Amaliy Mashgʻulot 10-mavzu: Mahsulot(ish va xizmatlar)ni tannarxini kalkulyatsiyalari



Yüklə 148,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix19.12.2023
ölçüsü148,83 Kb.
#152198
1   2   3
10.Biznesda buxgalteriya hisobi amaliy mashg\'ulot

3-topshiriq.
Chorvachilik xarajatlari 
Xoʻjalik chorvachiligi sut va goʻsht yetishtirish uchun moʻljallangan. 
Xoʻjalikning yil boshida qora mollarining bosh soni 357 boshni tashkil etgan. 
Shundan 
mahsuldor hayvonlar 225 boshni tashkil qilsa, 128 bosh boʻrdoqiga 
boqilgan chorva mollarini tashkil qiladi. Ishchi hayvonlar esa 4 tani tashkil 
qiladi. Umumiy chorvachilikka qilingan xarajatlar quyidagicha: 
a) Mahsuldor hayvonlarga qilingan xarajatlar 
1. Yil boshidan sarflangan silos 54 600 sentner 
boʻlib, bir sentner 
silosning bahosi 15 000 soʻmni tashkil etadi. Shuningdek 12,5 tonna omixta 
yem va 15 tonna arpa kepagi sarflangan. 1 kg omixta yemning bahosi 1 050 
soʻmni tashkil qilsa, 1 kg arpa kepagining bahosi 1 020 soʻmni tashkil qiladi.
2. Xoʻjalik molxonasiga hisoblangan amortizatsiya qiymati 3 560 000 
soʻmni tashkil qiladi. 
3. Mahsuldor hayvonlar boʻlimida jami 12 ta ishchi ishlaydi. Bir ishchiga 
hisoblanadigan ish haqi 515 000 soʻmdan hisoblanadi. (Ishchilarga may 
oyigacha ish haqi hisoblansin) Ish haqidan 25% yagona ijtimoiy toʻlov, 
daromad soligʻi shkala asosida va byudjetdan tashqari fondga toʻlov 6,5% 
hisoblandi. 
4. Turli xil yuqumli kasalliklarga qarshi kurash vositalari hamda dori 
darmonlarga qilingan xarajatlarning umumiy qiymati 1 230 000 soʻmni tashkil 
etadi. 


64 
5. Mahsuldor chorva mollarini 
sunʼiy qochirish xarajatlari ham mavjud 
boʻlib, bu xarajatlarning umumiy qiymati 2 695 000 soʻmni tashkil qiladi. 
b) Boʻrdoqiga boqiladigan chorva mollariga qilingan xarajatlar: 
1. Yil boshidan sarflangan silos 38 625 sentner 
boʻlib, bir sentner 
silosning bahosi 15 000 soʻmni tashkil etadi. Shuningdek 8,3 tonna omuxta 
yem va 11,2 tonna arpa kepagi sarflangan. 1 kg omixta yemning bahosi 1 
050 soʻmni tashkil qilsa, 1 kg arpa kepagining bahosi 1 020 soʻmni tashkil 
qiladi.
2. Xoʻjalik molxonasiga hisoblangan amortizatsiya qiymati 2 023 530 
soʻmni tashkil qiladi. 
3. Boʻrdoqiga boqiladigan hayvonlar boʻlimida jami 8 ta ishchi ishlaydi. 
Bir ishchiga hisoblanadigan ish haqi 475 000 soʻmdan hisoblanadi. 
(Ishchilarga may oyigacha ish haqi hisoblansin) Ish haqidan 25% yagona 
ijtimoiy toʻlov, daromad soligʻi shkala asosida va byudjetdan tashqari fondga 
toʻlov 6,5% hisoblandi. 
4. Turli xil yuqumli kasalliklarga qarshi kurash vositalari hamda dori 
darmonlarga qilingan xarajatlarning umumiy qiymati 975 000 soʻmni tashkil 
etadi. 
Topshiriq: 1. Yuqoridagi xoʻjalik muomalalariga buxgalteriya 
provodkasini tuzing. 
2. Hisob-kitoblarni mustaqil bajaring. 
3. Qisqacha izoh bering. 

Yüklə 148,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə