
11.mahsulot va hizmatlar virtual dunyoda va virtual ko’rinishda sotila boshlaydilar;
12.globalizatsiya jarayoni misli ko’rilmagan darajada rivojlana boshlaydi;
13.raqamli iqtisodiyotning hayotga tadbiq qilinishi natijasida turli mamlakatlar va insonlar orasidagi farq-tafovut kuchayadi;
14.alohida mamlakatlar va irqlar hukmron toifaga aylana boshladi;
15.jamiyat farovonligi umumiy energiya sarfi bilan bog‘lanadi;
16.moddiy boyliklarning ahamiyati ancha pasayadi;
17.ijtimoiy maqom ijtimoiy nufuz bilan siqib chiqariladi va boshqalar.

Ehtimol, «foydalilik» «layk»da o‘lchanadigan «iste’mol qilingan energiya miqdoriga siz ishlab chiqargan foydali axborot miqdori» kelajak valyutasi bo‘lishi ham mumkin. Hozirda bunday bashorat haddan tashqari futuristik bo‘lib ko‘rinishi mumkin, lekin taraqqiyot muntazam ravishda tezlashmoqda va bunday istiqbol bizni 15-20 yildan keyin kutib turgan bo‘lishi ham mumkin. Shuni eslash kifoyaki, insoniyat uchun to‘qimachilik stanogi kabi muhim ixtiro Evropani tark etishi uchun 120 yil kerak bo‘lgan, Internetga esa butun dunyoni qamrab olishi uchun atigi o‘n yil yetarli bo‘lgan.
Milliy iqtisodiyotlarning yangi raqamli iqtisodiyotning tomon rivojlanishi bu sohada nazariy tadqiqotlar va bahs-munozalarning kengayishini talab qiladi. Milliy iqtisodiyot rivojlanishining texno-raqamli platformasini yaratishga qaratilgan oliy boshqaruv organlarining amaliy dasturiy harakatlari ham yangi iqtisodiyotga o’tish uchun katta hissa qo’shishi mumkin.Raqamli iqtisodiyotning mohiyatga oid tomoni, ya’ni, raqamli texnologiyalardagi inqilobiy o‘zgarishlar, internetning aloqasining zamonaviylashishiva uning jadal rivojlanishi hamda Hard Ware va Soft Ware sohalardagi innovatsiyalar bilan chambarchas bog‘liqdir. Raqamli iqtisodiyotning mazmunga oid tomoni esa birinchi navbatda, ta’lim tizimi islohoti va inson hayotining barchatomonlarini «raqamlashtirish» danamoyonbo‘ladi. Masalan, sanoat dizaynini kompyuterlashtirish va ishlab chiqarishda konstruktorlik tayyorgarligini modellashtirish kabi innovatsiyalar paydo bo‘lishimurakkablik darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlar, masalan, stanoklar, avtomobillar, poezdlar, samolyotlar, binolar va boshqalarni loyihasiniyaratishni osonlashtiradi va ish siklinisezilarli darajada qisqartiradi. Mamlakatimizda yangi raqamli texnologiyalarning (ishlab chiqarish, moliyaviy, boshqaruv, ijtimoiy va boshqalar) paydo bo‘lishi va hayotga joriy qilinishi milliy iqtisodiyot uchun juda ko‘p sonli ijobiy samaralar va natijalarga olib kelishi mumkin:

Yüklə 295,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə