Alisher navoiyning “arba’IN” asariga qisqacha sharh nilufar Mamatqulova



Yüklə 320,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix09.04.2023
ölçüsü320,34 Kb.
#104808
1   2   3
alisher-navoiyning-arba-in-asariga-qisqacha-sharh

ǀ
ISSUE 5 
ǀ
2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 187
Chun tog'din najot topqaylar,
Ujmoq ichra hayot topqaylar.
Demak, asar xalqni jaholatdan asrash, uning ilmli va ma’rifatli bo'lishini istash 
maqsadida yozilgan. Darhaqiqat asarda pand-nasihat mavzusidagi qirqta hadis 
tanlanib, ular nihoyatda katta mahorat bilan o'zbek tilida talqin qilingan. Bu ishning 
qanday darajada amalga oshirilganini aniq tasavvur ettirish maqsadida ulardan 
ayrimlarini nazardan o'tkazish ma’qul.
1. “Hadisning asli: al-ilmu lo yubxalu minhu”, ya’ni: ilmni to'hfa qilishda
(o'rgatishda) baxillik qilma. Abdurahmon Jomiyning sharhi:
Ey, garonmoya mardi donishmand,
Ki turo ilmi din buvad ma’lum.
Musta’idro az on mashav mone’,
Mustahiqro az on makun mahrum.
Alisher Navoiyning tarjima-sharhi:
Ey xiradmand olimeki senga,
Ilmi din ro'ziy ayladi sone’.
Kishi o'rgansa, qilmag'il mahrum,
Yoki naf’ olsa, bo'lmag'il mone’.
Keltirilgan misolda arab, fors va turkiy tillar qatnashmoqda. Arab tilidagi asl 
matn nihoyatda ixcham bo'lib, to'rt so'zdan tashkil topgan. Jomiy va Navoiy misralari
esa asliyatning so'zma-so'z tarjimasi bo'lmay, balki badiiyat qonuniyati asosida amalga 
oshirilgan to'rt misralik qit’a talablariga muvofiq sharhlardir, ularda qofiya bor, vazn 
bor. Jomiy va Navoiy sharh-qit’alarining birinchi baytida olim-donishmandga
murojaat qilish bor. Bu murojaat asliyatda yo'q, demak ular sharhlovchilarning ilovasi. 
Qit’alarning ikkinchi baytida esa hadisning mazmuni qamrab olinib, ular asosiy 
maqsadni ifodalovchi yakuniy baytga aylanganlar. Shunday qilib, bu sharhlar hadis 
ruhidagi axloqiy mavzudan bahs yurituvchi mustaqil qit’alardir.
2. Hadisning asli: “xayr un-nasi man yanfa’ un-nasa,” ya’ni yaxshi odam ulki, 
odamlarga nafi tegadi yoki odamlarga foydasi tegadigan kishi yaxshi odamdir.
Abdurahmon Jomiy sharhi:
Ey, ki pursi ki behtarin kas kist?
Go'yam az qavli behtarin kason:
Behtarin kas kase buvad, ki zi xalq
Besh boshad ba xalq naf’rason.
Alisher Navoiyning tarjima-sharhi:
Xalq aro yaxshiroq, deding, kimdur?
Eshitib, ayla shubha raf’andin.
Yaxshiraq bil oni ulus orakim
Yetsa ko'proq ulusqa naf’andin.


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 

Yüklə 320,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə