Reja. Suv hususiyatlari va biologik funktsiyasi


Suvning biologik funktsiyasi



Yüklə 89,58 Kb.
səhifə2/4
tarix23.05.2023
ölçüsü89,58 Kb.
#112367
1   2   3   4
SUVNING XARAKATLARI VA XUSUSIYATLARI

Suvning biologik funktsiyasi.
Suvning asosiy biologik ahamiyati uning fizikaviy hamda kimyoviy 
xususiyatlariga va molekulalarining tuzilishiga asoslangan.Suv molekulalari assimmetrik tarqalgan tegishli zaryadlardan iboratdir, ya’ni suv molekulasining asosini qutblangan yoki zaryadlangan bog‘lar tashkil qiladi. Bu bolakchalarni suv molekulalari xuddi suv qobig‘idek o ‘rab oladi. Elektrolit va noelektrolitlami erish darajasi molekuladagi qutblangan yoki qutblanmagan guruhlar nisbatiga bog‘liq. Ayniqsa, ionlarni suv ya elektrolitlar orasidagi almashinuv jadallashib, bunda elektrolitlar eruvchanroq bo‘ladi. Bu esa shundan darak beradiki, suv organik moddalami asosiy erituvchisi, tanadagi metabolit hisoblanadi.
Suv hujayra ichi almashinuvining asosi hisoblanadi, chunki tananing ichki muhiti - qon, limfa, to‘qima suyuqligi suvdan tarkib topgan. U hujayra va tananing bo‘laklari bilan gumoral y o i bilan bogiangan.
Tananing hayot faoliyati uchun suvning termik xususiyatlari ham katta 
ahamiyatga ega. U yuqori issiqlik saqlovchi modda va shuning uchun 
yaxshi issiqlik izolyatori hisoblanadi.Suv issiqlikning eng yuqori oichamlaridan biri - bug‘ hosil qilish xususiyatiga ega. Bu xususiyat tufayli suv molekulasini qutblanish kuchiga kо‘ка molekulalar «jamg‘armasini» hosil qiladi.Buningbiologik ma’nosi shundaki, suvning bugianishi hattoki uncha katta miqdorda boimasa ham ko‘p issiqlik berishi mumkin.


Suv muammosi


Maʼlumki sayyoramizning 70 % suv bilan qoplangan, bu suvning katta qismi butunlay muzlab qolgan yoki isteʼmol uchun yaroqsizdir. Yerdagi chuchuk suvning deyarli uchdan ikki qismini Antarktida muzliklari tashkil etadi. Yerdagi koʻllar va daryolarda taxminan 85 ming kilometr kub suv oqadi, bu suvlarga u yoki bu jihatdan inson taʼsir koʻrsatadi. Ayrim bashoratlarga koʻra, 2025 yilga kelib 52 ta mamlakat aholisi chuchuk suv tanqisligi muammosiga duch keladilar. Sayyoramizning turli nuqtalarida daryolarni qoʻriqlash faoliyati bilan shugʻullanuvchi koʻpgina tashkilotlar mavjud. Yerdagi eng azim daryolar va ularning ekologik xolatini koʻrib chiqamiz. Amazonka Amazonkaning maydonini AQsh xududi bilan solishtirish mumkin. Bu xudud turli xil ajoyib biologik turlarga boy. Bu erda sayyoramizdagi tropik oʻrmonlarning yarmidan koʻpi (deyarli 60 %) oʻsadi hamda Janubiy va Shimoliy Amerika iqlim sharoitlari tartibga solib turishda muhim ahamiyatga ega. Amazonkaning uzunligi 6400 kilometr. Oʻzining joylashishiga koʻra, Amazonka uzoq vaqt davomida inson taʼsiridan himoyalangan edi, lekin endilikda vaziyat oʻzgarmoqda. Braziliya xukumati taxminan 60 ta damba qurishni rejalashtirmoqda. Shu kabi loyihalar erli aholi va milliy bogʻlarga salbiy taʼsir etishi mumkin. Missisipi Amerikaning eng katta daryosi Missisipi AQshning Minnesota shtatidan boshlanadi va 4 ming kilometrga oqib borib Meksika koʻrfaziga quyiladi. Inson taʼsiri tufayli u xozirda yordamga muxtoj. Xar yili Missisipi deltasining 30 kilometri yoʻqolib bormoqda: koʻpgina damba, shlyuz, bir necha kilometrlarga choʻzilgan toʻgʻonlar tufayli daryoga avvalgi qayirning 10 % kelib tushadi xalos. Missisipini himoya qilish va suv muammosini echishda har yili yangi loyihalar ishlab chiquvchi koʻplab tashkilotlar mavjud.
Dunay Dunay daryosi Gʻarbiy Germaniyadan boshlanib 2800 kilometr masofani AvstriyaMojaristonXorvatiyaSerbiyaRuminiyaUkraina xududlari orqali oqib oʻtib Qora daryoga quyiladi. Daryo 19 ta mamlakat xududini kesib oʻtadi va shuning uchun dunyodagi eng „koʻp millatli“ daryo hisoblanadi. Dunay 150 yildan ortiq vaqt mobaynida insonlar tomonidan ishlatilib kelayotgan rang-barang ekologik va biologik tizimga ega. Bugungi kunda Dunayning 80 % botqoq erlari dambalar qurish, koʻmib yuborish tufayli yoʻqolib ketgan. Butun jahon yovvoyi tabiat federatsiyasi va shunga oʻxshash tashkilotlar mazkur xududlarni qayta tiklash va qoʻllab-quvvatlash ustida toʻxtovsiz ish olib bormoqdalar. Mekong Mekong daryosi Janubiy-Sharqiy Osiyoning ekologik tizimining muhim qismi hisoblanadi.U Xitoydan boshlanib 4900 kilometr masofani Birma, Laos, TaylandKambodja va Vyetnam xududi orqali bosib oʻtadi. Mekong baliq xoʻjaligi riojlanishini taʼminlaydi, dunyodagi bioxilma-xillik darajasi boʻyicha ikkinchi oʻrinda turadi, 60 milliondan ortiq inson oziq-ovqat, suv va transport bilan taʼminlanadi. Mekong oʻzani boʻylab qurilgan xitoy dambalari ekotizimga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Bunday dambalarning qurilishiga qarshi va daryoning ekologik tizimini saqlab qolishga „Mekongni saqlab qolish“ kabi tashkilotlar harakat qilmoqdalar. Yanszi Uzunligi boʻyicha dunyoda uchinchi, Xitoyda eng uzun hisoblangan daryo Yanszi daryosidir. Uning uzunligi 64000 kilometrdir. Yanszi — gidroeletroenergiya manbaidir. Daryo xududida „Uch dara“ toʻgʻoni joylashgan. Toʻgʻonning qurilishi 1992 yilda boshlagan boʻlib, 1,2 million odam boshqa xududga koʻchib oʻtishga majbur boʻlgan, yuzlab fabrikalar, shaxtalar va chiqindixonalar suv ostida qoldi. Natijada daryo ifloslandi va Xitoyning baliqchiligiga tahdid soluvchi koʻpgina koʻchkilar sodir boʻldi. 2011 yilga kelibgina Xitoy xukumati mavjud muammoni rasman tasdiqladi. Nil Dunyodagi eng uzun daryo Nil daryosi boʻlib, uning uzunligi 6,5 ming kilometr. Nil shimoliy-sharqiy Afrika boʻylab oqib oʻtib Misr xududidagi Oʻrtaer dengiziga quyiladi. Daryo resurslaridan ekologik jihatdan oqilona foydalanish ustida „Nil havzasi“ tashkiloti ish olib boradi. Kongo Kongo daryosida soniyasiga 500 ming kub metr suv oqib oʻtadi, bu dunyodagi eng boy daryodir. Daryoning ifloslanishi tuproq eroziyasi, shahar chiqindilari, chiqindilar, koʻp xollarda daryo boʻylab insonlarning sayohatlari sababdir. Kongo Afrikaning harakatlanish tizimidir. Yaqin kelajakda Kongo Demokratik Respublikasida erdagi eng katta gidroelektrostansiya qurish rejalashtirilgan.



Yüklə 89,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə