Amaliyotda o’rganilishi belgilangan ishlar rejasi Amaliyot o’taladigan ob’ekt va bo’lim nomi



Yüklə 460,82 Kb.
səhifə14/18
tarix13.06.2023
ölçüsü460,82 Kb.
#116898
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Hisobot

shaxsga doir ma’lumotlar — muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot;
elektron arxiv — arxiv maqomiga ega bo‘lgan, bank elektron hujjatlarini jamlovchi, hisobga oluvchi, saqlovchi va foydalanishni amalga oshiruvchi bankning tarkibiy bo‘limi.

11 .Ipoteka tijorat banki filialining ichki audit bo’limi faoliyati bilan tanishish
Tijorat banklari faoliyatiga real baho berish va omonatchilar, kreditorlar va investorlarning bank faoliyati to’g’risida aniq ma’lumotlarga ega bo’lishlarida ichki audit tekshirishlari muhim ahamiyatga egadir. Tijorat banklari faoliyatida ichki auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish muxim xisoblanadi. Tijorat banklarida ichki audit xizmatini tashkil qilish va uni amalga oshirish bo’yicha O’zbekiston Reslublikasi Markaziy bankining 2000 yil 25 noyabrdagi 405-sonli “Tijorat banklarining ichki auditiga qo’yilgan talablar to’g’risidagi” yo’riqnomasida ichki audit xizmati xodimlarining javobgarliklari belgilangan.
Ichki auditning asosiy maqsadlari va vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
- ichki audit tekshiruvi natijalari asosida bankning real holati va ichki nazorat samaradorligining aniq holati to’g’risidagi ishonchli va mustaqil axborot bilan Bank Kengashini ta’minlash;
- ichki audit tizimini va ichki audit tekshiruv jarayonlarining samaradorligini baholash va tahlil qilish;
- bank faoliyati oldiga qo’yilgan maqsadga erishishda ma’muriy va operatsion jarayonlarning samaradorligini kuzatish;
-tavakkalchilikni boshqarish jarayonini qo’llanilishini va tavakkalchilikni baholash metodologiyasining samaradorligini kuzatish;
-moliyaviy axborot tizimini, shuningdek elektron axborot tizimi va elektron bank xizmatini kuzatish;
-buxgalterlik hisoboti va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini kuzatish; - bank kapitalining tavakkalchiligini baholash tizimini kuzatish;
- bank faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki me’yoriy hujjatlariga muvofiqligini nazorat qilish;
-doimiy taqdim etiladigan hisobotlarning to’liq va o’z vaqtida taqdim etilishini nazorat qilish;
-Buxgalteriya kitobi va moliyaviy hisobotlarning to’g’riligini va ishonchliligini o’rganish;
- Bank rahbariyati bilan birgalikda faoliyat yuritish;
- Bank kengashi talablariga binoan maxsus tekshirishlarni o’tkazish yoki o’tkazishga amaliy yordam berish;
-Audit xizmati tekshiruvlari jarayonida aniqlangan qonunbuzarlik holatlari to’g’risida bank Kengashiga axborot berish.


Yüklə 460,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə