Yoqubov Ma’rufjon Maxzu: Raqamli iqtisodiyot infratuzilmasi Reja: I. Kirish II. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi, maqsadi va vazifalari III. Raqamli iqtisodiyot infratuzilmasi IV. Xulosa



Yüklə 295,11 Kb.
səhifə2/3
tarix28.03.2023
ölçüsü295,11 Kb.
#103343
1   2   3
Yoqubov Ma’rufjon Maxzu Raqamli iqtisodiyot infratuzilmasi Reja

1.mehnat unumdorligining ortishi;
2.kapitallashuvning ortishi;
3.turmush sifatining yaxshilanishi;
4.yangi bozorlar shakllantirilishi;
5.resurslarni (aktivlar, kapital, vakolatlar) utilizatsiya qilish samaradorligining ortishi;
6.raqobatbardoshlikning o‘sishi;
7.havfsizlikning o‘sishi;
8.xalq farovonligining ortishi.
Hozirgi paytgacha, globallashuv jarayoni yakun topmagan ekan, barcha sanab o‘tilgan samaralar shunga olib keladiki, birinchi bo‘lib yangi texnologiyani o‘zlashtirgan mamlakat xalqaro bozorlarda ustunlikni qo‘lgan kiritadi va bu navbatdagi «bozor bo’lagini bo‘lib olish»ga olib keladi. Alohida olingan mamlakat nuqtai-nazaridan bu darhaqiqat yangi texnologiya joriy qilinishi bilan asoslanadigan iqtisodiy o‘sish sifatida talqin qilinishi mumkin. Lekin jahon iqtisodiyoti ko‘lamida o‘sish joriy qilingan texnologiyaning «qo‘shimcha» kapitallashuvi bilan (siqib chiqarilgan texnologiya kapitallashuvini chiqarib tashlagan holda) chegaralangan.To‘g‘risini aytganda, tan olish kerakki, agarda ular sotuv salohiyatini yana bir bor o‘stirishga tayyor bo‘lishmasa, hech qanady texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot ekstensiv rivojlanish modelini hayotga qaytara olmaydi. Shu munosabat bilantan olish kerakki, raqamli iqtisodiyot va texnologiyalar rivojlanishi na O‘zbekiston uchun, va na butun dunyo uchun har qanday falokatdan qutqaradigan vosita bo‘la olmaydi. Har bir alohida mamlakat uchun bu zaruriy chora bo‘lib, raqobatbardosh darajada qolishga, jahon iqtisodiyotidagi ulushlar paritetini qayta ko‘rib chiqishga va suverenitetni asrashga imkon beradi. Hozirgi paytda mamlakatizdagi va xorijdagi ko‘plab mutaxassislar va iqtisodchilar yangi iqtisodiyotning, jumladan, uning namoyon bo‘lish shakllaridan biri – raqamli iqtisodiyotning hozirgi rivojlanish holatiga uzil-kesil tavsif berishga va uni tushunib yetishga harakat qilmoqdalar. Ko‘plab tadqiqotchilarsub’ektiv munosabat prizmasi orqalizamonaviy iqtisodiyotga xos bo‘lgan umumiy – ob’ektiv va sub’ektiv nuqtai-nazardan bu hodisani o‘zicha tushunish va idrok qilishga harakat qilmoqda. Ob’ektiv jihatdan esa buko‘proq zamonaviy iqtisodiyotdagi yangi jihatlar, tomonlar, belgilar, tendensiyalar va qonuniyatlar namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq. Yangi iqtisodiy hodisalarni o‘rganish va hisobga olish, xususan, raqamli iqtisodiyotni yangi iqtisodiyotning nisbatan mustaqil qismi sifatida ajratish katta qiziqish uyg‘otadi, chunkiiqtisodiyotni boshqarish sifati va tezligini oshirish, biznes yuritish qoidalari va huquqiy maydoniga tuzatishlar kiritish, raqamli texnologiyalar – taassurotlar iqtisodiyoti, MICE-industriya, Smart-shahar va shunga o’xshashlar asosida innovatsion mahsulotlar, servislar va hizmatlar hosil qilishga imkon beradi.
Iqtisodiyotda yangi tendensiyalar va hodisalarni tahlil qilishga kuchli e’tibor qaratib, hamda Nicholas Negroponte, Chris Meyer, Mohanbir Sawhney, Daniel Spulber, Don Tapscott, Steve Jurvetson, Patricia Seybold kabi amerikalik tadqiqotchilarning asarlariga tayangan holda, mualliflarning «yangi iqtisodiyot» (New Economy), «iqtisodiyot 2000», «internet iqtisodiyoti» (Internet Economy), «Net iqtisodiyot», «Web iqtisodiyot», «raqamli iqtisodiyot», «elektron tijorat» (E-economy, E-business), «nomoddiy iqtisodiyot», «buyum ko‘rinishida bo‘lmagan iqtisodiyot» kabi atamalardan foydalangan holda zamonaviy iqtisodiyotning yangi jihatlarini tavsiflashga intilishini qayd etish mumkin. Ushbu atamalarko‘pincha global elektron tarmoq (Network) shakllanishi, shaxsiy kompyuterlarning global tarqalishi, dasturiy ta’minotni (Software)yaratish va uzluksiz takomillashtirish, axborot texnologiyali va raqamli texnologiyalar rivojlanishi, IT-kompaniyalarning nomoddiy mahsulot va hizmatlarini ishlab chiqarish bilan asoslanadigan iqtisodiyotdagi yangi hodisalarni ko‘rib chiqishda sinonim sifatida foydalaniladi.Ushbu sohadagi mavjud tadqiqot natijalariga tayanib, raqamli iqtisodiyot predmetli sohasining quyidagi ta’rifini taklif qilish mumkin: “raqamli iqtisodiyot – mavjudlikning texnoraqamli shakli bo’lib, tovar va hizmatlarini ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish bo‘yicha iqtisodiy munosabatlar tizimli yig‘indisidir. Iqtisodiy munosabatlarning texnoraqamli tabiatiraqamli iqtisodiyotni boshqalardan ajratib turadigan asosiy belgilar hisoblanadi. Shunday qilib, agar yangi iqtisodiyot – postindustrial iqtisodiyot namoyon bo‘lishining qonuniy shakli bo’lsa, raqamli iqtisodiyot – yangi iqtisodiyot namoyon bo‘lishining evolyusion shakllaridan biri. Demak, «shaklning shakli» sifatida raqamli iqtisodiyot nafaqat yangi iqtisodiyot alomatlari to‘plamiga, balki raqamli iqtisodiyotning sifat jihatidan aniqligini tavsiflaydigan bir qator ajratib turuvchi tomonlarga ega.

Yüklə 295,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə