Amaliy Python dasturlash tilida ma’lumot turlari



Yüklə 55,32 Kb.
səhifə1/3
tarix30.12.2023
ölçüsü55,32 Kb.
#166519
  1   2   3
Amaliy-1


Amaliy-1. Python dasturlash tilida ma’lumot turlari.

Butun, haqiqiy va kompleks sonlar.


Berilganlarni qayta ishlash, arifmetik amallarni bajarish uchun Python tilida butun, haqiqiy va kompleks sonlardan foydalaniladi. Python tilining kutubxonasida berilganlarning bir qator son tiplari bilan ishlashga mo’ljallangan metodlar mavjud.
Butun sonlar Python dasturlash tilida odatdagidek yoziladi. Ular yordamida odatdagi matematik amallar (qo’shish, ayrish, ko’paytirish, bo’lish, darajaga ko’tarish, sonning ishorasini o’zgartirish, sonning moduli, qoldiq, to’liqsiz bo’linma va boshq.) bajariladi.
Haqiqiy sonlar. Haqiqiy sonlarning butun va kasr qismi nuqta orqali ajratib yoziladi. Juda katta va juda kichik sonlarni yozishda “suzuvchi nuqtali” yozuvdan foydalaniladi. Bunda holda sonlar ikki qismga ajratilib, birinchi qismi o’nli kasr ko’rinishida bo’lib sonning mantissasi deyiladi. Ikkinchi qismi o’nning butun darajalari ko’rinishida ifodalanib, sonning tartibi deyiladi. Bu qismlar bir-biriga ko’paytirish belgisi orqali yoziladi. Masalan, erning massasi 5.9742*1024 , 1 gramm suvdagi molekulalar soni 3.7*1022 taga, molekula massasi 2.99*10-23grammga teng.
Python tilida sonlarning suzuvchi vergulli ko’rinishi quyidagicha yoziladi: avvalo sonning mantissasi, so’ngra e xarfi, undan so’ng sonning tartibi yoziladi. Yuqorida ko’rsatilgan sonlar 5.9742e24, 3.7e22 va 2.99e-23 ko’rinishida yoziladi.
Shuni takidlab o’tish kerakki, bo’lish / amalining natijasi hamisha haqiqiy (float) tipli bo’ladi. To’liqsiz bo’linma // natijasi hamisha butun (int) bo’ladi.
Kompleks sonlar.
Matematika kursida komplek sonlar bilan ish ko’riladi. a+bi ko’rinishidagi sonlar kompleks sonlar deb yuritiladi. Bunda a kompleks sonining haqiqiy qismi, b esa mavxum qismi deyiladi. Python dasturlash tilida kompleks sonlar ustida bevosita amallar bajarish imkoni berilgan.
Kompleks sonlar bilan ishlashda complex(a, b) funksiyasidan foydalaniladi. Bunda birinchi argument sonning haqiqiy qismi ikkinchisi mavxum qismi bo’ladi.

Yüklə 55,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə