|
Alisher navoiyning “arba’IN” asariga qisqacha sharh nilufar Mamatqulovaalisher-navoiyning-arba-in-asariga-qisqacha-sharhǀ
ISSUE 5
ǀ
2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 187
Chun tog'din najot topqaylar,
Ujmoq ichra hayot topqaylar.
Demak, asar xalqni jaholatdan asrash, uning ilmli va ma’rifatli bo'lishini istash
maqsadida yozilgan. Darhaqiqat asarda pand-nasihat mavzusidagi qirqta hadis
tanlanib, ular nihoyatda katta mahorat bilan o'zbek tilida talqin qilingan. Bu ishning
qanday darajada amalga oshirilganini aniq tasavvur ettirish maqsadida ulardan
ayrimlarini nazardan o'tkazish ma’qul.
1. “Hadisning asli: al-ilmu lo yubxalu minhu”, ya’ni: ilmni to'hfa qilishda
(o'rgatishda) baxillik qilma. Abdurahmon Jomiyning sharhi:
Ey, garonmoya mardi donishmand,
Ki turo ilmi din buvad ma’lum.
Musta’idro az on mashav mone’,
Mustahiqro az on makun mahrum.
Alisher Navoiyning tarjima-sharhi:
Ey xiradmand olimeki senga,
Ilmi din ro'ziy ayladi sone’.
Kishi o'rgansa, qilmag'il mahrum,
Yoki naf’ olsa, bo'lmag'il mone’.
Keltirilgan misolda arab, fors va turkiy tillar qatnashmoqda. Arab tilidagi asl
matn nihoyatda ixcham bo'lib, to'rt so'zdan tashkil topgan. Jomiy va Navoiy misralari
esa asliyatning so'zma-so'z tarjimasi bo'lmay, balki badiiyat qonuniyati asosida amalga
oshirilgan to'rt misralik qit’a talablariga muvofiq sharhlardir, ularda qofiya bor, vazn
bor. Jomiy va Navoiy sharh-qit’alarining birinchi baytida olim-donishmandga
murojaat qilish bor. Bu murojaat asliyatda yo'q, demak ular sharhlovchilarning ilovasi.
Qit’alarning ikkinchi baytida esa hadisning mazmuni qamrab olinib, ular asosiy
maqsadni ifodalovchi yakuniy baytga aylanganlar. Shunday qilib, bu sharhlar hadis
ruhidagi axloqiy mavzudan bahs yurituvchi mustaqil qit’alardir.
2. Hadisning asli: “xayr un-nasi man yanfa’ un-nasa,” ya’ni yaxshi odam ulki,
odamlarga nafi tegadi yoki odamlarga foydasi tegadigan kishi yaxshi odamdir.
Abdurahmon Jomiy sharhi:
Ey, ki pursi ki behtarin kas kist?
Go'yam az qavli behtarin kason:
Behtarin kas kase buvad, ki zi xalq
Besh boshad ba xalq naf’rason.
Alisher Navoiyning tarjima-sharhi:
Xalq aro yaxshiroq, deding, kimdur?
Eshitib, ayla shubha raf’andin.
Yaxshiraq bil oni ulus orakim
Yetsa ko'proq ulusqa naf’andin.
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2
Dostları ilə paylaş: |
|
|