Almashtirish usuli bilan yechiladigan masalalar



Yüklə 3,88 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü3,88 Kb.
#158845
Almashtirish usuli bilan yechiladigan masalalar

Almashtirish usuli bilan yechiladigan masalalar.

  • Almashtirish usuli bilan yechiladigan masalalar. Bu tip masalalarining bunday nomlanishiga sabab, masalada ikki yoki bir necha miqdor qatnashib ularning biri ikkinchisiga almashtirib olib yechiladi. Masalada miqdorning qaysi biri almashtirilgan bo’lsa dastlab o’sha miqdor topiladi.

Quyidagi masalani yechaylik.
1- masala. Temir yo’lning qo’shimcha izida 14 ta pasajir vagoni va 48 ta yuk vagoni qator turibdi. Ularning uzunligi 521m. Pasajir vagoni yuk vagonidan 4m uzun. Har qaysi xil vagonning uzunligini topish .
(ikki xil usul bilan yeching)
Masalaning qisqa sharti.
(chizma)
1 ta p.v. 1 ta yuk v. dan 4m uzun.
1 ta p.v. -? 1 ta yuk v. dan v -?
Yoki ushbu masala qisqa shartini jadval qo’rinishida ham byerish mumkin.



Vagonlar soni

1 vagon uzunligi

Sostav uzunligi

Yuk

48 ta

?

? 521

Pasajir

14 ta

?, 4m uzun

? 521

Yechish:
1-usul yuk vagonini passajir almashtirib olib yechamiz. 1) Barcha yuk vagonlari passajir vagonlari bilan almashtirilsa, sastav uzunligi necha metr ortiq bo’lar edi. 4 * 48 =192 (m) 2) jami vagonlar soni qancha? 14 + 48 =62 (ta passajir vagon)
3) 62 ta passajir vagon uzunligi necha metr? 521 + 192 =713 (m) 4) 1 ta passajir vagon uzunligi necha metr? 713 : 62 =11,5 (m) 5) bitta yuk vagonining uzunligi necha metr? 11.5 – 4 =7,5 (m) Javob: 11,5 metr; 7,5 metr.
2 – usul. (Passajir vagonini yuk vagoniga almashtirib olib yechamiz.) 1) Barcha passajir vagonini yuk vagoniga almashtirilsa, sastav uzunligi necha metr kam bo’lar edi? 4 * 14 =56 (m) 2) jami vagonlar soni qancha? 14 + 48 =62 (ta yuk vagon)
3) 62 ta yuk vagonlar vagon uzunligi necha metr? 521 – 56 =465 (m) 4) bitta yuk vagonining uzunligi qancha? 465 : 62 =7,5 (m) 5) 1 ta passajir vagon uzunligi qancha? 7,5 + 4 =11,5 (m) Javob: 7,5 metr; 11,5 metr.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Yüklə 3,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə