Amaliyotchi talabaga tavsifnoma



Yüklə 6,47 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü6,47 Kb.
#135346
Amaliyotchi talabaga tavsifnoma


AMALIYOTCHI TALABAGA TAVSIFNOMA
Termiz Davlat Pedagogika Instituti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi 3-kurs "302" guruh talabasi Ergasheva Muxlisaxon Vohidjon qizi Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 04.09.2023 dan 28.10.2023 gacha amaliyot o‘tash davri bo‘yicha
TAVSIFNOMA
Ergasheva Muxlisaxon Vohidjon qizi pedagogik amaliyotni o‘tash davrida o‘zining intizomi bilan boshqa talabalardan ajralib turdi. Dars mashg’ulotlarini tashkillashtirishda biologiya fani o‘qituvchisi Sh.Murodovaga astoydil ko‘makchi bo‘lib, o‘zining nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llashi bo‘yicha tirishqoqlik bilan faoliyat olib bordi. O‘qituvchilarni darsida faol ishtirok etib metodik tavsiyalar,usullarni o‘rgandi.
O‘qituvchilardan dars o‘tish metodlarini yaxshi o‘zlashtirib, o‘zi ham mustaqil tarzda darslarni o‘tkazdi. Amalyotning dastlabki oyi ya’ni fevral oyida yettinchi va toʻqqizinchi sinflarda sinov darsini mazmunli naʼmunali tarzda oʻtib oʻquvchi va oʻqituvchilarni oʻziga jalb qilaoldi. Amalyotning keyingi 2-oyi yaʼni oktabr oyining 03-kunida 8-“B”sinf o‘quvchilari bilan "Tayanch harakatlanish sistemasi" mavzusida ochiq dars o‘tkazdi.
Amaliyotchi talaba darsda “Swot tahlili” va "Moziyga nazar" metodi bo‘yicha darsni olib bordi. O‘quvchilarni kichik guruhlarga bo‘lib, ularni barchasini qiziqtira oldi. Dars davomida yangi uslub va usullardan foydalanildi. Bundan tashqari koʻrgazmali qirol (tarqatma savol, ksasword, plakat va buklid) lardan faydalandi. Dars oxirida guruh o‘quvchilarni yangi usul bilan rag’batlantirib, baholadi. Biologiya faniga qiziqqan o‘quvchilar bilan yaxshi aloqa o‘rnatib, ularga qo‘shimcha darslar ham tashkillashtirib berdi. Shuningdek, amaliyotchi talaba ona tili va adabiyot, fizika va ingliz tili fani o‘qituvchilarining darslarida tahlil natijalari bilan fikr almashdi. Ulardan yangi metodik tavsiyalarni o‘rganib oldi. Shu bilan bir qatorda A.K.T. faoliyat bo‘yicha ham darsda zarur bo‘ladigan jadvallarni tuzish, animatsiyali taqdimotlar yaratish bo‘yicha informatika fani o‘qituvchisi bilan birgalikda faoliyat olib bordi.
Darsdan tashqari paytlarda past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan bir qatorda iqtidorli o‘quvchilar bilan birga qo‘shimcha mashg’ulot olib bordi. Sinf bilan ishlashda jamoa topshiriqlarini bajarishda, o‘quvchilar bilimini oshirish yo‘nalishida yaxshi natijalarga erishib amaliyot davrini o‘tadi. Eng quvonarlisi bayram tadbirlarini tashkil etishda faol ishtirok etdi va oʻzini koʻrsata oldi. Amaliyotchi talaba darsi "5" baho bilan baholandi. Kelajakda Ergasheva Muxlisaxon Vohidjon qizi malakali pedagog kadr bo‘lib yetishishiga ishonamiz.
7-maktab direktori: A.Gʻofurov
Yüklə 6,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə