Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


xotinidan pul yashirganini kechira oladilar, ammo “chetga yurganini” mutlaq



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə17/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

xotinidan pul yashirganini kechira oladilar, ammo “chetga yurganini” mutlaq 
kechira olmaydilar. Bu borada o’zbeklar aytadigan ―Er bermoq, jon bermoq‖
maqoli aynan haqiqatdir. Erkaklar esa o’z xotinlariga o’z oilasiga nisbatan 
hurmatsizlik, xotinning o’z manfaatlari yo’lidan qilgan ayyorliklari, “suyuq 
oyoq”lilikni mutlaq kechira olmaydilar. Agar mana shu masalalarda aldash
vujudga kelgan bo’lsa, tomonlar munosabati barbod bo’lishi tabiiy. Umuman
olganda, oilaviy hayotda aldash, aldashga harakat qilish yaxshi va samimiy
munosabatlarni ichdan va zimdan qo’poradi.
Hamsuhbatining biror kamchiligi yoki muvaffaqiyatsizligini doimo ta’kidlab 
o’tishga harakat qilish. Birovlarning ishi yurishmaganidan xursand bo’lish, o’zi
yoqtirmagan odamlarning hayotida biror kor-xol bo’lsa, undan quvonish, ba’zi
odamlarning ustidan muntazam kulish, kamchiliklarni ro’kach qilish, mana shu
holatlarda o’zini yaxshi xis qilish o’zini ustun qo’yishning turlaridan biri hisoblanadi.
Muvaffaqiyatsizlik hamma bilan ham sodir bo’lishi mumkin, kamchilik va xato esa,
uni tuzatilmagunicha kamchilik va xato bo’lib qoladi, agar tuzatilsa, u xato
bo’lmaydi. Muvaffaqiyatsizlikdan hyech kim o’zini muhofaza qilinganman deb ayta
olmaydi. Shu bois, o’z do’sti, hamkasbi, o’rtog’i, qarindoshi, eri va yoki xotinining
biror kamchiligini umrbod ushlab olib, doimo uni ta’kidlayverish, uni muntazam esga
solish, o’z ustunligini ko’rsatish uchun ro’kach qilish oxir-oqibat juda katta konfliktni
keltirib chiqarishi mumkin.
O’z ustidagi mas’uliyatni birovlar ustiga yuklash. Hayotda o’z mas’uliyatidagi
vazifalarda befarq yondoshish hollari uchrab turadi. Masalan, ko’p xollarda biror
narsa qilib berilishiga va’da qilinadi. Ammo o’zi qilib berishi lozim bo’lgan vazifa
boshqalar zimmasiga yuklatiladi. Ammo boshqalar bu vazifani bajarmaydi. Natijada
orada ziddiyat vujudga keladi. Masalan, yigit uylanmoqda. Uning o’rtog’i ―Men
kelinga o’zim zo’r guldasta olib beraman. Buni sen o’ylama‖, deydi. Ammo ZAGSga
ketish oldidan kelinga mo’ljallangan guldastaning yo’qligi ma’lum bo’ladi. Chunki
va’da bergan odam, bu ishni boshqa bir yigitga topshirgan bo’ladi. U yigit guldasta
olishni va’da bergan yigitdan qarzdor bo’ladi. U esa kuyovni tanimagani uchun,


21
―Nima uchun men guldasta sotib olishim kerak‖, deb o’ylaydi. Natijada, konflikt


yuzaga keladi. Kelinga guldastani muxayyo qilish vazifasi kelib chiqadi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə