QISHLOQ XO’JALIK KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI
TASHKIL ETISH VA UNING IQTISODIYOTI fani (36 soat)
Xo’jalik yurituvchi subyektning (fermer xo’jaligi, shirkat xo’jaligi, agrofirma
yoki xususiy korxona) yer va mehnat resurslaridan, asosiy va aylanma vositalaridan
foydalanish holati bilan tanishish. Korxonaning biznes rejasi, uning asosiy
ko’rsatkichlari bilan tanishish. Ishlovchilar, texnikaning markasi bo’yicha soni,
ularldan foydalanish holati. Mehnatni tashkil etish va unga xaq to’lash,
rag’batlantirish. Xo’jalikka xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma obyektlari va ular
ko’rsatgan xizmatlar xajmi (qiymati). Xo’jalikda qoramolchilik (qo’ychilik,
parrandachilik, cho’chqachilik, baliqchilik, yilqichilik, asalarichilik, tuyachilik) ning
hozirgi holati. Poda harakati va poda tarkibi. Chorva mollarining yem-xashak bilan
ta’minlanganlik holati. Mollarning mahsulotdorligi va uni oshirish yo’llari.
Yetishtirilgan mahsulotlar tannarxining hozirgi ahvoli va uni pasaytirish
imkoniyatlari. Mahsulotlarning sotish baholari va ularni oshirish yo’llari.
Korxonaning samaradorlik ko’rsatkichlari. Foyda, ishlab chiqarish rentabelligi va
ularning hozirgi holati, oshirish imkoniyatlari kabilarni o’rganish.
Dostları ilə paylaş: |