Amaliyot hisoboti


Vazirlikning boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat



Yüklə 292,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix23.05.2023
ölçüsü292,74 Kb.
#112423
1   2   3   4
Davlat Safarov amaliyot hisoboti

Vazirlikning boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat 
hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik tartibi 
Hukumat, davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat boshqaruvi 
organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish sohasida 
Vazirlik: 
o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan hukumat, davlat va xo‘jalik 
boshqaruvi hamda mahalliy davlat boshqaruvi organlari, hududiy boshqarmalar, 
tuman (shahar) bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtiradi; 
Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha takliflar tayyorlashda va 
taqdim etishda belgilangan tartibda ishtirok etadi; 
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi nomutanosibliklarni bartaraf 
etish, iqtisodiyot tuzilmasini takomillashtirish, ishlab chiqarish kuchlarini 
joylashtirish, shuningdek, Vazirlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalar bo‘yicha 
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari bilan hamkorlik 
qiladi.
Vazirlik faoliyatini moliyalashtirish va uning xodimlarini moddiy 
rag‘batlantirish



Vazirlik faoliyatini moliyalashtirish va uning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish 
qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
 
Vazirlik xodimlarining ish haqlari qonunchilikda ko‘zda tutilgan lavozim 
maoshi, mukofot pullari, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va rag‘batlantirish 
to‘lovlaridan tashkil topadi. 
Vazirlik markaziy apparati, Vazirlikning hududiy bo‘linmalari, Vazirlikning 
tuman va shahar bo‘limlari, Vazirlik huzuridagi Mahallabay ishlash va 
tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash 
davlat jamg‘armasi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Biznes 
va tadbirkorlik oliy maktabi, Tarmoq bozorlari va ishlab chiqarishda mehnat 
unumdorligi markazi, Ma’muriy binolardan foydalanish boshqarmasi xodimlariga 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan quyidagi 
miqdorda ko‘p yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama to‘lanadi (rag‘batlantirish 
koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda): 
1 dan 3 yilgacha — 0,3; 
3 dan 5 yilgacha — 0,6; 
5 dan 10 yilgacha — 0,8; 
10 dan 15 yilgacha — 1,0; 
15 dan 20 yilgacha — 1,2; 
20 dan yuqori — 1,5. 
Ko‘p yillik ishlaganlik uchun ustama olish huquqini beruvchi ish staji 
Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan tartib asosida amalga oshiriladi. 
39. Vazirlik xodimlarining ish haqlarini to‘lash va moddiy rag‘batlantirishni 
amalga oshirishning manbasi bo‘lib mehnatga haq to‘lash fondi, Vazirlikning 
budjetdan tashqari rivojlantirish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi, 
budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus 
jamg‘armasi hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi. 
Vazirlikning budjetdan tashqari rivojlantirish va xodimlarni moddiy 
rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 31-
maydagi “Tovar-xomashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha 
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 251-son qaroriga muvofiq komission yig‘imlar 
hisobiga shakllantiriladi. 
Vazirlikning budjetdan tashqari rivojlantirish va xodimlarni moddiy 
rag‘batlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom Vazirlik va O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. 
Vazirlik hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlari faoliyatini 
saqlash va moliyalashtirish (shu jumladan moddiy rag‘batlantirish va ko‘p yillik 
xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish) Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan 



Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) 
hokimliklari xodimlari uchun belgilanadigan tartib va shartlar asosida 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjeti 
hisobidan amalga oshiriladi. 

Yüklə 292,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə