Amaliy fanlar unversiteti bt 23-02D guruh talabasi Mavlonova Surayyo Raxim qizi Fanning nomi: Boshlang’ich ta’limda ona tili


Olmoshlar quyidagi o‘ziga xosliklarga egaligi bilan xarakterlanadi



Yüklə 14,43 Kb.
səhifə3/4
tarix29.11.2023
ölçüsü14,43 Kb.
#141026
1   2   3   4
Mavlonova Surayyo

Olmoshlar quyidagi o‘ziga xosliklarga egaligi bilan xarakterlanadi:

  • 1. Olmoshlar boshqa turkumlardan farqli ravishda so‘z yasalish tizimi-ga ega emas. Ya’ni boshqa so‘zlaridan olmosh yasalmaydi. Olmoshlar-dan affikslar orqali sanoqli so‘z yasalishi mumkin: manmanlik, men-simaslik, sensirash, shunday. Shuningdek, olmoshlar ba’zi so‘zlar bilan birikib boshqa turkumga ko‘chadi: qayerda, ozmuncha, o‘zboshimcha.
  • 3. Olmoshlar otlarga xos so‘z o‘zgartuvchilarni qabul qiladi: kimni, bizga, hech kimdan kabi. Ba’zi olmoshlar o‘zgartuvchi qo‘shimchalar bilan qo‘llanganda turli fonetik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi: sen+ing, men+i; u+n+ga, shu+n+ga kabi.
  • 4. Olmoshlar egalik affikslari bilan qo‘llanishda ayrim xususiyatlar mavjud: 1) ot tipidagi so‘roq, bo‘lishsizlik, belgilash, o‘zlik olmoshlari egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanadi: kimi, nimasi, hech kimim, hech nimam, o‘zim, o‘zing, o‘zi, hammasi, barchasi kabi; 2) paytga nisbatan so‘roq ishlatiladigan va sabab - maqsadni aniqlash uchun ishlatiladigan so‘roq olmoshlari, I, II shaxs kelishik olmoshlari egalik affiksini olmaydi,
  • Ko‘plik qo‘shimchasi I shaxs birlikdagi kishilik olmoshiga qo‘shilmaydi (men+lar tarzida ishlatilmaydi). II shaxs birlikdagi kishilik olmoshiga -lar qo‘shimachasi qo‘shilsa ko‘plik emas, hurmatsizlik, mensimaslik ma’nosi hosil bo‘ladi: Senlar. I-II shaxs ko‘pligi esa, bir so‘zlovchi va boshqalar, bir tinglovchi va boshqalar kabi ma’noga ega bo‘lib, guruh ifodalash uchun xizmat qiladi: bizlar, sizlar (biz va boshqalar) kabi. Ma’no va gapdagi vazifasiga ko‘ra olmoshlar a) ot vazifasidagi olmoshlar, b) sifat vazifasidagi olmoshlar, g) son vazifasidagi olmosh-lar, d) ravish vazifasidagi olmoshlarga bo‘linadi: 1) men, sen, biz, siz, u, kim, nima, har kim, hamma, hech nima kabi ot vazifasidagi olmoshlar shaxs va narsaga ishora qilib, otlarga xos so‘z o‘zgartiruvchi-larni qabul qiladi va gapda ega, to‘ldiruvchi, qaratqichli aniqlovchi vazifasini bajaradi
  •  Kishilik olmoshlari nutq so‘zlanayotgan paytda ishtirok etgan yoki tilga olingan shaxs va narsaga ishora qiluvchi so‘zlardir. Kishilik olmoshlari asosan ot o‘rnida qo‘llanadi va uch shaxsni ifodalaydi: 1-shaxs (men) – so‘zlovchi, 2-shaxs (Sen) – tinglovchi, 3-shaxs (u) – nutq jarayonida ishtirok etmaydigan, so‘zlovchi va tinglovchi tomonidan eslatilgan shaxs yoki narsani ifodalaydi. Ko‘plikda esa 1-shaxs (biz) – so‘zlovchi va boshqa shaxslarni, 2-shaxs (siz) tinglovchi va boshqa shaxslarni, 3-shas (ular) nutq jarayonida ishtirok etmaydigan birdan ortiq shaxs yoki narsani ifodalaydi.

Yüklə 14,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə