umumiy ta’lim
quyidagi bosqichlar bo‘yicha amalga oshirila
boshlandi.
I bosqich – boshlang‘ich ta’lim (1–4 sinf);
II bosqich – asosiy (tayanch) maktab (4–9 sinf);
III bosqich – yuqori o‘rta maktab (10–11 sinf);
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun asosidagi ta’lim shakllari 9 yillik umumiy o‘rta ta’lim
savodxonlik asoslarini, umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni
shakllantirishga qaratilgan. Bolalar birinchi sinfga 6–7 yoshdan qabul qilinadi. Umumiy o‘rta
ta’lim kerakli bilimlar hajmiga asos solish, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyatlari va amaliy
tajriba ko‘nikmalarini rivojlantirish, dastlabki kasbiy yo‘nalish va navbatdagi ta’lim bosqichini
tanlashga zamin yaratish asosiy maqsad qilib qo’yilgan edi.
1990-2010 yillarda umumta'lim maktablari o'quvchilari soni (1-9 sinf) 4053,0 ming kishidan
4676,1 ming kishiga o'sdi. 7 (6) yoshgacha bo'lgan bolalarning maktab ta'limi qamrab olinganligi
darajasi shu davrda 92,1% dan 99,3%ga, darsliklar bilan ta'minlanish darajasi 55,4%dan 100%ga,
kompiyuter o'quv xonalari bilan ta'minlanish, mak-tablar sonidan foiz nisbatida 2,4%dan 68,2%ga
o'sdi.
Shu davr mobaynida 300 ga yaqin yangi turdagi ta’lim muassasalari ochildi. Oliy o‘quv
yurtlari qoshida 46 ta litsey tashkil etildi, 800 ga yaqin o‘quvchi chet ellarda ta’lim oldi, ko‘pgina
o‘qituvchilar xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish maqsadida chet mamlakatlarga
borib qaytdi.
O‘rta maxsus ta’lim sohasida viloyatlarda, joylarda biznes maktabi, kichik va o‘rta maktab
uchun kasb-hunar kurslarining ochilishi, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda, yangi
mutaxassislik (fermer, soliq va bojxona xodimi, audit va hokazo)lar kiritildi.Unga binoan,
yurtimizda 1997-yildan boshlab hozirga qadar 1400 dan ortiq kasb-hunar kolleji, 200 ga yaqin
akademik litsey bunyod etildi.
Ular sohalar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalariga ham biriktirilishi
tufayli bu bosqichda o‘quv jarayoni samarali tashkil etilib, kollej bitiruvchilarini ish bilan
ta’minlanishiga e’tibor qaratilganiga qaramay, bu borada qoniqarli natijaga erishilmadi.
Prezidentning 2004-yildagi farmoni asosida 2004–2009-yillarda maktab ta’limini
rivojlantirish davlat umummilliy dasturi qabul qilindi. Dastur doirasida yangi maktablar qurildi,
boshqalari kapital ta’mirlandi; aniq va tabiiy fanlardan o‘quv laboratoriyalar zarur uskunalar bilan
jihozlandi.
Umumiy o‘rta, umuman, ta’limning barcha bosqichlarida yangi o‘quv dasturlari, davlat
ta’lim standartlari yaratildi. Maktab darsliklari tamomila yangilandi hamda fan va amaliyot
yutuqlari bilan boyitish bo‘yicha takomillashtirib borildi. Multimedia o‘quv adabiyotlari ham
yaratilishi yo‘lga qo‘yildi. Respublikada 10 mingga yaqin maktablar ishlab turibdi.
2004-2010 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi amalga
oshirildi. Buning natijasida 7800 dan ziyod umumta'lim maktabi yangitdan qurildi, ta'mirlandi va
rekonstruksiya qilindi, ularning umumiy soni esa 9860 taga etdi. 8 mingdan ortiq ta'lim muassasasi
kapital ta'mirlandi, gaz va suv bilan ta'minlandi, markazlashtirilgan kanalizasiya tarmoqlariga
ulandi .
2011 yilda eng zamonaviy o'quv va laboratoriya jihozlari bilan ta'minlangan, 46300
o'quvchiga mo'ljallangan 166 ta yangi maktab qurildi va rekosntruksiya qilindi, 151 ta maktab
kapital ta'mirlandi. 852 ta maktabda zamonaviy o'quv kompiyuter sinflari tashkil etildi. 9400 dan
ziyod umumta'lim maktabi yoki jami maktablarning 96%i ZiyoNET elektron axborot tarmog'iga
ulangan .
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari,
ta’lim tizimi, uning boshqaruv tarkibi, pedagog hodimlarning burch va mas’uliyatlari aniq belgilab
berildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida 10 mingdan ortiq xalq ta’limi xodimiga davlat uylari,
22 mingdan ortiq xodimga esa tashkilot va muassasalar tasarrufidagi uylar bepul xususiylashtirilib
berildi. 50 mingdan ortiq pedagog xodimga shaxsiy qurilish uchun yer maydonlari ajratildi.
Qishloqlarda istiqomat qiladigan pedagog xodimlarning hammasi kommunal xizmat uchun
to‘lovlardan ozod etilgan bo‘lsalar, shaharliklar uning 50 foizi miqdorida to‘lab bordilar.
Keyinchalik kommunal xizmat bo‘yicha bu imtiyozlar oylik maoshlariga qo‘shib beriladigan
kompensatsiya bilan almashtirildi.
2017-yil umumta’lim va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida tub islohotlar yili bo‘ldi.
Xalq qabulxonalari va Prezidentning virtual qabulxonasiga tushgan taklif va mulohazalar,
shuningdek, respublika maktablaridagi bitiruvchilarning ota-onalari o‘rtasida o‘tkazilgan
so‘rovnoma natijalaridan kelib chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 9+3, ya’ni
12-yillik majburiy ta’limdan 11-yillik ta’limga qaytildi.
2017-yilning o‘zida 10-sinf o‘quvchilari uchun 9 mln. nusxa darsliklar chop etildi va 10
mingga yaqin umumta’lim maktabida 11-yillik ta’limga o‘tilgan holda o‘qitish tizimi yo‘lga
qo‘yildi.
Mamlakatimizda maktab o'quvchilarining «Umid nihollari» , kollej va lisey o'quvchilarining
«Barkamol avlod» hamda talabalar Universiadasining har yillik musobaqalarining jahonda
o'xshashi bo'lmagan uch bosqichli tizimi yaratilgan.
Barcha o'quv muassasalarida, shu jumladan, qishloqlarda ham xalqaro mezonlar bo'yicha
jihozlangan sport zallari, sport majmualari mavjud. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi joriy etilgan
yilda mamlakatimizdagi maktab o'quvchilari tomonidan xalqaro fan olimpiadalari tomonidan 152
ta medali, shu jumladan, 29 ta Oltin medali qo'lga kiritildi.
O’zbekiston Oliy o'quv yurtlarining ko'plab talabalari turli fanlar bo'yicha xalqaro
olimpiadalarning g'oliblaridir. Bizning yosh musiqachilarimiz va rassomlarimiz orasida turli
nufuzli xalqaro tanlovlar sovrindorlarining soni ortib bormoqda. Olimpiada o'yinlarida jahon va
mintaqa chempionatlarida, boshqa musobaqalarda yosh o'zbek sportchilarining g'alabalari
Vatanimiz dong'ini butun dunyoga taratmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash
va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari
to'g'risida”gi qaroriga muvofiq fan olimpiadalari g'oliblarini rag'batlantirishning yangi tizimi joriy
etildi.
Olimpiadada g'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchilar va ularning o'qituvchilari bir martalik pul
mukofotlari bilan taqdirlanadi. Shuningdek, quyidagi fanlar bo'yicha olimpiada g'oliblari davlat
OTMlariga test sinovisiz va qo'shimcha imtihonsiz imtiyozli qabul qilinishi ham belgilab qo'yildi:
1. Xalqaro matematika olimpiadasi – International Mathematical Olympiad (IMO)
2. Xalqaro fizika olimpiadasi – International Physics Olympiad (IPhO)
3. Xalqaro kimyo olimpiadasi – International Chemistry Olympiad (IChO)
4. Xalqaro biologiya olimpiadasi – International Biology Olympiad (IBO)
5. Xalqaro informatika olimpiadasi – International Olympiad in Informatics (IOI).
2019 yilda O’zbekiston terma jamoasi Xalqaro olimpiadalarda jami 8 ta medalni qo'lga
kiritdi. Jumladan, 11-22 iyuli kunlari Buyuk Britaniyaning Bat shahrida bo'lib o'tgan 60-Xalqaro
matematika olimpiadasida (IMO) O’zbekiston jamoasi 1 ta bronza medali (2018 yilda medal
olinmagan) va 3 ta diplom, 14-21 iyuli kunlari Vengriyaning Seged shahrida bo'lib o'tgan 30-
Xalqaro biologiya olimpiadasida (IBO) O’zbekiston jamoasi 3 ta bronza medali (2018 yilda medal
olinmagan), 21-30 iyuli kunlari Fransiyaning Parij shahrida bo'lib o'tgan 51-Xalqaro kimyo
olimpiadasida (IChO) O’zbekiston jamoasi 2 ta kumush va 2 ta bronza medali (2018 yilda 2 ta
bronza medali) sohibi bo'ldi.
2020 yilgi natijalarga ko'ra, Yaponiya tomonidan tashkil qilingan IBO2020 Challenge —
Xalqaro biologiya olimpiadasida 52 ta davlatdan 262 nafar ishtirokchi qatnashdi. Masofaviy tarzda
o'tkazilgan ushbu olimpiada natijalariga ko'ra, O’zbekiston terma jamoasi a'zosi mamlakat tarixida
ilk bor biologiya yo'nalishida oltin medalni qo'lga kiritdi.Shu bilan bir qatorda, olimpiadada 2 ta
kumush medali ham O’zbekistonlik akademik lisey o'quvchilari tomonidan egallandi.
Shuningdek, O’zbekistonda tashkil etilayotgan prezident maktablari yangi avlod kadrlarini
tarbiyalashda muhim asos bo'lishi kutilmoqda. Chunki bu o'quv maskanlari iqtidorli bolalarni
aniqlash, ilg'or texnologiyalarni qo'llagan holda ularga saboq berish va tarbiyalash bo'yicha yaxlit
tizim bo'ladi. Prezident maktabida o'quv jarayoni tubdan yangi texnologiyalar asosida tashkil
etilgan bo'lib, Kembrij universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o'quv rejalar va dasturlar
bo'yicha ingliz tilida amalga oshiriladi. Prezident maktablarida “STEAM” fanlar – tabiiy fanlar,
texnologiya, texnik ijodiyot, san'at, matematika chuqurlashtirib o'rgatiladi. O’n nafar xorijlik
mutaxassislar o'quvchilarga dars beradilar. Bunday maktablar Toshkent, Namangan, Nukus, Xiva
shaharlarida ochildi va loyihaga muvofiq Buxoro, Jizzax, Qarshi, Samarqand va Farg’onada ham
qurilish ishlari olib borilmoqda.
Prezident maktablarining 9-11-sinflarida ta'lim olish o'quvchilarning qiziqishlariga ko'ra
ayrim fanni tanlash va ularni o'rganish darajasini inobatga olgan holda individual o'quv jarayoni
asosida amalga oshiriladi. Prezident maktablari bitiruvchilari belgilangan tartibda davlat
tomonidan tasdiqlangan shahodatnoma, attestat bilan bir qatorda, xalqaro darajadagi tegishli dastur
diplomi (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced
Levels)ga ega bo'ladi.
Bu esa o'z navbatida xorijiy oliy o'quv yurtlariga kirish imkonini beradi. Kembrij
Universitetining Cambridge Assessment International Education brendi ostida faoliyat yurituvchi
Imtihon Kengashi Prezident maktablariga qabul imtihonlarini tashkil etishi kutilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |