Reja. Suv hususiyatlari va biologik funktsiyasi



Yüklə 89,58 Kb.
səhifə1/4
tarix23.05.2023
ölçüsü89,58 Kb.
#112367
  1   2   3   4
SUVNING XARAKATLARI VA XUSUSIYATLARI


SUVNING XARAKATLARI VA XUSUSIYATLARI


Reja.

  1. Suv hususiyatlari va biologik funktsiyasi.

  2. Suv muammosi.

  3. Suvning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati. 

Suv, vodorod oksid, H2O — vodorod (11,19%) va kislorod (88,81%)dan iborat eng sodda kimyoviy birikma. Suv rangsiz, hidsiz suyuqlik (qalin qatlamda zangori rangli). Mol. m. 18,0160. Yerning geologik tuzilishi tarixi va unda xayotning paydo boʻlishi, fizik va kimyoviy muhit, iqlim va obxavoning shakllanishida suv muhim ahamiyatga ega. Hech qanday tirik organizm suvsiz hayot kechira olmaydi. Suvqishloq xoʻjaligi va sanoatdagi barcha texnologik jarayonlarning zaruriy qismidir.


Suv tabiatda keng tarqalgan. Yer yuzining qariyb 3/4 qismini tashkil qiladi. Gidrosfera — okeanlar, dengizlar, koʻllar, suv havzalari, daryolar, Yer osti suvlari, tuproqlar namini oʻz ichiga olgan Yerning suvli pusti 1,4— 1,5 mlrd. km³ ni tashkil etadi. Atmosferada suv bugʻ, tuman, budut, yomgʻir, qor holatida boʻladi. Quruqlikning 10% ga yaqin qismi muz bilan qoplangan. Litosferayaa gidrosferadagiga yaqin miqdorda, yaʼni 1—1,3 mlrd. km³ suv bor. Yer mantiyasida ulkan miqdorda (13—15 mlrd. km³) suv bor. Barcha tirik organizmlardagi suv Yer yuzidagi daryolar suvining yarmiga teng . Yerdagi hamma suv bir-biri bilan va atmosfera, litosfera, biosferadagi suv bilan oʻzaro taʼsirda boʻladi (qarang Suv aylanshii).
Tabiiy sharoitda suv tarkibida doimo erigan tuzlar, gazlar va organik moddalar boʻladi. Ular miqdori S.ning hosil boʻlishiga va sharoitiga bogʻliq. suvdagi tuz konsentratsiyasi 1 g/kg gacha boʻlsa — chuchuk, 25 g/kg gachasi — tu zli, undan yuqorisi — shur suv deyiladi. Yogʻin Si, chuchuk, koʻl va dare Si kam mineralli boʻladi. Okean suvining shoʻrligi 35 g/kg ga yaqin, dengizniki kamroq, chuchuk S.da N SO", Sa2Q va Mg2Q ionlari koʻproq. S.ning mineralligi oshgan sari S O , S1~, NaQ va KQ ionlarining konsentratsiyasi koʻpayib boradi.
Tabiiy S.da erigan gazlar — azot, kislorod, karbonat angidrid, asl gazlar, baʼzan, vodorod sulfid, uglevodlar boʻlishi mumkin. S.da organik moddalar konsentratsiyasi oz — darelarda oʻrtacha 20 mg/l, Yer osti Sida yanada oz, okean Sida esa 4 mg/l.
Vodorodning 2 ta barkaror izotopi (‘H va 2H) va kislorodning 3 ta izotopi (|6O, O17, |8O) borligi tufayli 9 ta turlicha izotopli S maʼlum. Yerdagi barcha S.da tarkibida vodorodning izotopi — tritiy (3H) boʻlgan 13 — 20 kg "oʻta ogʻir" suv bor (qarang Ogʻir suv).
Suv keng tarqalganligi va uning insonlar hayotidagi ahamiyati kattaligi tufayli qadimdan hayot manbai xisoblanadi. Qad. dunyo faylasuflari fikricha, auv hayot uchun zarur boʻlgan 4 unsurning biridir (olov, havo, tuproq qatori). Shu bilan birga suv sovuqlik va namlik eltuvchisi deb ham qaralgan. XVIII asrning oxirigacha suvni individual kimyoviy element deb kelindi. 1781—82 yillarda ingliz olimi G. Kavendish Sni ilk bor vodorod va kislorod aralashmasini elektr uchquni bilan portlatib sintez qilgan. 1783 yilda francuz olimi A. Lavuazye bu tajribani takrorlab, suvning vodorod va kisloroddan tarkib topganligini tasdiqladi. 1772 y. francuz fizigi Delyuk suvning maksimal zichligi 4°da boʻlishini aniqladi. suvning muhim fizikkimyoviy xossalari 1jadvalda berilgan.
Suv — universal erituvchi. Unda gazlar yaxshi erishsh. suv elektrolit boʻlganligidan koʻpgina kislota, asos va tuzlarni eritadi. suvning oʻzi ham yaxshi eruvchan modda. Vodorod bilan kislorod qoʻshilib suv hosil boʻlishida issiqlik ajralib chiqadi. 2H2+O2=2H3O reakciyasi 300° temperaturagacha juda sekin boradi. 550° da portlash yuz beradi.
Suv — nihoyatda barqaror birikma. Suv molekulalari 1000°dan yuqori temperaturada nihoyatda oz darajada vodorod va kislorodga ajraladi (termik dissotsiatsiya). 2000°da suvning termik parchalanishi 1,8%ga, 3092°da 13%ga, 5000°da 100% ga yetadi. suv ultrabinafsha nurlar (fotodissotsiatsiya) yoki radioaktiv nurlar (radioliz) taʼsirida ham parchalanadi. suv radioaktiv parchalanganda H2 va O2 dan tashkari vodorod peroksid hamda bir qator erkin radikallar hosil boʻladi. suv birikish va parchalanish reaksiyalariga kirishadi, kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etadi. Suv oʻziga xos gʻayrioddiy (anomal) xossalarga ega: sirt tarangligi yuqori, qovushoqligi kichik, suyuqlanish va qaynash temperaturasi yuqori, suyuq holatdagi zichligi qattiq holatidagidan katta. Q4°dan yuqori temperaturada ham, undan pastda ham suvning zichligi 1000 kg/m³ dan past boʻladi. Bu hodisa suvning zichlik anomaliyasi deb ataladi. Toza S.ning solishtirma issiqlik sigʻimi barcha suyuq va qattiq moddalarnikidan katta (4,18 JGʻg); demak, 1 g S.ni G isitish uchun boshqa moddalarni isitishga sarflanadigan issiqlikka nisbatan koʻproq issiklik talab qilinadi. Bu suvning issiqlik sigʻimi anomaliyasi deb ataladi. Toza suvni ehtiyotkorlik bilan astasekin sovitib borilsa, u Sdan past trada ham (—33°ga qadar) muzlamasligi mumkin, Bunday "oʻta sovigan" suv barkaror boʻlmaydi; uni silkitilsa yoki ichiga biror kristall tashlansa, darxrl muzlab qoladi. Shuningdek, toza suvni astasekin "oʻta isitish" (Q27°ga qadar) ham mumkinligi aniklangan. Oʻta isitilgan suv ham barqaror boʻlmaydi; bir oz chayqatilsa, bunday suv juda koʻp miqdorda bugʻ hosil qilib qayiaydi. Suv molekulasi 2 ta vodorod va I ta kislorod atomidan tarkib topib, bogʻlar orasidagi burchak 104,5°. Kislorod atomi atrofidagi elektronlarning nosimmetrik taqsimlanishi natijasida elektron buluti manfiy elektr zaryadining markazi kislorod atomining musbat zaryadi markaziga mos kelmaydi. Natijada suv molekulasidagi katta elektrik dipol momenti vujudga keladi. Bu esa suvning qutblanish xossasini namoyon qiladi.
Qutblangan suv molekulasi qutblangan moddalarni yaxshi, qutblanmagan moddalarni esa oz eritadi. Suvga boʻlgan moyilligiga qarab, funksional guruxlar: gidrofil (suvga tortiluvchi), suv bilan yaxshi solvatlanadigan, gidrofob (suvdan krchadigan) va difil tuzilishlarga ega boʻladi.
Suv — keng ishlatiladigan modda. Suv kislorod, vodorod, ishqor, nitrat kislota, spirt, aldegid, soʻndirilgan ohak va boshqa koʻpgina kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish.da ishtirok etadigan kimyoviy reagentdir. suv bogʻlovchi materiallar uchun zarur komponent. Kaynatish, eritish, suyultirish, kristallash uchun texnologik komponent sifatida koʻpgina ishlab chiqarish. jarayonlarida ishlatiladi. Texnikada elektr va issikdik eltuvchi, bugʻ mashinalarida ish jismi, bosim uzatuvchi sifatida qoʻllanadi.
Organizmdagi suv barcha oʻsimliklar, tirik organizmlar va mikroorganizmlarda moddalar almashinuvi uchun zarur asosiy vosita, shuningdek, bir qancha kimyoviy fermentativ reaksiyalarning substrati hisoblanadi.
Fotosintez jarayonida suv karbonat angidrid bilan birgalikda organik moddalar hosil boʻlishida qatnashadi va shu bilan birga Yerda tirik organizmlar hosil boʻlishi vositasi hisoblanadi. Suv toʻqimalar faoliyatini, oziq moddalar va almashinuv mahsulotlari (qon, limfa, oʻsimliklar sharbati)ning singishini, fizik termoregulyasiyani va hayot faoliyatiga tegishli boshqa jarayonlarni taʼminlaydi. Organizmlarda juda kup miqdorda suv boʻladi. Odam tanasidagi barcha suyuklik va toʻqimalar tarkibida massasiga nisbatan 65% chamasida suv boʻladi. Odam ochlikka bir oydan ortiqroq chidashi mumkin, lekin suv sizlikka bir necha kundan ortiq chiday olmaydi. Suvda organizmning yashashi uchun zarur boʻlgan organik va anorganik moddalar eriydi.
Odamning suvga boʻlgan fiziologik ehtiyoji, iqlim sharoitiga qarab, sutkasiga 3—6 l ni tashkil etadi.
Sanitariya va xoʻjalikroʻzgʻor ehtiyojlari uchun kup miqdorda Suv talab kilinadi. Suv markazlashgan sistemadan yetarli miqdorda berilgan takdirdagina yuvindi va chiqindilarni Suv kanalizatsiyasi yordamida okizib yuborish mumkin. Aholi yashaydigan joylarning sanitariya madaniyati Suv bilan taʼminlanish darajasiga qarab belgilanadi (kishi.boshiga sutkasiga l hisobida). Aholining sogʻligʻi va sanitariya yashash sharoitlariga bevosita yoki bil vosita salbiy taʼsir etishi xavfining oldini olishda Suvdagi kimyoviy moddalarning eng katta belgilangan miqdorda boʻlishi, ilmiy asoslangan gigiyena normativlari muhim ahamiyatga ega.
Aholi isteʼmol qiladigan suv epidemiologik jihatdan xavfsiz boʻlishi kerak. Suvda kasallik qoʻzgʻatadigan bakteriyalar va viruslar boʻlmasligi lozim.



Yüklə 89,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə