QO’YCHILIK VA ECHKICHILIK fani (12 soat)
Amaliyotning maqsadi, vazifasi va talabalarni texnik xavfsizligi bilan
tanishitrilishidan boshlanadi.
Talabalarni qo’ychilik va echkichilik fanidan olingan nazariy bilimlarini
mustaxkamlash maqsadida va ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita ishtirok etishi
uchun qo’ychilikdagi mavsumlardan ishlab chiqarish texnologik amaliyotda
foydalaniladi. Bunda quyidagilarga e’tibor beriladi:
-
qo’ychilikning hozirgi holati, kelajakdagi istiqboli;
-
xo’jalikning tarixi;
-
iqtisodiy-moliyaviy ahvoli;
-
mehnatni va tabiatni maxofaza qilish chora tadbirlari bilan tanishish, biron bir
otarda qo’ylarni sun’iy qochirish va qo’zilatishda ishtirok etish;
-
ona bola qilish;
-
qo’zilarni yetimligini oldini olish usullarini o’rganish;
-
qo’zilarni baholash;
-
bonitirofka qilish, en solish va qo’shimcha baholashni o’rganish;
-
qo’zilarni 10-15 kunligida qo’shimcha baholash;
-
qo’zilarni so’yish, terisini shilish, konservalash va saqlash;
-
junlarini guruhlarga ajratish;
-
junining toza chiqimi;
-
junlarning nuqsonlarini paydo bo’lishi va ularni oldini olish;
-
junining baholash usullari;
-
po’stinbop qo’y terilarining xususiyatlarini, ularni tovarshunoslik nuqtai
nazaridan baholash va ularni klassifikatsiyasi;
-
barra terilarining o’ziga xos xususiyatlari va ularni baholash;
-
terilarni va junni davlatga sotishni o’rganish;
-
qorako’l terilarni xo’jalikda navlarga ajratish, mavsum mobaynida
qo’llaniladigan xujatlarni to’ldirish;
-
qo’chqorlarni aprobasiya qilishda qatnashish.
Fan uchun belgilangan bitiruv malakaviy ishi mavzusiga binoan tajribalar
o’tkaziladi va olingan ma’lumotlar yuzasidan hisobot yozilib, bitiruv malakaviy ishi
himoya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |