ǀ
ISSUE 5
ǀ
2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 188
Umumiy yo'nalish, ya’ni tarjima-sharhlik nuqtai nazaridan bu misol ham
avvalgisiga o'xshash bo'lsa-da, ammo buning o'ziga xos tomonlari ham bor. Bu o'ziga
xoslikning birinchisi shundan iboratki, arab tilidagi matnda saj’ san’ati (nasi-nasa)
ko'zga tashlanadi. Hadis o'z ruhi bilan savol-javob uslubini esladi. Ana shu uslub Jomiy
va Navoiy sharhlarida ham mavjud. Shuning uchun har ikki muallif qit’alarining
birinchi bayti shoirlarning savol beruvchi shaxsga murojaati shaklini olgan bo'lsa,
ikkinchi baytlar unga javob tarzida bo'lib, hadisning mazmunini o'zlarida mujassam
etganlar. Ikkinchidan, hadisning birinchi qismidagi “xayr un-nasi” – “yaxshi odam”
iborasi Jomiyda uch marta “behtarin kas” tarzida takrorlangan bo'lsa, Navoiyda
“yaxshiroq kim” iborasi ikki marta ishlatilib, asosiy urg'u shunga qaratiladi hamda
oxirda unga javob beriladi. Shunday qilib, Jomiy ham, Navoiy ham bu xulosani
fikrning yuqori nuqtasi darajasiga ko'taradilar va o'quvchini unga zinama-zina olib
chiqadilar.
Sunday qilib, Alisher Navoiyning “Arba’in hadis” yoki “Arba’in” deb ataluvchi
asari hadislar misolida muallifning hayot va insoniylikka doir mulohaza va
mushohadalarini yaqqol gavdalantiradi.
REFERENCES
1. Navoiy Alisher. Vaqfiyya / Nashrga tayyorl. I.SHamsimuhamedov. T. : Fan, 1991.
2. Munojot / Nashrga tayyorl. va lug’atlar muallifi: Suyima G’ani qizi. T.: Adabiyot va
san’at, 1991.
3. Arba’iyn / Nashrga tayyorl. Karimbek va Saidbek Hasan; SHarhlovchi A.Rustam. T.:
Meros, 1991.
4.
www.ziyonet.uz
Dostları ilə paylaş: |