Amaliy Python dasturlash tilida ma’lumot turlari


O’zgaruvchilar. O’zlashtirish operatori



Yüklə 55,32 Kb.
səhifə2/3
tarix30.12.2023
ölçüsü55,32 Kb.
#166519
1   2   3
Amaliy-1

O’zgaruvchilar. O’zlashtirish operatori.
Pythondagi o'zgaruvchilar C++ yoki Delphi dasturlash tillaridagi o’zgaruvchilardan tubdan farq qiladi. Python'da o’zgaruvchilar o'rniga “nom”lar, boshqacha aytganda “ism”lar atamasidan ham foydalaniladi.
Dasturlash tillarini o’zgaruvchilarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu xuddi insonlarning familiyasi yoki ismisiz ularga murojaat qilib bo’lmasliga o’xshatish mumkin. Dasturlash tilida sonlarni, matnlarni, belgilarni, sonlar ketma-ketligi ro’yxatini ifodalash uchun o’zgaruvchilardan foydalaniladi. O’zgaruvchilar deb ma’lumotlarni saqlash uchun xotiraning nomlangan qismiga aytiladi.
O’zgaruvchilarni ifodalashda lotin alifbosining katta (A-Z) va kichik (a-z) xarflaridan, raqamlardan (0-9), ost chizig’i ( _ ), shuningdek, kiril alifbosining harlaridan ham foydalanish mumkin. Bunda birinchi belgi lotin alifbosining xarflaridan so’ngra harf yoki raqamlardan tashkil topishi mumkin bo’ladi. Masalan, a, ism, yusa123 va boshqalar. Nomlayotganda ayrim xatoliklarga yo`l qo`yilishi mumkin, bular: 1son yoki 1_son. Bunday xato qilmaslik uchun doim nomlanayotgan o`zgaruvchi nomi oldidan xarf yoki ‘_’ belgisi foydalaniladi.
O’zgaruvchilarga qiymat berishda o’zlashtirish operatoridan foydalaniladi. U odatdagidek, “=” teng belgisi ko’rinishida bo’ladi. Qiymat berish operatori, ya’ni teng belgisining chap tomonida o’zgaruvchi o’ng tomniga son, arifmetik ifoda, funksiya yozilishi mumkin. Masalan, x = 5, yusa = s, y = z, ism = “Xasanboy” va boshqalar.
O’zgaruvchilar faqat raqamlardan iborat bo’lishi mumkin emas. Ularning uzunligi uchun chegara qo’yilmagan. O’zgaruvchilarni ifodalashda xizmatchi so’zlardan foydalanish tavsiya qilinmaydi.
Pythonda katta va kichik harflar bir-biridan farqlanadi, ya’ni D va d o’zgaruvchilar har xil o’zgaruvchilar hisoblanadi. Pythonda boshqa dasturlash tillaridan farqli o’zgaruvchilar va ularning tiplarini e’lon qilish talab etilmaydi. Bundan tashqari, o'zgaruvchining nomi Python tilidagi kalit so'zlarning nomi bilan bir xil bo'lmasligi kerak.


Yüklə 55,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə