Amaliy ish mavzu: madagaskar kadastr ma’lumotlari



Yüklə 3,15 Mb.
səhifə3/3
tarix28.11.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#133138
1   2   3
samariddin

Tabiati

  • Qirgʻoqlari bir oz egri-bugri. Sharqiy sohilida qumtepalar bor, gʻarbiy qirgʻogʻini marjon riflari oʻrab olgan. Janubiy va shimoliy qirgʻoqlari baland va tik. Orol shimolidan jan.ga tomon 800 km choʻzilgan. Baland plato deb atalgan yassitoglik paleozoy oxirida Afrika materigidan ajralgan. Aksar qismining balandligi 800–1200 m, sharqiy chekkasi 1500 m. Orolning eng baland qismi uning shimolidagi Saratanana vulkanli massivida (2876 m). Soʻngan vulkan koʻp. Tez-tez zilzila boʻlib turadi, issiq buloklar bor. Grafit, xromit, kvars, slyuda, uran, oltin, qimmatbaho tosh va h.k.larning yirik konlari bor. Temir rudasi, toshkoʻmir, boksit zaxiralari mavjud.
  • Iqlimi tropik, shimoli-gʻarbida ekvatorial mussonli, sharqiy soxilida issiq va sernam. Oʻrtacha oylik temperatura 13— 20° dan 27—33° gacha. Yillik yogʻin 500– 3000 mm va undan ortiq. Daryo koʻp, noyabr—aprelda sersuv. Daryolarning quyi oqimida kema qatnaydi. Yirik daryolari: Sufia, Betsibuka, Maxavavi, Manguki, Unilaxi. Eng katta koʻli — Alautra. Baland platoning tuprogʻi qizil ferralit, kam unum. Vulkan jinslari ustida unumdor qora tuproqlar, sohillarda qizilsariq va qizil ferralit, jigarrang-qizil lateritlashgan, qizil-koʻngʻir tuproklar tarqalgan. Bu yerdagi oʻsimlik turlarining aksar qismi — mahalliy, jaydari oʻsimliklar (ravenala, angrekum orxideyasi). Sohilda palmazorlar, gʻarbida tikanli daraxt va butazorlar bor. Hududining 10% ga yaqini oʻrmon.
  • Hayvonlari: lemur va tenrek, yirtqichlardan viverralar (mangusta, fossa) bor. Qushlardan yashil toʻti, koʻk kaptar, sesarka, sultontovuq va h.k. yashaydi. Hameleon, gekkon, boʻgʻma ilon, timsoh kabi sudraluvchilar bor. Noyob va nodir hayvonlarni saqlash maqsadida Singi-dyu-Bemaraxa, Saratanana, Zahamena, Anduxaxelu, Andringitra qoʻriqxonalari, Ambr, Isalu milliy bogʻlari tashkil etilgan.
  • Aholisining 99% ga yaqini malagasilar. Fransuzlar, qamarliklar, arablar, hindlar, pokistonliklar ham yashaydi. Rasmiy tillari — malagasi va fransuz tillari. Aholining 45% mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi; 50% xristian, qolgan qismi musulmon. Aholining 22% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Antananarivu, Tuamasina, Maxadzanga, Anseranana, Fianaransua, Tuliara, Ansirabe.

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə