Amaliy fanlar unversiteti bt 23-02D guruh talabasi Mavlonova Surayyo Raxim qizi Fanning nomi: Boshlang’ich ta’limda ona tili



Yüklə 14,43 Kb.
səhifə2/4
tarix29.11.2023
ölçüsü14,43 Kb.
#141026
1   2   3   4
Mavlonova Surayyo

Sonning ma’no turlari

  • Sonlar ma’no jihatdan, dastlab, ikki guruhga bo‘linadi: 1) miqdor son, 2) tartib son. Miqdor sonlar narsani sanash, donalash, taxminlash, taqsimlashga asoslangan umumiy qiymatini ifodalash uchun xizmat qiladi. Miqdor sonlar narsaning qiymatini ifodalash xususiyatiga ko‘ra uch guruhni tashkil qiladi: a) butun son narsa-buyumning miqdoriy butunligini ifodalaydi: Sanoq sonlar bir turdagi narsaning umumiy sanog‘i, sonning nomini ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan: bir, ikki, uch, to‘rt, besh. Sanoq sonlar numirativ so‘zlarsiz va numerativ so‘zlar bilan ishlatiladi: besh kishi, o‘n yil, uch qop un, o‘n olti tonna bug‘doy kabi. Dona sonlar bir turdagi narsani yakkalab, donalab sanaladigan umumiy miqdorini anglatadi va sanoq songa –ta affiksini qo‘shish orqali shakllanadi: beshta, o‘nta, ikkita. Biroq, -ta affiksi bir soniga qo‘shilganda r undoshi t tovushiga o‘zgaradi: bir+ta= bitta. Taqsim sonlar narsaning miqdor jihatdan teng bo‘linganligini ifodalaydi. Taqsim son quyidagicha hosil bo‘ladi: a) sanoq songa - tadan qo‘shimchasini qo‘shish bilan: beshtadan, to‘rttadan; b) dona sonlarni takror qo‘llash orqali: ikkita – ikkita, to‘rtta – to‘rtta. Bunday holda takror qo‘llangan sonning ikkinchisiga –tadan affiksi qo‘shilishi ham mumkin: ikkita-ikkitadan kabi.

Olmosh so‘z turkumi

  • Olmoshlar mustaqil so‘z singari shaxs, narsa, belgi yoki qiymat tushunchasini bildirmay, ular o‘rnida almashib keladigan, ularning mavjudligiga ishora qiladigan so‘zlardir. Masalan: men-shaxsga, nima-narsaga, shu, bu, o‘sha-belgiga, qancha, shuncha olmoshlari esa miqdor-ga ishora qilishi bilan o‘zaro farqlanadi. Olmoshlar aniq ma’no bilan mavhum ma’noning almashinib qo‘llanishini ta’minlaydigan so‘zlardir. Ularning qanday ma’noda qo‘llangani matnda ishtirok etuvchi til birlik-larining munosabatiga qarab oydinlashadi. Masalan: Shunday o‘lka doim bor bo‘lsin, gapidagi shunday olmoshi narsa belgisini boshqasiga taqqoslab ko‘rsatish uchun xizmat qilgan. Biroq, ba’zi olmoshlar, xususan, kim, men, sen, qanday olmoshlarini ot yoki sifat bilan almashtirib bo‘lmaydi. Qayd etilganlardan ma’lum bo‘ladiki, olmoshlar mustaqil so‘zlarning doimiy muqobili sifatida nutqning ixchamligi, qisqaligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Yüklə 14,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə