2. Maktabgacha ta’lim va umumiy ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar.
Maktabgacha ta’lim tizimi
uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘inidir.
Maktabgacha taʼlim, 6-7 yoshgacha oilada, bolalar bogʻchasida va boshqa taʼlim muassasalarida
olib boriladi.
Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha
axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Shu bois, bolalarning
sog‘lom va bilimli, yetuk kadrlar bo‘lib voyaga yetishida bog‘cha tarbiyasi juda muhim o‘rin
tutadi.
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog
kadrlar bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 30-
sentabrda «Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmonni
imzoladi.
Unga ko‘ra, Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Yangi vazirlik tizimiga
Qoraqalpog‘iston maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahri maktabgacha ta’lim bosh
boshqarmasi, viloyatlarning maktabgacha ta’lim boshqarmalari va ularning shahar va
tumanlardagi bo‘limlari kiradi.
O’zbekistonda maktabgacha ta`lim davlat tilida hamda qoraqalpoq, rus, tojik, qirg’iz, qozoq
va turkman tillarida olib boriladi.
Maktabgacha ta`lim muassasalari, faoliyat yo’nalishiga ko’ra, quyidagi turlarga bo’linadi:
·Bolalar yaslisi, bolalar yasli bog’chasi, bolalar bog’chasi, uydagi bolalar bog’chasi
(mustaqil muassasa yoki filial sifatida).
·Maktabgacha tarbiya va boshlang’ich ta`lim mussasasi (bolalar bog’chasi-maktab).
·Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yo’nalishda (til, badiiy estetik, sport va boshqalar)
tarbiyalovchi maktabgacha ta`lim muassasalari.
·Tarbiya jismoniy va ruxiy rivojlanishdagi og’ishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi
turdagi bolalar bog’chasi.
·Tibbiyot gigiena, profilaktika va sog’lomlashtirish, tadbir va proseduralarini amalga
oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sog’lomlashtirish bog’chasi.
·Birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasiga
rivojlantiruvchi, tiklovchi va sog’lomlashtiruvchi guruhlar umumlashtirilgan ko’rinishda kiradi).
O‘zbekistonda barcha jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati,
ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqeyi, turar joyidan qat’i nazar, har kimga bilim
olishda teng huquqlar kafolatlandi.
1996–1997-o‘quv yilidan boshlab maktablarning birinchi sinflarida o‘qish yangi alifbo
asosida olib borildi. Yangi imlo, alifboda o‘qitish uchun zarur dastur, qo‘llanma va darsliklar
yaratildi.
1992-yildagi qonun asosida
Dostları ilə paylaş: |